Kon mashinalari va komplekslari haqida ma’lumotlar reja: Ruda va jinslarni maydalash uchun jihozlar



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana22.10.2022
Hajmi3,89 Mb.
#855450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza-8

2. YUklash-etkazish jihozlari 
Maydalangan ruda yoki jinslarni qazish joyidan tashish vositasigacha 
etkazish uchun turli mashinalar va jihozlardan, shuningdek quyidagi 
qo‘shilmalaridan foydalaniladi:
• 
etkazish yoki tashish vositalariga yuklash uchun yuklash mashinalari; 

yuklash vositalari bilan kompleksda ishlaydigan etkazish mashinalari 
va jihozlari; 

yukini o‘zi bo‘shatadigan yuklash-etkazish mashinalari. 
YUklash-etkazish mashinalari ishlash xususiyati bo‘yicha uzluksiz va davriy 
harakatli mashinalarga (oxirgisi kon massasi porsiyalar bilan ko‘chiriladi),
bajarishi bo‘yicha o‘ziyurar va ko‘chmas turlarga bo‘linadi.
Metall rudalarini qazib oluvchi konlarda foydalaniladigan yuklash jihozi 
juda xilma-xildir. Uzluksiz harakatli jihozlarga, asosan, VDPU, VVDR, PVRA va 
boshqa titratma turdagi ta’minlagichlar kiradi. Ular maydalangan rudani qazish 
bo‘shlig‘idan yoki ruda tushirgichlardan etkazish yoki bevosita tashish 
vositalariga yuklaydi. Titratma ta’minlagichlar 
(8.21-rasm) 
qatlamga 7-23° 
burchak ostida o‘rnatilgan kengligi1-2,5 m va uzunligi 3-8 m bo‘lgan metall 
platformadan iborat. Ishga tushirilganda ular titray boshlaydi va maydalangan ruda 


platforma bo‘ylab pastga sirpanadi. Uzluksiz harakatli mashinalarga PNB turidagi 
to‘plovchi panjali yuklash mashinalari ham kiradi 
(8.28-rasm.). 
Bu qabul qilish 
plitasidan iborat bo‘lgan ishchi organli o‘ziyurar gusenitsali mashina, yon 
tomonlarida plita chetidan markazga harakatni amalga oshiruvchi ikkita to‘plovchi 
richag joylashgan. Ular ruda yoki jinslarni qamrab oladi va kichikroq uzunlikdagi 
yuklash konveyeriga olib boradi, uning vositasida etkazish yoki tashish 
vositalariga yuklanadi. 
 8.13-rasm. O‘ziyurar yuklash-etkazish va yuklash-tashish jihozlari sxemalari: a 
– 
orqadan 
bo‘shatishli cho‘michli yuklash mashinasi; 6 

avtosamosval; v 
– 
cho‘michli yuklash-etkazish 
mashinasi; g 
– 
cho‘michli yuklash-tashish mashinasi; 1 

cho‘mich; 2 

ag‘daruvchi kuzov 
(bunker). 
Davriy harakatli yuklash mashinalari cho‘mich ko‘rinishidagi ishchi 
organga ega. CHo‘michning orqadan yuk bo‘shatishli relsli yoki gusenitsali 
yurishdagi PPN turidagi mashinalar uni o‘zidan oshirib tashlaydi, cho‘mich sig‘imi 
0,3-1 m
3
, unumdorligi - 0,8-3 m
3
/min 
(8.14-rasm). 
CHo‘mich sig‘imi 1 -1,2 m
3
EP (EO) turidagi er osti ekskavatorlari kamida 5 m balandlikdagi ochiq qazish 
bo‘shlig‘ida shinali yurishdagi o‘ziyurar etkazish texnikasidan foydalanishda 
qo‘llaniladi. 
Etkazish jihozi kon massasini faqat etkazish uchun mo‘ljallangan, 
shuning uchun yuklaydigan jihozli kompleksda ishlaydi. 
Uzluksiz 
harakatli 
jihozlardan, 
ayniqsa, 
Qozog‘istonning rangli 
metallurgiya konlarida titratma ta’minlagichlar bilan birgalikda (titratma 


komplekslar) ishlaydigan titratma konveyerlar eng ko‘p tarqalgan. Titratma 
konveyerni montaj qilish qulay bo‘lishi uchun 2 m.gacha uzunlikdagi 
seksiyalardan yig‘iladi. Titratma konveyerlar unumdorligi 90- 100 m
3
/s tashkil 
etadi, bitta yuritmaga uzunlik - 20-30 m. YUmshoq rudalarni (masalan, 
marganetsli) qazib oluvchi ayrim konlarda lentali konveyerlardan foydalaniladi. 
Og‘ir yirik bo‘lakli rudalarni etkazish uchun lentali konveyerlarning maxsus 
turlari qo‘llaniladi, ular bo‘laklar zarbi tufayli lentaning tez emirilishiga to‘sqinlik 
qiladi. Noabraziv rudalarni etkazish uchun kurakli konveyerlardan foydalaniladi. 
Ular metalli lotokdan iborat, qaysiki ruda tortuvchi zanjirga mahkamlangan 
kuraklar bilan sudraladi. Bunday konveyerlar marganets rudalarini qazib oluvchi
mexanizatsiyalashgan qazish komplekslari tarkibiga kiradi. Abrazivli rudalarni 
etkazish uchun lentali-telejkali konveyerlar qo‘llaniladi 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish