j) intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, ma’lum
hudud bilan ham chegaralangan bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan
O'zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent
O'zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi
bilan xorijiy davlatlar o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar
asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi;
z) ko'pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan ularning
m ualliflari shaxsiy h u qu qlari m avjud b o 'lib , bu obyektlardan
foydalanuvchilar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim bo'ladi.
Intellektual mulk obyektlari bu obyektlarning
qanday faoliyat
mahsuli ekanligi, ularning huquqiy rejimi va shu kabi xususiyatlariga
qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
1.Intellektual faoliyat natijalari. Intellektual faoliyat o'z xarakteriga
ko'ra, inson faoliyatining eng oliy ko'rinishi — ijodiy faoliyat bo'lib
hisoblanadi. Inson ijodiy faoliyati bu faoliyatni amalga oshirish usul-
vositalari, faoliyat mahsullari xususiyatlariga ko'ra inson ongli faoliyatining
boshqa ko'rinishi odatdagi, kundalik faoliyatidan farq qiladi.
Odatdagi, kundalik faoliyat doimiy, takrorlanib turuvchi faoliyat
bo'lib, bunda faoliyat o'zi ham, undan vujudga keladigan natijalar ham
ilgaridan ma’lum bo'ladi. Shu sababli ham odatdagi,
kundalik faoliyat
reproduktiv faoliyat hisoblanib, bunda tayyor o'y-fikrlar formal mantiq
yoki boshqa qonun-qoidalar asosida qaytadan, takroriy hosil bo'ladi.
Ijodiy faoliyat (aql, tafakkur) intellektual faoliyat bo'lib, uning natijasida
fan, texnika, adabiyot yoki san’at sohasida yangi, ijodiy mustaqil mahsul
yaratiladi (qarang: Ionas V. L., Proizvedenie tvorchestva v grajdanskom
prave. М., 1972 у. 9-10 b).
Intellektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:
- fan, adabiyot, san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar,
efir yoki
kabel orqali ko'rsatu v yoki eshittirish beruvch i tashkilotlarning
ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari;
- elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar
bazalari;
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
- seleksiya yutuqlari;
- oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari
(nou-xau).
Fuqarolik m uom alasi
ishtirokchilarining tovarlari, ishlar va
xizmatlarning xususiy unsurlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan
bo'lgan huquqlarga ham mutlaq huquqdar haqidagi qoidalar qo'llaniladi.
Ma’lumki, fuqarolik muomalasida turli-tuman subyektlar ishtirok etadi,
ayni vaqtda, muomalada xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar ham
harakatda bo'ladi. Mana shunday sharoitda subyektlar, ular ishlab
chiqargan tovarlar va ko'rsatadigan xizmatlar alohida farqlash belgilariga
ega bo'lishi shart, aks holda, turli anglashilmovchilik, qiyinchiliklar
vujudga kelishi mumkin. Ana shunday farqlash
belgilari fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining o'zlarini, uning ishlab chiqargan tovarlari,
bajaradigan ishlari va ko'rsatadigan xizmatlarining xususiy alomatlarini
(individual belgilarini) aks ettiruvchi vositalar bo'lib hisoblanadi. Bunday
alohida farqlash belgilarining quyidagi turlari mavjud:
- firma nomlari;
- tovar (xizmat ko'rsatish) belgilari;
- tovar chiqarilgan joy nomi.
Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivojlanib borayotgan dinamik
jarayon hisoblanadi. Yuksak sur’atlar bilan davom etayotgan bu jarayon
natijasida intellektual faoliyatning yangi mahsullari vujudga kelmoqda.
Masalan, topogral va integral mikrosxemalar. Garchi ular mavjud
qonunlarda nazarda tutilmagan bo'lsa ham ularga nisbatan FKning 1031-
moddasi, 3-qismida belgilangan qoidalar mazmunidan kelib chiqib,
intellektual mulk haqidagi qoidalar qo'llaniladi. Fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining ular
ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko'rsatadigan
xizmatlarining yangi farqlash belgilari vujudga kelishi mumkin va bunday
holda ham ularga nisbatan FKning IV bo'limiga tegishli qoidalar
qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: