Mundarija: i-bob huquqi madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari Huquqiy ongni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar tizimi Huquqiy ong va huquqiy madaniyat
Huquqi madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari
MUNDARIJA: I-BOB Huquqi madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari………………….. 1.1Huquqiy ongni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar tizimi……… 1.2Huquqiy ong va huquqiy madaniyat shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolari……………………………………………………. Huquqiy ong va huquqiy tarbiya……………………………………..
XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
kirish Mustaqillikning dastlabki kunlaridan va jahon hamjamiyatida umume’tirof etilgan huquqiy normalarga hamda boy milliy tarixiy an’analarga asoslangan yangi demokratik davlatni qurish sohasidagi birinchi qadamlardan boshlaboq, o‘zbek halqi "inqilobiy sakrashlar" va "shok terapiyasi"ni yemiruvchi va halokatli usullar sifatida rad etib, evalyutsion, bosqichma-bosqich rivojlanish yo‘lini tanlab oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ta’riflab berilgan tarraqqiyot yo‘lidan qadamma-qadam, bosqichma-bosqich, izchil ilgarilab borish prinsiplari umuminsoniy madaniyat tarixini tahlil qilishga va ilmiy tafakkur yutuqlariga asoslangandir. Bir vaqtlar Gegel ta’kidlab o‘tganidek, olg‘a qarab harakatlanishda birorta bosqichni tashlab o‘tib bo‘lmaydi. Chunki vaqtdan o‘zib ketish mumkin emas.
O‘z taraqqiyot yo‘limizning prinsiplariga qat’iy amal qilar ekanmiz, davlat va jamiyat hayotini tubdan qayta qurishdan iborat global vazifalarini hal qilish oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida katta ko‘lamdagi chora tadbirlarni g‘ayrat bilan va izchil suratda amalga oshirishni talab qiladi.
Biz tanlab olgan yangi jamiyat kurish yo‘lida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksak darajada shakllantirish hamda ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta’minlash muammolari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
"Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishda huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar darajasida ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarni qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi."
Huquqiy madaniyat keng tushunchadir. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning munosabatlarini ifodalovchi qarashlar va e’tiqodlardan ularning huquq haqidagi tasavvurlaridan, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong darajasi fuqarolarning yangi qonunlar qabul qilishi, davlat organlarining qonunni qo‘llash fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq fikrlari, kayfiyatlarini, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik hamda iqtisodiy o‘zgarishlarga munosabatini belgilaydi.
Shaxsning huquqiy madaniyati-huquqiy ongni aniq maqsadni ko‘zlab tarbiyalash natijasi, uning eng yuqori bosqichidir. Demokratik huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida "Biz odamlarni eskicha psihologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi inson erkinliklari - ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va ma’suliyat ekanligini chuqur his etib tursin"
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov 1997 yil 20-mayda huquqni muhofaza qiluvchi muassalar rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqida hamma fuqarolar ham yetarli darajada huquqiy ongga ega emasliklari , axborot olishda ijtimoiy faollik ko‘rsatmayotganliklari, respublikada jamiyatning har bir a’zosi huquqiy bilimlarni hech bo‘lmaganda asosiylarini o‘zlashtirib olish uchun, hamda aholi turli ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan huquqiy maorif amaliy mexanizmi yaratilmaganligi, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari kamsitilishi hollari ko‘pincha huquqiy bilimlarning yetarli emasligi, huquqiy madaniyat darajasi pastligi tufayli yuz berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Huquqiy madaniyat halqimizning qadimiy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. 1Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo‘lida fidokorona mehnat qilishga yo‘naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruratdir.
Huquqiy madaniyat nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o‘rganilishi zarur. Shu bilan birga har bir muayyan holatlarda madaniyatning turlicha ko‘rinishlarini tushunishga qat’iy belgilanadigan u yoki bu jihati ustun bo‘ladi. Chunonchi, huquqiy hayotda ma’rifatparvarlikni shakllanishini ta’minlashda inson omilini oshirish nuqtai nazaridan yondashilganda avvalambor e’tiborni huquqiy madaniyatning mazmuniga qaratish zarurligi namoyon bo‘ladi.
Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy ong qonunchilikning qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratilgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi. "Jamiyat davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etishni ta’minlaydi."
Shunday qilib shaxsning va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy qadriyatlar tushunchalarining va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim natijasidir. Huquqiy madaniyat-huquqiy davlatning ajralmas qismidir.