8.35-rasm. MT 5010 avtosamosval gabaritlari («Atlas Kopko», SHvetsiya): a – yon tomondan
ko‘rinish; b – yon tomondan ko‘rinish.
Avtomobil transporti, odatda, shtolnyalar bilan ochiladigan konlarda
qo‘llaniladi va shtolnya bo‘ylab rudani bevosita yuzaga tashish imkoniyati
mavjud. Avtomobil transporti yana amal qilish muddati ko‘p bo‘lmagan
boyitmali qatlamli va relsli transport yo‘llarini yotqizish foydasiz bo‘lgan
konlarda ham qo‘llaniladi. Ba’zida avtomobil transportidan chuqur bo‘lmagan
konlarda («Severnыy» koni, Zapolyarnыy sh, Rossiya) yoki qo‘shimcha
ko‘tarilishli konlarda («Rayskiy» GOK, «Uchalinskiy» GOK va b.) ruda va rudali
massani qiya stvol bo‘ylab yoki spiralli tushish yo‘li (kirish yo‘li) bo‘ylab
ko‘tarishda foydalaniladi. Er osti ishlarida turli yuk ko‘tarishli
avtosamosvallar
(40-80 t gacha) qo‘llaniladi. YUklash-etkazish mashinalaridagi kabi tashish
mashinalari korpusi ham burilish radiusini kamaytirish va harakatchanligini
yaxshilash uchun ikkita sharnirli biriktirilgan qismlardan tayyorlanadi
(8.35-
rasm).
YUklash-etkazish mashinalarining asosiy modellari: TORO («Tamrok»,
Finlyandiya), MT («Atlas Kopko», SHvetsiya)
(8.34-rasm),
D («Katerpillar»,
AQSH) va b. Rossiyada o‘tgan asrning 70-yillar o‘rtalarida
ikkita
shataklagichdan va umumiy yuk ko‘tarishi 75 t bo‘lgan yonlama tushirishli
beshta ag‘darma tirkamalardan tuzilgan ASH-75 shaxta avtopoezdi yaratildi.
YAqin vaqtgacha ASH-75 eng katta yuk ko‘tarishga ega bo‘lgan.
8.36-rasm. Orqaga yurish bilan MT avtosamosvali harakati uchun videokuzatuv tizimi («Atlas
Kopko», SHvetsiya).
Er osti sharoitlarida ishlash qulay bo‘lishi uchun «Atlas Kopko» shved
firmasi orqaga yurib harakatlanishini kuzatish uchun MT avtosamosvallariga
avtomobilning orqa qismiga kamera va kabinada monitor o‘rnatdi
(8.36-rasm).
«Sandvik Tamrok» kompaniyasi 80 t yuk ko‘tarishli «Supra 0012»
avtosamosvalini ishlab chiqdi
(8.37-rasm).
«Supra 0012» avtosamosvallari yirik konlarda qo‘llaniladi
va katta
bo‘lmagan gabariti, burilish radiusi kichikligi, yuqori darajada harakatchanligi
va ko‘p yuk ko‘tarishi bilan yaxshi tomondan o‘zini ko‘rsata oldi.
Ruda va
rudali massani tashishda avtomobilning katta bo‘lmagan gabariti katta kesimli
lahim o‘tkazilishini talab qilmaydi, bu asosiy kon ishlarini tejash imkonini
beradi, ko‘p yuk ko‘tarishi esa unumdorlikni oshirish imkonini beradi.
Radiusi
kichikligi, yuqori darajada harakatchanlikka avtosamosval g‘ildiraklarining
beshtadan to‘rtta o‘qda burilishi tufaylidir
(8.37-rasm).
8.37-rasm. Avtosamosval «Supra 0012» ( «Sandvik Tamrok»kompaniya poligoni, Tampere sh,
Finlyandiya).
8.2-jadval
«Supra 0012» avtosamosvallari kuzovning yon tomondan yuk tushirishga
ega
(8.38-rasm),
bu kuzov ag‘darishi orqada bo‘lgan transport mashinalariga
qaraganda yuk tushirish kamerasini kam balandlikdan jihozlash imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda er osti konlarida turli texnik tavsifli avtosamosvallarning
ko‘p soni qo‘llanilmoqda
(8.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: