Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga bo‘lgan huquq



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3-§. Tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga bo‘lgan huquq
Tovar (xizmat) belgisi bu bir jismoniy yoki yuridik shaxsning 
tovarlari va xizmatlarining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning 
bir turdagi tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun foydalaniladigan 
belgilardir.
Tovar belgisi sifatida so'zlar, tasvirlar, qabariq va boshqa belgilar 
yoki ularning jamlama ifodasi ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Tovar 
belgisi istalgan bir rangda yoki turli ranglarda bo'lishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasida tovar (xizmat) belgilarini ro'yxatdan 
o'tkazish, huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan 
bog'liq munosabatlar FK, «Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, 
tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida» 2001- yil 30- avgustdagi 
Qonun (bundan keyin matnda qonun deb yuritiladi) va tegishli qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qonunga asosan quyidagi hollarda tovar belgilarini ro'yxatdan 
o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi, agarda ular:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri 
tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo 
tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to'liq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg'alari va namuna yo'sinidagi tamg'alar, 
muhrlar;
4) davlat xizmatlarining O'zbekiston Respublikasida qo'llaniladigan 
ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega bo'lmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda 
bo'lgan belgilar;
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, 
qanday maqsadga. mo'ljallanganligi va qiymatini, shuningdek, ularning 
ishlab chiqariladigan yoki o'tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun 
foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg'on yoki iste’molchini 
chalg'itishi mumkin bo'lgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko'rsatuvchi, lekin


tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur 
beruvchi belgilar;
11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklaming asliyatini 
aks ettiruvchi jo‘g ‘rofiy nomlar bo'lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi 
belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan 
belgilar, shuningdek, basharti ular tarjima qilinib yoki "ko‘rinishdagi", 
"turdagi", "usuldagi" va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo'shilgan 
holda qoilanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo'lgan 
belgilar;
13) quyidagi belgilar:
ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan 
o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan, shuningdek, 
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro'yxatdan 
o'tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan 
ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan tovar belgilari bilan adashtirib 
yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslaming belgilangan 
tartibda umum e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish 
darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar;
ushbu qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan 
joy nomi bo'lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil 
yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar, bu belgilar har qanday 
tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan 
shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza 
qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan sertifikatlash belgilari 
bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash 
bo'lgan belgilar;
14) quyidagi belgilar:
o'zga shaxslarga tegishli va O'zbekiston Respublikasi hududida taniqli 
bo'lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga 
bo'lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir 
talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan bo'lsa, takrorlovchi 
belgilar;
sanoat namunalarini, agar ularga bo'lgan huquq O'zbekiston 
Respublikasida o'zga shaxslarga tegishli bo'lsa, takrorlovchi belgilar;
O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan ilmiy asarlar, adabiyot 
va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini,


san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlami mualliflik huquqiga ega bo'lgan 
shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo'rlari) roziligini olmagan 
tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan 
yasalgan so'zlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, 
basharti bular O'zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi 
bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi 
roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Sanab o‘tilganlarning 1-4-bandlarida ko'rsatilgan belgilar, agar bunga 
tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga 
muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, yuqoridagilarning
5-8-bandlarida ko'rsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun 
mavqega ega bo'lmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar 
sifatida kiritilishi mumkin.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan 5-8-bandlarida ko'rsatilgan belgilarni 
ro'yxatdan o'tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish 
natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo'lgan taqdirdagina, yo'l qo'yilishi 
mumkin.
Sanab o'tilganlarning 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda 
ko'rsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan 
o'xshash bo'lgan belgilarni ro'yxatdan o'tkazishga tovar belgisi egasining 
bu belgini ro'yxatga olish uchun roziligi bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yilishi 
mumkin (Qonunning 10-moddasi).
Tovar belgisini huquqiy muhofaza qilishning asosiy sharti uning 
tegishli vakolatli davlat idorasida ro'yxatdan o'tkazdirilganligi hisoblanadi.
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazdirish 
uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan shaxsan yoki 
Patent idorasida ro'yxatga olingan patent vakili orqali (xorijiy subyektlar 
uchun) berilishi mumkin.
Umumiy qoida bo'yicha tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisining 
ustuvorligi tegishli tarzda rasmiylashtirilgan talabnoma Patent idorasiga 
kelib tushgan kunga qarab belgilanadi. Talabnoma va talabnomada 
ifodalangan belgi belgilangan tartibda ekspertizadan o'tkaziladi va uning 
natijalariga qarab, tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish yoki rad etish 
haqida qaror qabul qilinadi. Rad etish haqidagi qaror ustidan Patent 
idorasining Apellyatsiya kengashiga shikoyat qilish mumkin. Apellyatsiya 
kengashi qarori bo'yicha norozi tomon olti oy ichida sudga shikoyat 
qilishga haqli.


Tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisini ro'yxatga olish haqidagi 
qarorga asosan, Patent idorasi tovar belgisini O'zbekiston Respublikasining 
tovar belgilari reestrida ro'yxatdan o'tkazadi. Davlat reestriga va tovar 
belgisining ro'yxatdan o'tganligi haqidagi guvohnomaga tovar belgisi, 
xizmat ko'rsatish belgisi tasviri, uning egasi haqidagi ma’lumotlar, 
ustuvorlik sanasi, ro'yxatdan o'tgan vaqti, ushbu belgini qo'yish 
mo'ljallangan tovarlar, xizmatlar ro'yxati kiritiladi, bu haqda ma’lumotlar 
Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi.
Tovar belgisi Davlat reestrida ro'yxatdan o'tkazilganidan va 
belgilangan boj to'langanligi haqida hujjat olinganidan keyin uch oy 
ichida Patent idorasi tovar belgisi egasiga guvohnoma beradi.
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi ro'yxatdan o'tkazilganligi 
haqidagi guvohnoma belgining tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi 
sifatida ro'yxatdan o'tkazilganligi, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish 
belgisining ustuvorligini, tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi egasining 
guvohnomada ko'rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan mutlaq 
huquqini tasdiqlaydi.
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi ro'yxatdan o'tganligi haqidagi 
guvohnoma ustuvorlik belgilangan sanadan e’tiboran o'n yil davomida 
amal qiladi. Bu muddat tegishli boj to'lab borilgan taqdirda har gal o'n 
yilga uzaytirib boriladi.
Tovar belgisi egasi bu belgidan foydalanishda va uni tasarruf qilishda 
mutlaq huquqqa ega. Mutlaq huquq mazmuni Qonunning 26-moddasida 
belgilab qo'yilgan. Bunga asosan tovar belgisining egasi ushbu belgidan 
foydalanishda va uni tasarruf etishda, shu jumladan, unga o'zga shaxslar 
foydalanishiga ruxsat berish yoki taqiqlab qo'yishda mutlaq huquqqa 
egadir. O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan tovar belgisidan 
uning egasi ruxsatisiz hech kim foydalana olmaydi.
Tovar (xizmat) belgisini qonunda belgilangan tartibda har qanaqasiga 
va har qanday tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish undan foydalanish 
deb hisoblanadi.
Tovar belgisining egasi tomonidan yoki qonunda belgilangan 
tartibda litsenziya shartnomasi asosida shunday huquq berilgan shaxs 
tomonidan tovar belgisi qaysi tovarlarga qo'yish uchun ro'yxatdan 
o'tkazilgan bo'lsa, shu tovarlarda va ularning o'rovi ustida ishlatilishi 
tovar belgisidan foydalanish hisoblarida, rasmiy ish qog'ozlarida, osib 
qo'yiladigan lavhalarda, ko'rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni 
namoyish qilishda ishlatish ham undan foydalanish deb topilishi 
mumkin.


Qonunning 27-moddasiga asosan tovar belgisining egasi undan 
foydalanishi shart.
Tovar belgisi ro‘yxatdan o'tganligi to‘g ‘risidagi guvohnomaning amal 
qilishi tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin ishlatilmagan yoki 
guvohnomaning amal qilish muddatida besh yil davomida uzrli sababsiz 
umuman foydalanilmaganda, istalgan manfaatdor shaxsning arizasiga 
muvofiq sud chiqargan qaror asosida muddatidan oldin to‘liq yoki qisman 
bekor qilinishi mumkin. Ushbu masalani hal etishda tovar belgisi egasi 
taqdim etgan va tovar belgisidan o'ziga bog'liq bo'lmagan sabablarga 
ko'ra foydalanilmaganligini (masalan, korxona rekonstruksiya qilinganligi, 
qayta jihozlanganligi sababli yoki bozorda tovarga talab bo'lmaganligi 
sababli uni ishlab chiqarish vaqtinchalik to'xtatilganligi va hokazo) 
isbotlovchi dalillar e ’tiborga olinishi mumkin. Uzrli sababsiz tovar 
belgisidan foydalanmaslik deganda ushbu tovar belgisi ishlatilishi 
mo'ljallangan tovarlarni ishlab chiqarish va muomalaga kiritishda tovar 
belgisidan foydalanmaslik tushuniladi.
Belgilangan qoidaga asosan tovar belgisidan nafaqat tovar belgisi 
egasining o'zi foydalanishi, balki bu belgidan foydalanish uchun boshqa 
shaxslarga litsenziya (ruxsatnoma) berilishi ham tovar belgisidan 
foydalanish hisoblanadi. Binobarin, tovar belgisidan belgi egasi besh yil 
davomida o'zi foydalanmagan holda, boshqa shaxslarga undan foydalanish 
uchun litsenziya berilishi FK 1104-moddasi, 1-qismini qo'llamaslik uchun 
asos bo'ladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish