Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. M a’naviy zararni qoplash



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet270/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

4-§. M a’naviy zararni qoplash.
Fuqarolik qonun hujjatlarida ma’naviy zarar tushunchasining ta’rifi 
berilmagan. Biroq, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000- 
yil 28-apreldagi «ma’naviy zarami qoplash haqidagi qonunlami qo'llashning 
ayrim masalalari to'g'risida»gi №7-sonli Qarorida1 ma’naviy zarar tushunchasi 
ta’rif berilgan. Unga ko'ra, ma’naviy zarar deganda jarblanuvchiga qarshi 
sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan 
kechirgan (o'tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og'riq, 
zarar ko'rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi.
Ma’naviy zarar, jumladan yaqin qarindoshini yo'qotish (o'limi) 
sababli ma’naviy qayg'urish, ijtimoiy hayotdagi faoliyatini davom
1 Мазкур карорга Узбекистан Республикаси Олий суди Пленумининг 19.12.2003. й. 
20-сон карорига мувофик узгартиришлар киритилган.


ettira olmaslik, ishini yo'qotish, oilaviy, tibbiy sirlarni oshkor qilish, 
fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik ob ro‘siga putur 
yetkazuvchi haqiqatga to‘g ‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish
har qanday boshqa huquqlarini vaqtincha cheklash yoki ulardan 
mahrum qilish, yetkazilgan zarar yoki sog'liqqa boshqacha ziyon 
yetkazish tufayli jism oniy o g ‘ riq, yetkazilgan m a’naviy azoblar 
natijasida boshidan o'tkazilgan boshqa kasalliklarda namoyon bo'ladi.
Agar ma’naviy zarar jabr etuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni 
nazarda tutgan kuchga kirgunga qadarli yetkazilgan bo'lsa, shuningdek, 
da’vogar bunday qonun kuchga kirishidan keyin ham ma’naviy va jismoniy 
azob his qilayotgan bo'lsa ham da’vogaming bu haqdagi talabi qanoatlantirishga 
tegishli emas, chunki zarar yetkazilgan vaqtda javobgarlikning bu turi 
belgilanmagan bo'lgan va umumiy qoidaga ko'ra sodir qilingan vaqtda 
amalda bo'lgan qonunda belgilangan xilof harakatga nisbatan javobgarlikni 
kuchaytiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo'lishi mumkin emas.
FKning 1021-moddasiga muvofiq, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining 
aybi bo'lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi. Biroq, 
quyidagi holatlarda ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’iy 
nazar qoplanadi, agar:
- zarar fuqaroning hayoti va sog'lig'iga oshiqcha xavf manbayi 
tomonidan yetkazilgan bo'lsa;
- zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga 
xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa 
olishni yoki munosib xulq-atvorda bo'lish haqida tilxat olishni qonunga 
xilof tarzda qo'llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo'llanish 
va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo'lsa;
- zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik o b r o '-e ’tiborini 
haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy qoidaga ko'ra, ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma’naviy 
zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy 
azoblaming xususiyatiga, shuningdek, ayb tovon to'lashga asos bo'lgan 
hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan 
aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik 
talablari e’tiborga olinishi lozim.
Jismoniy va m a’naviy azoblarning xususiyati m a’naviy zarar 
yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari 
hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Ma’naviy zarar to'lanishi lozim bo'lgan mulkiy zarardan qat’iy nazar 
qoplanadi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish