Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazishdan



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§. Fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazishdan 
kelib chiqadigan majburiyatlar
Umumiy qoidalar. 
Insonning hayoti va sog'lig'i bebaho ne’mat 
hisoblanadi. Hayot va sog'liq biror-bir moddiy miqdorda o'lchanishi yoki 
u bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Shu sababli huquqning asosiy 
vazifalaridan biri ham inson huquqlari, shu jumladan insonning hayoti 
va sog'lig'ini himoya qilish hisoblanadi. Qo'riqlash funksiyasini bajaradigan 
huquq sohalari: jinoyat huquqi, ma’muriy huquq, soliq huquqi bilan 
birgalikda fuqarolik huquqi ham insonning hayoti va sog'lig'ini himoya 
qilishga qaratilgan normalarni belgilaydi. Bu normalar qo'riqlash 
funksiyalarini bajarishga qaratilgan huquq sohalaridan farqli ravishda, 
inson sog'lig'ini tiklashga, moddiy yo'qotishlarni qoplashga yo'naltiriladi. 
Agar jinoyat huquqida fuqaroning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazilganda 
zarar yetkazuvchining shaxsi bilan bog'liq sanksiya qo'llanilsa, fuqarolik


huquqida zarar yetkazuvchining moddiy ahvoliga ta’sir ko'rsatish orqali 
jabrlanuvchi shaxsning moddiy yo'qotishlari qoplanadi.
FK fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararni qoplashga 
nisbatan alohida qoidalami belgilaydi. Bu qoidalar alohida delikt sifatida 
huquqnit buzilishidan oldingi holatni tiklash vazifasini bajaradi. Bunda 
fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan har qanday zarar, jumladan 
sog'lig'iga shikast yetkazish (qo'lning sinishi, tana a’zolarining shikastlanishi 
va shu kabilar) zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanishi lozim hisoblanadi. 
Masalan, ikki fuqaroning o'zaro janjallashib qolishi natijasida, birining 
ikkinchisini turtib yuborishi natijasida uning qo'li singanda, zarar 
yetkazuvchi shaxs jabrlangan fuqaroning davolanishi uchun ketgan 
xarajatlarni to'liq qoplashi lozim. Mazkur zararni qoplash dilekt 
majburiyatlarining umumiy qoidalari va bosh delikt tamoyiliga asosan 
qoplanadi.
Biroq fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rnini 
qoplash FKning 1005-1017- moddalari bilan tartibga solinadi.
FKning 1005-moddasiga m uvofiq shartnoma majburiyatlarini 
bajarishda, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatlarini, ichki ishlar 
organlaridagi xizmatni va boshqa shunga o'xshash majburiyatlami 
bajarishda fuqaroning hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar, agar qonunda 
yoki shartnomada javobgarlikning ancha yuqori miqdori nazarda 
tutilmagan bo'lsa, ushbu bob qoidadalariga muvofiq qoplanadi.
Fuqaroning sog'lig'iga zarar yoki shikast yetkazish, shuningdek, 
hayotdan mahrum etish aybdor shaxsga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
majburiyatlami vujudga keltirib, majburiyatlarning umumiy qoidalaridan 
farqli o'laroq o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu majburiyatlar FKning alohida 
normalari, y a ’ni 57-bob bilan tartibga solinadi. Ayniqsa, ishchi va 
xodimlarning mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog'lig'iga zarar 
yetkazilishida zararni undirish hozirgi kunga qadar juda bahsli bo'lib kelgan. 
Chunki bunday munosabatlar nafaqat fuqarolik, balki mehnat va ma’muriy 
qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi Mazkur munosabatlarni tartibga 
solish maqsadida 2005 yil 11 fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan 
bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning 
boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to'lash” Qoidalari haqida 
qarori qabul qilindi. Unga binoan xodimlarga ularning mehnat vazifalarini 
bajarish bilan bog'liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi 
yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni 
to'lash bo'yicha munosabatlar tartibga solinadi.


Mazkur qoidalar mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidan qat’iy 
nazar, O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yollanma mehnatdan 
foydalanayotgan yuridik shaxslarga, yuridik shaxs boimasdan faoliyat 
yuritayotgan dehqon xo'jaliklariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi 
hududida mehnat shartnomasi bo'yicha ishlagan yoki ishlayotgan hamda 
mehnat jarohati olgan xodimlarga joriy etiladi. Ish beruvchi va xodim 
o'rtasida vujudga keluvchi bunday munosabatlarning aksariyati mehnat 
qonunchiligi bilan tartibga solinib, fuqarolik-huquqiy munosabatlarida 
uchraydigan bu holatlar shartnomadan tashqari vujudga keladi.
U shbu m ajburiyatlar shartnom adan tashqari, y a ’ ni delikt 
majburiyatlar deb yuritiladi va ular fuqarolik-huquqiy javobgarlikning 
vujudga kelish qoidalari asosida yuzaga keladi. Fuqaroning hayoti va 
sogiig'i uning asosiy boyligi hisoblanib, unga nisbatan har qanday zarar 
yetkazilishi yoki uni hayotdan mahrum etishi huquqqa xilof harakat 
hisoblanadi. Faqatgina ayrim hollarda, ya’ni o'zini himoya qilish va 
jinoyatchini tutishda (qasddan sodir etmaslik) uning hayoti va sogiig'iga 
zarar yetkazilishi hollari uchraydi.
Fuqaroning hayoti va sogiig'iga zarar yetkazilishi uning nomulkiy 
huquqlarini buzish hisoblanib, uning asosida nafaqat moddiy, balki 
m a’naviy zararni qoplashni ham talab etishga haqlidir (FKning 1021- 
moddasi). Fuqaroga mulkiy zarar yetkazilishi ish haqini yo'qotish 
yoki boshqa daromad manbalarini yo'qotish, sogiig'ini tiklash uchun 
qilgan xarajatlari, dafn etish xarajatlari va boshqalar tushuniladi. 
Agar hech qanday mulkiy zarar yetkazilmagan b o is a -y u , biroq 
uning sogiig'iga zarar yetkazilganligi aniqlansa, jismoniy va ma’naviy 
zarar yetkazilishi oqibatida kechirgan his-hayajon uchun tovon 
undirishga haqli boiadi.
Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning shartlaridan biri bo'lib, 
huquqbuzarning aybli harakati hamda oshiqcha xavf manbayi tomonidan 
va surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning 
qonunga xilof harakatlari hisoblanadi (FKning 991, 999-moddalari). 
FKning 985-moddasiga muvofiq zarar yetkazgan shaxs, agar zarar o'z 
aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlasa, zararni toiashdan ozod etiladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikning yana bir sharti boimish sababiy 
bog'lanish, zarar yetkazuvchining harakatlari (harakatsizligi) bilan 
fuqaroning hayoti va sogiig'iga shikast yetkazilishi o'rtasida bogiiqlik 
boiish i, hamda jabrlanuvchining hayoti va s o g iig 'i bilan mulkiy 
yo'qotishlar (oylik maoshini yo'qotishi, qo'shimcha xarajatlar va boshqalar) 
o'rtasida bogiiqlik boiishi kerak.


Mazkur delikt majburiyatlarni ikki asosiy turga bo‘lishimiz mumkin, 
ya’ni fuqaroning qanday manfaatlariga zarar yetkazilishiga qarab: a) 
fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik; b) boquvchisini 
yo‘qotganlik uchun javobgarlik. Qayd etilgan holatlar o'zining subyektiv 
sostavi, qoplash jihati va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan tubdan 
farq qiladi.
Fuqaroning sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik. 
Fuqaroning sog'lig'iga zarar yoki shikast yetkazilishi natijasidagi mulkiy 
yo'qotish bo'lib mehnat qobiliyatini qisman yoxud to'la yo'qotishi oqibatida 
oylik ish haqini (daromad) ololmasligi, sog'lig'ini tiklash uchun qiladigan 
yoxud qilgan xarajati tushuniladi.
Ololmay qolgan daromad yoxud oylik ish haqi ko'rinishidagi zarar 
ikki omilga ko'ra aniqlanadi: 1) zarar yetgunga qadar oladigan daromadi 
yoki o'rtacha oylik maoshi; 2) jabrlangan shaxsning professional 
darajasining kamayishi, professional mehnat qobiliyatining yo'qligida 
umumiy mehnat qobiliyatining yo'qotilishi inobatga olinadi. Yo'qotilgan 
ish haqi (daromadi) ning tarkibiga mehnat va fuqarolik-huquqiy 
shartnomalar asosida oladigan, hamda daromad sog'lig'iga qaratiladigan 
to'lovlar kiradi. Tadbirkorlik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar 
va mualliflik gonorari ham shu tarkibga kiradi. Mehnat ta’tilidan 
foydalanm aganlik uchun olinadigan kompensatsiyalar va ishdan 
bo'shatilganlik uchun beriladigan hisob-kitoblar qayd etilgan tarkibga 
kirmaydi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo'lgan, homiladorlik va 
tug'ish ta’tili uchun to'langan nafaqalar inobatga olinadi. Bunda barcha 
ish haqi (daromadlar) soliq solishdan oldingi summalar hisobida aniqlanadi.
Jabrlanuvchining o'rtacha oylik ish haqi (daromad) sog'liqqa shikast 
yetkazilishidan oldingi ishlangan o'n ikki oy ichidagi ish haqi (daromad) 
ning umumiy summasini o'n ikkiga bo'lish yo'li bilan hisoblanadi. Zarar 
yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi o'n ikki oydan kam ishlagan hollarda 
o'rtacha ish haqi (daromad) sog'liqqa shikast yetkazilishidan oldingi 
amalda ishlagan oylardagi ish haqi (daromad) ning umumiy summasini 
ana shu oylar soniga bo'lish yo'li bilan hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchi 
to'liq ishlamagan oylar uning xohishiga ko'ra bundan oldingi to'liq 
ishlangan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati 
bo'lmaganda hisobdan chiqarib tashlanadi. Jabrlanuvchining mulkiy ahvoli 
o'zgarishi aniq bo'lgan, ya’ni ish haqining oshishi, yangi lavozimga 
tayinlanishi sog'liqqa zarar yetgunga qadar sodir bo'lsa, olishi mumkin 
bo'lgan ish haqi (daromadi) inobatga olinadi.
Jabrlanuvchi bu vaqt mobaynida hech qayerda ishlamagan taqdirda,


uning xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinishigacha bo'lgan 
ish haqi (daromadi) yoki mazkur joyda uning malakasidagi xodimga 
to'lanadigan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 
besh karrasidan kam bo'lmagan odatdagi haq to'lash miqdori hisobga 
olinadi (FKning 1007-moddasi).
Ish davri to'liq oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, zararni 
to'lash miqdori shartli oylik ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqqan 
holda hisoblab chiqiladi. U quyidagi tartibda aniqlanadi: butun ishlangan 
vaqt davomida olingan ish haqi (daromad) kunlar soniga bo'linadi, hosil 
bo'lgan summa bir yil uchun o'rta hisobda hisoblab chiqilgan bir oydagi 
ish kunlari soniga ko'paytiriladi.
Haqiqiy ish haqi miqdori to'g'risidagi hujjatlarni olish imkoniyati 
bo'lmagan taqdirda zararni to'lash miqdori zararni to'lash to'g'risida 
murojaat qilingan vaqtda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan 
kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchining o'rtacha oylik 
ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdoridan ko'p bo'lmagan 
hollarda ham yetkazilgan zararni to'lash miqdori xuddi shu tartibda 
hisoblab chiqiladi1.
Yo'qotilgan ish haqi (daromad) miqdorini aniqlashning ikkinchi omili 
bo'lib, jabrlangan shaxsning profetsional mehnat qobiliyatini yo'qotish 
darajasi hisoblanadi, kasb mahorati bo'lmaganda esa, uning umumiy 
mehnat qobiliyatini yo'qotish darajasi inobatga olinadi. Shuningdek, 
mehnat qobiliyatini aniqlashda vaqtinchalik va doimiy mehnat qobiliyatiga 
alohida e ’ tibor beriladi. Vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotish 
deganda, ma’lum vaqt mobaynida umuman mehnatga qobiliyatsiz bo'lishi 
tushuniladi va ish haqi (daromad) dan mahrum bo'lishiga aytiladi. 
Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik tibbiy muassasa tomonidan 
aniqlanib, fuqaroga vaqtinchalik kasallik varaqasini berish yo'li bilan 
tasdiqlanadi.
Umuman mehnat qobiliyatini yo'qotish esa davlatga tegishli tibbiy 
muassasalar (hozirgi VKK) va sud-tibbiy ekspertizasi tomonidan to'liq 
yoxud qisman yo'qotilganligi aniqlanadi. Fuqaroning doimiy mehnat 
qobiliyatini yo'qotishi uni I, II yoki III guruh nogironi deb tan olinishi 
bilan belgilanadi. To'liq mehnat qobiliyatini yo'qotgan fuqaroning o'rtacha
1 Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2005 йил 11 февралдаги 
“Ходимларга уларнинг мехнат вазифаларини бажариш билан борлик холда 
жарохатланиши, касб касалликларига чалиниши ёки саломатликнинг бош^а хил 
шикастланиши туфайли етказилган зарарни тулаш” коидалари туррисидаги 60-сонли 
карори.


ish haqi (daromad) ni belgilash yuqorida belgilangan tartib bo‘yicha 
aniqlanadi. Qisman mehnat qobiliyatini yo'qotganda uning miqdori 
fuqaroda saqlanib qolgan mehnat qobiliyatining foizi hisobida aniqlanadi. 
Misol uchun ekspertizaning xulosasiga muvofiq jabrlangan shaxsda 60% 
profetsional mehnat qobiliyati saqlanib qolgan boisa, qolgan 40% 
qoplanishi kerak boiadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan qoidalar asosida zarar toiiq qoplanishi 
kerak. Jabrlanuvchi shaxsning qo'pol ehtiyotsizligi tufayli sog‘lig‘iga shikast 
yetadigan b o isa , zarar to iiq qoplanmaydi. Miqdorning o ‘zgarishi 
jabrlanuvchining ayblilik darajasiga qarab belgilanadi. Jabrlanuvchining 
qo'pol ehtiyotsizligi zararni undirishda to'sqinlik qilmaydi.
Fuqaro mayib boiganda yoki uning sogiigiga boshqacha shikast 
yetkazilganda jabrlanuvchi oladigan yoki muayyan ravishda olishi 
mumkin b o ig a n y o ‘qotilgan ish haqi (daromadlari), shuningdek, 
salomatligiga shikast yetkazilishi tufayli qilgan qo'shimcha xarajatlari, 
shu jumladan, davolanish, qo'shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib 
olish, protez qo'ydirish, birovning parvarishida bo'lish, sanatoriy- 
kurortda da’volanish, maxsus transport vositalarini sotib olish, boshqa 
kasbga tayyorgarlikdan o'tish xarajatlari, agar jabrlanuvchining ana shu 
yordam va parvarish turlariga muhtojligi hamda ularni bepul olish 
huquqiga ega emasligi aniqlansa, o'm i qoplanishi lozim
Yuqorida qayd etilgan holatlar jabrlanuvchi bepul davolanmasdan 
xarajatlar qilgan taqdirda, uning tomonidan qilingan qo'shimcha 
xarajatlami undirishni talab etishi mumkin. Albatta, bu holatni tasdiqlovchi 
tegishli hujjatlar taqdim etilgandagina amalga oshirish mumkin boiadi.
Yo'qotilgan ish haqini (daromadlarni) aniqlashda jabrlanuvchiga 
mayib boiishi yoki sogiig'iga boshqacha shikast yetishi sababli tayinlangan 
nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek, sogiig'iga zarar yetkazilmasidan 
oldingi va undan keyingi boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va boshqa 
shunga o'xshash to'lovlar e’tiborga olinmaydi va zararni qoplash miqdorini 
kam aytirishga ham sabab b o im a y d i (zararni hisoblash hisobiga 
kiritilmaydi). Zarami hisoblash hisobiga shuningdek, jabrlanuvchi sogiig'iga 
shikast yetkazilganidan keyin oladigan ish haqi (daromadi) ham kiritilmaydi 
(FKning 1006-moddasi).
Fuqaroning sogiig'iga shikast yetkazilishi natijasida jabrlanuvchi 
o'z kasbi bilan shug'ullanish imkoniyatidan mahrum bo'lib, tadbirkorlik 
bilan shug'ullanish natijasida ko'p daromad topadigan boigan taqdirda 
ham zararni undirish miqdoriga ta’sir etmaydi.
Zararning miqdori avtomatik ravishda va manfaatdor shaxslaming


talabi bilan o‘zgarishi mumkin. FKning 1013-moddasiga muvofiq, turmush 
qiymatining oshib borishi va qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish 
haqi miqdorining oshirilishi munosabati bilan to‘lovlar miqdori mutanosib 
ravishda o'zgaradi. Qolgan vaziyatlarda to'lovlar miqdorining kamayishi 
yoxud ko‘payishi FKning 1012-moddasida qayd etilgan manfaatdor 
taraflarning talabi bilan o‘zgarishi mumkin. Mehnat qobliyatini qisman 
yo‘qotgan jabrlanuvchi zararni to'lash majburiyati yuklangan shaxsdan 
istalgan vaqtda, agar uning mehnat qobiliyati sog'lig'iga yetkazilgan 
shikast tufayli o'ziga zararni undirish belgilangan paytda sog'lig'i nisbatan 
yomonlashsa, qoplash miqdorini tegishlicha ko'paytirishni talab qilishga 
haqli. Jabrlanuvchining sog'lig'iga yetkazilgan zaraming o'mini qoplash 
majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs, agar jabrlanuvchining mehnat 
qobiliyati zararni undirish belgilangan paytda nisbatan oshgan bo'lsa, 
qoplash miqdorini tegishlicha kamaytirishni talab qilishga haqli.
Shuningdek, zarar yetkazgan shaxsning mulkiy ahvoli, uning 
nogironlikka hamda yoshga doir nafaqaga chiqishi munosabati bilan 
kamaygan bo'lsa va ehtiyotsizlik natijasida zarar yetkazilgan shartlarda 
to'lov miqdorini kamaytirishni talab etishi mumkin.
Voyaga etmagan shaxslarning sog'lig'iga shikast yetkazilganda zarar 
undirishning alohida xususiyatlari mavjud. Ma’lumki, 14 yoshgacha bo'lgan 
voyaga yetmagan fuqarolarning sog'lig'iga shikast yetkazilganda, ularning 
ishlamasligini inobatga olgan holda faqat qo'shimcha xarajatlarnigina 
undirish mumkin. Chunki ularning ishlamaganliklari bois, tabiiyki, ular 
ish haqi (daromad) ni yo'qotmaydilar. Agar 14 yoshdan to 18 yoshgacha 
bo'lgan voyaga yetmagan shaxslarning sog'lig'iga shikast yetkazilganda 
qo'shimcha xarajatlardan tashqari, uning mehnat qobiliyatining yo'qotilishi 
yoxud kamayishini hisobga olgan holda FKning 1008-moddasiga muvofiq 
zararni undirish mumkin. Agar voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyatini 
boshlab, muayyan daromadga yoxud ish haqi olayotgan taqdirda, uning 
miqdoridan kelib chiqqan holda zararni undirishi hamda ko'paytirishni 
talab etishi mumkin (FKning 1008-moddasi, 3-4 bandlari).
Chunonchi, voyaga yetmagan shaxslar stipendiya olayotgan bo'lsalar, 
ularning stipendiyalari ish haqiga tenglashtirilishi ham mumkin.
Keyingi ikkinchi xususiyati bo'lmish boquvchisini yo'qotganlik uchun 
javobgarlikda fuqaroning vafot etishiga bevosita aloqador shaxs uning 
qaramog'idagi shaxslarga zararni qoplab berishi shart. Boquvchisini 
yo'qotganlik uchun zararni qoplashni talab etuvchi shaxslarga quyidagilar 
kiradi:
- marhumning qaramog'ida turgan yoki u vafot etgan kungacha


undan ta’minot olish huquqiga ega bo'lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar;
- marhumning vafotidan keyin tug'ilgan farzandi;
- mehnat faoliyatidan qat’iy nazar, marhumning qaramog'ida 
bo'lgan uning 14 yoshga to'lmagan yoki ko'rsatilgan yoshga to'lgan bo'lsa 
ham tibbiyot muassasasining xulosasiga ko'ra salomatligi bo'yicha 
boshqalarning parvarishiga muhtoj bo'lgan bolalari, nevaralari, aka- 
ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo'lgan va ishlamaydigan 
ota-onasidan biri, eri (xotini) yoki oilaning boshqa a’zosi;
- marhumning qaramog'ida bo'lgan va uning vafotidan keyin besh 
yil ichida mehnatga qobiliyatsiz bo'lib qolgan shaxslar.
Ushbu kategoriyadagi shaxslar doirasiga vafot etgan shaxsning 
qaramog'ida bo'lgan mehnatga layoqatli turmush o'rtog'i uning vafotidan 
keyin 5 yil ichida nafaqa olish yoshiga yetganlar kiradi.
FKning 1009-moddasiga muvofiq zarar quyidagilarga to'lanadi:
- voyaga yetmaganlarga - 18 yoshga to'lgunga qadar;

18 yoshdan oshgan o'quvchilarga - o'quvning kunduzgi shaklida 
o'qishni tugatgunga qadar, biroq 23 yoshdan oshmaguncha;
- 55 yoshdan oshgan ayollarga va 60 yoshdan oshgan erkaklarga
- umrbod;
- nogironlarga - nogironlik muddatigacha;
- marhumning qaramog'ida bo'lgan bolalari, nevaralari, aka-ukalari 
va opa-singillarini ular 14 yoshga to'lgunga qadar parvarishlashda band 
bo'lgan ota-onasidan biri, eri (xotini) yoxud oilaning boshqa a’zosi.
Boquvchisini yo'qotganlik munosabati bilan zarar undirishning 
asoslarini m anfaatdor shaxslar tomonidan isbotlab berilishi lozim. 
Qarindoshlik aloqalari tegishli hujjatlar yordamida aniqlanadi, agar 
aniqlash m urakkab bo'ladigan bo'lsa, sud tomonidan aniqlanadi. 
Farzandlari FHDYO organlari tom onidan berilgan tu g'ilgan lik 
guvohnomalarini taqdim etishi bilan isbotlanadi. Oila a’zolarining tarkibiy 
qismi esa o'zini-o'zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari asosida 
aniqlanadi. 18 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan, oliy yoxud o'rta maxsus 
kasb-hunar o'quv muassasalarida tahsil oladigan o'quvchi yoxud talabalar 
tegishli muassasaning bergan bildirishnomalari bilan aniqlanadi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish miqdori 
qonunda aniq belgilab qo'yilgan bo'lib, FKning 1007-moddasiga muvofiq 
zarar qoplanadi. Shuningdek, FKning 1010-moddasiga asosan ish haqi 
(daromad) ning tarkibiga hayotlik vaqtida olgan nafaqa, umrbodlik 
ta’minoti va boshqa shunga o'xshash ta’minotlar ham hisobga olinadi.


Vafot etgan boquvchining qaramog'ida bo'lgan va boquvchining 
vafoti tufayli zarar to‘ lovini olish huquqiga ega bo'lgan mehnatga 
layoqatsiz shaxslar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning o‘rtacha 
oylik ish haqi miqdoridan uning o‘ziga va qaramogidagi mehnatga 
layoqatli, ammo zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo'lmagan fuqarolarga 
to‘g ‘ri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi.
Zarar to'lovini olish huquqiga ega bo'lgan shaxslaming har biriga 
beriladigan zarar to'lovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining 
ko‘rsatib o'tilgan shaxslaming hammasiga to'gri keladigan ulush ularning 
soniga taqsimlanadi.
Vafot etgan shaxsning qaramog'ida bo'lmagan, ammo zarar to'lovini 
olish huquqiga ega bo'lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun zarar 
to'lovi miqdori sud tartibida belgilanadi.
Vafot etgan shaxsning qaramog'ida bo'lgan va bo'lmagan shaxslar 
ayni bir vaqtda zarar to'lovini olish huquqiga ega bo'lishgan taqdirda 
zarar to'lovlari miqdori eng avvalo vafot etgan shaxsning qaramog'ida 
bo'lmagan shaxslar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar to'lovi 
summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, so'ng ish haqining 
qolgan miqdoriga qarab vafot etgan shaxsning qaramogida bo'lgan shaxslar 
uchun zarar to'lovi miqdori mazkur bandning birinchi va ikkinchi 
xatboshida nazarda tutilgan tartibga muvofiq belgilanadi.
Boquvchisini yo'qotganlik tufayli zarar to'lovini olish huquqiga ega 
boigan shaxslar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya, 
shuningdek, boshqa pensiyalar, ish haqi, sti pendiyalar va boshqa 
daromadlar zarar to'lovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramogida bo'lgan 
har bir shaxs hisobiga zarar to'lovi miqdori qonun hujjatlarida belgilangan 
eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik foizidan kam bo'lishi mumkin 
emas.
Zararni undirish, manfaatdor shaxslarga toianadigan zararning 
miqdori va taqsimoti FKning 14-moddasiga asosan taqsimlanadi. Agar 
vafot etgan shaxsning qaramog'ida bir necha fuqarolar boisalar, vafot 
etgan shaxsning yo'qolgan ish haqi (daromadi) hisobga olinib, manfaatdor 
shaxslar o'rtasida teng taqsimlanadi.
Agar vafot etgan shaxsning qaramog'ida bo'lmagan, biroq undan 
ta’minot olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar boigan taqdirda, ularga 
zararning miqdori quyidagicha aniqlanadi:
- ta ’ minot sud tartibida undirilgan bo'lsa, sud tom onidan 
belgilangan summa bilan;
- fuqarolarning moddiy ahvoli va vafot etgan shaxsning oiimidan


oldin qanchalik ta’minot bera olishi mumkinligini hisobga olgan holda, 
agar ta’minot sud tartibida belgilanmagan bo‘lsa.
Vafot etgan boquvchi o'zining o'limiga sabab bo'lganlik aybi hisobga 
olinmaydi (qasddan sodir etilgandan tashqari). Yuqorida qayd etilgan 
fuqarolarga zararning miqdorini belgilashda ular tomonidan oladigan 
nafaqalari, stipendiyalari, ish haq (daromad) lari hisobga olinmaydi.
Har biriga belgilangan miqdor keyinchalik qayta hisoblanmaydi, ya’ni 
ta’minot oluvchilardan birining vafoti boshqa ta’minot oluvchilarning foydasiga 
qayta hisoblanmaydi Shuningdek, boquvchining ta’minotida bo'lgan, hamda 
uning vafotidan so'ng 5 yil ichida mehnatga qobiliyatsiz bo'lib qolgan 
fuqarolarga tayinlangan to'lovning miqdori ham qayta hisoblanmaydi
Qonun bu borada ikki holatni belgilaydi, chunonchi boquvchining 
vafotidan keyin tug'ilgan farzand va boquvchining aka-singillari, 
nevaralari, farzandlarining parvarishi bilan band bo'lgan shaxslarga to'lovni 
belgilash yoxud olib tashlash. Ushbu qayd etilgan holatlarda boquvchining 
ish haqi (daromadi) ning bir qismi har bir kishiga hisoblab chiqiladi.
Qayta hisob-kitob qilish zararni undirish huquqiga ega bo'lgan shaxs 
boquvchining vafoti haqida xabar topmaganda, yoxud qonun bilan eng 
kam oylik ish haqining oshishi munosabati bilan ham qayta hisoblanadi. 
Agar boquvchining vafoti mehnat yoki shartnoma majburiyatlarini 
bajarish chog'ida vafot etsa, ish beruvchi qo'shimcha 5 yil mobaynida 
mehnatiga to'lanadigan muayyan muddatda tovon to'laydi.
Boquvchining vafoti bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarga qonunda 
dafn marosimiga ketadigan xarajatlar nazarda tutiladi. Bunday xarajatlarni 
qoplash zarar yetkazgan shaxs tomonidan qoplanadi, shuningdek, qilingan 
xarajatlar zarar miqdorini belgilashda inobatga olinmaydi.
Agar zarar yetkazgan shaxs yoxud yuridik shaxs o'z xohishiga binoan 
zararni qoplamasa, jabrlangan shaxs manfaatini himoya qilish maqsadida 
sudga murojaat etishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog'lig'iga zarar 
yetkazganda da’vo muddati qo'llanilmaydi, biroq 3 yillik da’vo muddati 
o'tgandan so'ng murojaat etilganida zarar da’vodan oldingi 3 yildan 
ortiq bo'lmagan muddat uchun qanoatlantirilishi mumkin. Masalan, 
fuqaroning hayotiga 1996-yil zarar yetkazilgan bo'lsa-yu, da’vo 2004- 
yil qo'zg'atilgan bo'lsa, sud faqatgina 2001-yildan 2004-yilgacha bo'lgan 
muddat uchun zararni qoplash to'g'risida qaror chiqaradi.1
Qoida bo'yicha zarar har oyda to'lab boriladi, hamda pulning o'tkazish 
m ac’ uliyati to'lovchining zimmasida bo'ladi. Istisno holatida sud
1 Н.Ф.Имомов. Фукаролик хукукида муддатлар ва даъво муддати,- Т.: 2005.-119. 
596


to'lovchining belgilangan muddat mobaynida uzrli sabablarga ko‘ra 
to‘lolmasligini inobatga olgan holda 3 yildan ortiq bo'lmagan muddatga 
bir yo‘la to‘lashni belgilashi mumkin. Misol uchun zarar yetkazgan shaxs 
uzoq muddatga xizmat safariga jo'nashi bo'lishi mumkin.
Agar zarar yetkazgan shaxs yuridik shaxs bo'lib va u qayta tuzilsa, 
to'lovlarni to'lash uning huquqiy vorisiga o'tadi. Xodimning mehnat 
majburiyatlarini bajarish munosabati bilan uning hayoti va sog'lig'iga 
yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'lgan, qishloq xo'jaligi tovar 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda 
mablag' bo'lmagan yoxud yetarli bo'lmagan taqdirda, undirilishi lozim 
bo'lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat 
tomonidan to'lanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham 
mazkur summalar davlat tomonidan to'lanadi. Basharti, yuridik shaxs 
tugatilsa, tegishli to'lovlar jabrlanuvchiga to'lash uchun kapitallashtiriladi. 
Y u rid ik shaxsning m ol-m u lk i y o 'q lig i 
sababli to 'lo v la rn i 
kapitallash tirish n in g im koni bo'lm asa, belgilan gan sum m alar 
jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
tartibda to'lanadi (FKning 1015-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish