Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Tovarlar, ishlar va xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Tovarlar, ishlar va xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida 
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Tovarlar, ish yoki xizmatlar tarkibiy qismining kamchiligi yoxud 
nuqsonlari oqibatida fuqaroning hayoti, sog'lig'iga hamda mol-mulkiga 
zarar yetkazilishi oqibatida zararni qoplash nafaqat Fuqarolik kodeksi, 
balki “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida” gi qonun 
bilan ham tartibga solinadi. Shu o'rinda ta’kidlash joizki, mazkur hujjatlar 
qoidalarini qo'llash doirasi va mazmuni jihatidan bir-biriga mos kelmaydi.
Delikt majburiyatlar qatorida tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar 
oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchi va zarar yetkazgan shaxs o'rtasida 
shartnomadan tashqari majburiyatni vujudga keltiradi. Biroq jabrlanuvchi 
va zarar yetkazgan shaxs o'rtasida shartnomaviy munosabat bo'lishi 
mumkinligini e’tirof etish mumkin. Tegishli sifatda bo'lmagan tovar 
sotilganda, sotib oluvchida bir qator huquqlar paydo bo'ladi. Ular jumlasiga 
yetkazilgan zararni qoplash ham kiradi. Bunday huquq shartnomaviy 
xarakterda bo'lib, oldi-sotdi shartnomasi bilan tartibga solinadi. Basharti, 
sotib olingan tovaming kamchiligi tufayli fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki 
mol-mulkiga zarar yetkazilsa va zararni undirish bo'yicha kelib chiqadigan 
munosabat shartnomadan tashqari deb qaraladi.


FKning 1017-moddasiga muvofiq, tovaming (ishning, xizmatning) 
konstruktiv, resepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek, 
tovar (ish, xizmat) to'g'risidagi maiumot noto'g'ri yoki yetarli emasligi 
oqibatida fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga, yuridik shaxsning 
mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) 
tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma 
munosabatlarida bo'lgani yoki bo'lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi 
lozim. Ushbu qoidalar iste’mol maqsadlarida xarid qilinganida qo'llaniladi.
Boshqacha so'z bilan aytganda, zarar ko'rgan shaxs boiib xaridor 
(buyurtmachi), xaridor (buyurtmachi)ning oila a’zolari, sotib oluvchidan 
boshqa huquqiy asoslarda tovar (buyurtma)ni olgan shaxs va boshqalar 
boiishi mumkin. Jabrlanuvchilar b o iib ham jismoniy, ham yuridik 
shaxslar boiishi mumkin.
Javobgar shaxs boiib sotuvchi va tayyorlovchi (ijrochi) boiadilar. 
Javobgar sotuvchi va tayyorlovchi (ijrochi) sifatida har qanday jismoniy 
va yuridik shaxslar boiishi mumkin. Qaysi biridan zararni undirish 
jabrlangan shaxsning o'ziga bog'liq. Jabrlanuvchi birdaniga ikkala javobgar 
shaxsga murojaat etib, solidar javobgarlikka tortishi mumkin. Agar 
jabrlangan shaxslar bir nechta boisa, u holda har biri mustaqil ravishda 
xohlagan javobgar shaxsga murojaat etishi mumkin.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonun 
iste’molchiga tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan mulkiy 
javobgarlikni vujudga keltiruvchi holatlar va buning natijasida qoplanishi 
zarur boigan oqibatlar ko'rsatilgan. Mazkur qonunning 20-moddasida 
tovaming quyidagi kamchiliklari yuzasidan javobgarlik belgilanadi:
- tovaming tuzilishiga;
- tovaming ishlab chiqarilishiga;
- tovaming tarkibiga;
- tovaming boshqa jihatlaridagi nuqsonlarga.
Odatda, tovarning tuzilishi deganda, uning belgilangan shakl- 
shamoyili, mavjud standartlarga mosligi, muayyan tassavur doirasidaligi, 
tegishli maqsad uchun foydalaniladigan tovar turkumidagi boshqa 
tovarlarga o'xshashi tushuniladi. Masalan, oddiy piyola yoki ruchkaning 
tuzilishini tasavvur qiladigan bo'lsak, piyola konussimon shakldagi atrofi 
yassi qilib ishlangan suyuqlik iste’mol qilishga mo'ljallangan predmet 
hisoblansa, ruchka o'z shakl shamoyiliga ko'ra, qoida yozish uchun
1 Муаллифлар жамоаси. Узбекистон Республикасининг “Истеъмолчиларнинг 
ХУКУКларини 
химоя кипиш туфисида”ги конунгига шарх-Т.: Узбекистон. 2005 .


qulay bo'lgan ashyo hisoblanadi1.
Tovarning ishlab chiqarilishidagi nuqson bu tovar ( maxsus idish va 
o'ramda sotiladigan tovarlarda) dagi uni ishlab chiqarish jarayonida 
vujudga kelgan lekin oddiy ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlashning 
imkoni bo'lmagan kamchiliklar hisoblanib, tovardagi bunday nuqsonlar 
u ishlab chiqarilib tegishli sotuvchilarga topshirilishidan oldin vujudga 
kelgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarilishi davomida tovarda vujudga kelgan 
kamchilik (nuqson)ni ishlab chiqaruvchi bilgan yoki bilmaganidan qat’iy 
nazar iste’molchi oldida javobgardir. Zero, bunday nuqson tovar ishlab 
chiqarilish jarayonidagi kamchilik va tovar ishlab chiqaruvchining ishga 
bo'lgan noto‘g‘ri munosabatidan kelib chiqqan hisoblanadi.
Tovarning tarkibi atamasi o'zida tovarning butligi, uning komplekti 
iboralarini ifodalaydi. Odatda “tarkib” so‘zi murakkab ashyolar (agar 
turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi 
bo'yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, 
ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi (FKning 91-moddasi). 
Tovarning tarkibiga nafaqat muayyan qismlar, balki umumiylikka ega 
bo'lgan bir necha alohida (mustaqil) ashyolar ham kiradi.
Resepturaviy nuqsonlar esa tovarning ichki tuzilishi, tarkibi va 
tovardan foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bo'lib, bunday nuqsonlar 
odatda, iste’molchining e’tirozi asosida mutaxasislar tomonidan aniqlanadi. 
Har qanday tovar sotilayotganda, uning tarkibi to'g'risidagi ma’lumotlar 
tovarning o'zida yoki tovarga qo'shib xaridor (iste’molchi) ga topshiriladigan 
boshqa hujjatda ko'rsatilishi kerak. Mansub ashyo va hujjatlar jumlasiga 
tovarning sifat sertifikati, tovardan foydalanish yo'riqnomasi, texnik 
pasport, xavfsizlikni ta’minlovchi moslama, qulf uchun kalit, televizor 
uchun pul’t va boshqalar kiradi Bunday ashyo va hujjatlami topshirmagan 
sotuvchi sotib oluvchiga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladi.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zararni qoplashi lozim bo'lgan 
holat sifatida qonun iste’molchining hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkining 
xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar asbob-anjomlar 
yoki boshqa vositalar qo'llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, 
sog'lig 'iga yoki m ol-m ulkiga yetkazilgan zararni keltirib o'tadi. 
Iste’molchiga taqdim etilayotgan har qanday tovar, ish, xizmat yoki 
boshqa narsalar uning hayotiga, sog'lig'iga va mol-mulkiga zarar etishi 
xavfini tug'dirmasligi lozim. Shu jumladan, ish bajarish yoki xizmat 
ko'rsatishda ijrochi tomonidan qo'llanilayotgan materiallar, uskunalar
asbob-anjomlar va boshqa vositalar (masalan, ish bajarishda ijrochi 
tomonidan foydalanilayotgan transport vositasi yoki boshqa oshiqcha 
xavf manbayi) ham iste’molchining yuqorida sanab o'tilgan subyektiv
599


huquqlariga zarar yetkazmasligi zarur.
FKning 1018-moddasiga asosan, tovarning nuqsonalari oqibatida 
yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko‘ra tovaming sotuvchisi 
yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.
Ishning (xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar ishni 
bajargan yoki xizmatni ko'rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi 
lozim.
Tovar (ish, xizmat) kimdan sotib olinganligi (ish yoki xizmat kim 
tomonidan bajarilganligi)ni aniqlash, bu tovarni kim ishlab chiqqanligini 
bilish hisoblanadi. Iste’molchining (ya’ni zarar yetkazilgan iste’molchining) 
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma tuzgan yoki 
tuzmaganligidan qat’iy nazar, har qanday iste’molchining tovar (ish, 
xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilish 
huquqiga egaligi, bu iste’molchining mutlaq huquqi hisoblanmasa-da, 
uning subyektiv huquqi sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun, yetkazilgan zararni qoplash 
bilan birga quyidagi javobgarlik choralari ham qo'llanilishi mumkin:
- shartnomada yoki qonunda belgilangan neustoykani to'lash;
- burchni natura holda bajarish va qo'shimcha ravishda jarima 
to'lash;
- majburiyatni qarzdor (biz ko'rib chiqayotgan masalada esa sotuvchi 
(ishlab chiqaruvchi, ijrochi)) hisobidan bajarish;
- tovar (ish yoki xizmat) dagi nuqsonlarni tekinga bartaraf etish 
bilan birga yetkazilgan zarani qoplashni ham talab qilish.
Ushbu javobgarlik choralarining barchasi iste’molchining xoxish- 
irodasi yoki qonun va shartnomaga m uvofiq hamda m ajburiyat 
mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Iste’molchiga zarar yetkazilganda qo'llaniladigan javobgarlik 
choralari jumlasiga boy berilgan foydani undirish kirmaydi.
“ Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g ‘risida”gi qonunda 
iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning 
qoplanishi lozim bo‘lgan muddatlari belgilangan:
- normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovaming xizmat (yaroqlilik) 
muddati mobaynida;
- bunday muddatlar belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab 
chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e ’tiboran o ‘n yil 
mobaynida.
Yaroqlilik muddati va xizmat muddati davomida tovar (ish yoki 
xizmat)ning benuqson ishlashi va xizmat qilishi yuzasidan javobgarlikni


sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘z zimmasiga oladi. Belgilangan 
muddat mobaynida zarar yetkazilsa, zarar undirilishi mumkin. Biroq 
ushbu muddatlar o'tgan boisa, zarar undirilmaydi.
Uzoq muddat foydalanishga moijallangan tovarlarni nazarda tutib, 
bunday tovarlaming nuqsonlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash uchun 
o'n yillik (ancha uzoq) muddatni belgilaydi. Ana shu 10 yil mobaynida 
tovar (ish, xizmat) dagi nuqsonlar tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar 
qoplansa, 10 yildan so'ng yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
FKning 1019-moddasi talablariga muvofiq, bunday muddatlardan 
tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim:
1) Qonun talablari buzilib, yaroqlilik muddati belgilanmagan boisa;
2) Tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan 
shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur boigan harakatlarni 
bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boigan oqibatlar to'g'risida 
ogohlantirilmagan boisa.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 
oktabrdagi “O'zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koi'satish 
Qoidalari” haqidagi qarorida buyurtmachi maishiy xizmat sifatiga nisbatan 
boigan e’tirozlarini buyurtmani qabul qilish va berish joyida belgilangan 
kafolat muddatlari mobaynida, kafolat muddati bo'lmagan taqdirda esa 
e’tirozlarni buyurtmani olish vaqtida bildirishga haqlidir, deb belgilangan. 
Mazkur Qoidalar alohiga maishiy xizmat ko'rsatish qoidalari maishiy 
xizmat ko'rsatish sohasida iste’molchilar bilan bajaruvchilar o'rtasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi hamda O'zbekiston Respublikasi hududida 
maishiy xizmatlar ko'rsatish (ishlarni bajarish) bilan shug'ullanadigan 
mulkchilik shakllari va idoraviy bo'ysunishidan qat’iy nazar, barcha 
yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq qilinadi.
Qoidalar buyurtmani qabul qilish, rasmiylashtirish, bajarish, berishga, 
buyurtmachi bilan hisob-kitob qilishga quyiladigan talablami, shuningdek, 
xo'jalik yurituvchi subyekt va buyurtmachining mulkiy javobgarligini belgilaydi
Buyurtmani uyda bajarish uchun xodimlar buyurtmachi bilan 
kelishilgan vaqtda kelmasa, buyurtmachi xo'jalik yurituvchi subyektdan 
yetkazilgan moddiy zararni to'lashni talab qilishga haqli boiadi. Agar 
xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi subyekt bo'lsa, buyurtmachi e’tirozini 
darhol, qo'shimcha o'rganish va tekshirishni talab qiladiganlarini esa - 
e’tiroz bildirilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko'rib chiqishi kerak.
Shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektning shartnoma shartlaridan 
ish sifatini yomonlashtiradigan darajada chetga chiqsa yoki boshqa 
kamchiliklar bilan bog'liq da’volar buyurtmachi tomonidan ish qabul


qilib olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida, agar nuqsonlarni ishni 
qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlash mumkin bo'lmasa ish qabul 
qilib olingan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin.
Qurilma va inshootlardagi ishni qabul qilib olishning oddiy usulida 
aniqlanishi mumkin bo'lmagan kamchiliklarga oid da’voni buyurtmachi 
ish qabul qilib olingan kundan boshlab uch yil mobaynida berishi mumkin.
Agar shartnomada kafolat muddati nazarda tutilgan va ishdagi 
nuqsonlar to'g'risidagi murojaat kafolat muddati doirasida berilgan bo'lsa, 
da’vo muddati nuqson to'g'risida murojaat qilingan kundan boshlanadi.
Buyurtma sifatsiz bajarilgan taqdirda xo'jalik yurituvchi subyekt 
buyurtmachiga ish va xizmatlarning buyurtmani bajarish vaqtidagi 
qiymatining 20 foizi miqdorida aybona to'laydi.
Bajaruvchi va buyurtmachi o'rtasidagi munosabatlar yuzasidan 
nizolar ushbu xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbariyati yoki sud orqali 
hal qilinishi mumkin.
Shuningdek, FKning 1020-moddasida tovarning, ishning, xizmatning 
nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilish 
asoslari belgilangan. Unga muvofiq tovaming sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, 
shning (xizmatning) ijrochisi, zarar yengib bo'lmas kuch ta’sirida yoki 
iste’ molchi tovarlarni saqlash yoki ulardan (ishning natijalaridan, 
xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalami buzishi oqibatida 
yetkazilganligini is’botlagan hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish