Mundarija: i-bob huquqi madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari Huquqiy ongni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar tizimi Huquqiy ong va huquqiy madaniyat


Huquqiy ongni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar tizimi



Download 100,5 Kb.
bet3/9
Sana14.07.2022
Hajmi100,5 Kb.
#801732
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Huquqiy ong va huquqiy madaniyat

Huquqiy ongni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi omillar tizimi
Huquqiy demokratik davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borayotgan mustaqil O‘zbekistonda fuqarolar huquqiy ongini, xuquqiy madaniyatini yuksaltirish g‘oyat darajada muhim, dolzarb muammodir. Mamlakatimizning rivojlanishi va istiqboli, keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan huquqiy ongi va bilimi hamda huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ayon.
"Huquqiy ong - huquqni anglash demakdir, odamlarning ham amaldagi huquqga, ham ularning o‘zlari istalgan huquqga munosabatini ifoda etadigan tassavvur va his-tuyg‘ularning mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir. Huquqiy ong jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning obyektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta’sirida shakllanadi, o‘zgarib turadigan obyektiv sharoitlar va jarayonlar ta’siri ostida doimiy rivojlanib boradi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir qismidir va shu sababli unga falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlar ta’sir etib turadi."
Huquqiy ongni rivojlantirishga jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi qonunlarning loyihalarini keng omma (halq) orasida muhokama qilinishi, barcha o‘quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniya, vaqtli matbuotlarda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish; aholining mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o‘rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish; oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish, o‘ylaymizki huquqiy ongni rivojlantirishning omillari bo‘lib hisoblanadi.
Aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi"da ham belgilab berilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat ham moddiy ma’naviy, ahloqiy va boshqa mafkuraviy omillar asosida shakllanib hamda rivojlanib boradi. Huquqiy madaniyat fuqarolarning yetukligi va ongliligini ko‘rsatuvchi me’yordir. Huquqiy ong, bilim va tasavvurlar insonda tasodifiy ravishda paydo bo‘lmaydi. Uni insonning tug‘ma xususiyati deyish ham mumkin emas. Inson onadan dono-yu donishmand bo‘lib ham tug‘ilmaydi. Kishidagi huquqiy ong, huquqiy bilim va madaniyat ta’lim tarbiya, o‘qish o‘rganish, mehnat qilish, amaliy faoliyat, hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi asosida shakllanib, rivojlanib uzluksiz takomillashib boradi. Huquqiy bilimlar va huquqiy ongning yuzaga kelishi va rivojlanishi cheksiz jarayondir. U jamiyat taraqqiyoti asosida yuzaga keladigan obyektiv talab va ehtiyojlar, mavjud imkoniyatlar, shart sharoitlar asosida shakllanadi.
Inson jamiyatda, davlatda yashar ekan, uning huquqiy ongini shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog‘lanmog‘i lozim. Huquqiy madaniyatsiz jamiyat kelajagini tassavur etib bo‘lmaydi. Yoshlarning qalbi va vujudiga go‘daklik paytidan boshlab odob ahloq, huquqiy qonun qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishga jamiyatning asosi bo‘lgan oilaning roli va ahamiyati beqiyosdir.
"Qonunlarimiz asoslaridan xabardor bo‘lish yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlik holatlarini, odob ahloqimizga zid hatti xarakatlarning oldini olishda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qonunlarni yaxshi bilgan yoshlargina ularga rioya qiladi. Bunday inson o‘zini ham oilasini ham, halqi davlatini ham himoya eta oladi. Qonun talablariga qat’iy rioya etish, qonunlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatish, qonun oldida hamma- prezident va oddiy fuqaro ham, erkagu ayollar ham, yoshlaru keksalar ham, tadbirkorlaru mansabdor shaxslar ham teng va ma’sul ekanini, bu masalada hech kimda alohida imtiyoz yo‘qligini chuqur idrok etish, ana shu qadriyatni ongiga mukammal singdirish barcha yoshlar uchun muhim fazilat hisoblanadi."
Shunday qilib, ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy turmush rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy g‘oyalar, bilim va tasavvurlar, huquqiy nazariyalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga kirib borib, fuqarolarning ongidan o‘rin olib odamlar hulq atvoriga, amaliy faoliyatiga mafkuraviy va psihologik ta’sir etadi. Huquqiy ong odamlarni ma’lum tarzda o‘zlarini idora qilishga, jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar doirasida faoliyat ko‘rsatishga undaydi.
Kishilar huquqiy ongi va bilimi rivojlanganlik darajasini ularning ijtimoiy-huquqiy faolligiga qarab aniqlash mumkin. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy ma’naviy sohalarda, o‘z-o‘zini boshqarish organlarida faol ishtirok etishlari huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi o‘sib borayotganligidan dalolat beradi.

Download 100,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish