Ammo ba’zi hollarda mulkning yanglishmasdan,
atayin qasddan
asossiz olinish hollari ro‘y berishi mumkin. G'ayriqonuniy yoki davlat
manfaatlariga zid qilingan xatti - harakatlar tufayli o'zgalar hisobiga
asossiz boylik orttirgan shaxs asossiz olingan mulkni qonunda nazarda
tutilgan hollardan boshqa holatlarda davlat daromadiga o'tkazishi lozim,
ya’ni haqiqiy bo'lmagan bitimlar tuzish yo'li bilan olingan asossiz boyliklar
to'g'ridan-to'g'ri davlat daromadiga o'tkaziladi.
Asossiz orttirilgan boylikdan kelib chiqqan majburiyatlarning
funksional belgilanishi nafaqat jabrlanuvchining mulkiy doirasini qo'lga
kirituvchi tomonidan qayta tiklash, balki jabrlanuvchiga asossiz egallab
olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni qaytarib berishdan iborat bo'ladi.
Asossiz orttirilgan boylik majburiyatlari turli yuridik faktlar asosida
vujudga
kelishiga qaramay, ushbu majburiyatlar shartnomadan tashqari
tuzilgan bitimlar doirasiga kirib, subyektlaming mulk huquqi va boshqa
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan mustaqil institut sifatida ko'rinishda
bo'ladi.
Asossiz orttirilgan boylikdan kelib chiquvchi majburiyatlarning
tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
a) bir shaxs boshqa shaxsning hisobidan mol-mulkka ega bo'ladi;
b) mol-mulk asossiz qonunda, boshqa huquqiy hujjatlarda ko'zda
tutilmagan yo'llar bilan qo'lga qiritiladi yoki tejab qolinadi;
Bir shaxsning boshqa shaxs hisobidan mol-mulkka egalik qilishi
natijasida mulk hajmining oshishiga va
ikkinchi tarafning mulkini
kamayishiga olib keladi.
Qo'lga kiritilgan mulk, uning m iqdorining ko'payishi, qo'lga
kirituvchining qo'shimcha xarajatlarisiz uning qiymatini oshishiga,
masalan, bir shaxs boshqa shaxsning iltimosiga ko'ra, ishonib topshirgan
qarzini boshqa shaxsga topshirsa; tashkilot uning nomiga olingan tovarlarga
qaytadan pul toiasa va hokazo.
Mulkni tejash deganda, shaxs o'z mablag'larini sarf qilishi lozimligi,
lekin sarf qilmaganligi yoki boshqa shaxsning xarajatlari qoplanmaganligi,
yoki boshqa shaxsga m ukofot to'lanmasligi tushuniladi. Masalan,
shirkatning to'lov shartnomasiga ko'ra, bank adashib boshqa shirkat
hisobidan mablag'ni
chiqarib tashlasa, bitta shirkatning mablag'i oshishi,
boshqasinikining kamayishiga olib keladi. Agar shaxs, mulkdorning
roziligisiz unga mukofot to'lamasdan mulkdan foydalansa, mukofot
to'lanmasligi evaziga tejash kelib chiqadi.
Asossiz boyishning eng ko'p tarqalgan turi qo'lga kirituvchining
o'ziga tegishli bo'lmagan mulkka ega bo'lishi tushuniladi. Bu shaklning
asosiy turi - jabrlanuvchining qo'lga kirituvchiga mulkiy foydaning
berilishidir. Chunki taqdim etish asosida
yotuvchi bitim yoki boshqa
huquqiy asos bo'lmagan, yoki e’tirof etilmagan.
Rivojlangan tovar muomalasi sharoitida mualliflik, patent va boshqa
huquqlarga daxl qilishlar kuzatilmoqda. Bunday xatoliklarga yo'l
qo'yilganda noqonuniy foydalanuvchida ixtirolardan foydalanish, foydali
modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, o'zganing xizmat va tijorat
siri, mualliflik va muqobil huquqlarga mukofot to'lamaslik uchun litsenziya
to'lovlarni amalga oshirmaganligi natijasida asossiz tejash paydo bo'ladi.