va ventilyasiya jihozlari kiradi.
Er osti maydalash-yuklash
uzeli
(8.2-bo‘limga qarang)
maydalangan
rudani transport vositalaridan, yo‘l-yo‘lakay
uni maydalash bilan, ko‘tarma
idishlarga (skiplarga) yuklash uchun xizmat qiladi. Bunday uzellarni qurishga va
ulardan foydalanishga xarajatlar ularning rudani qazib olish joylarida ancha yirik
bo‘laklar bilan maydalash imkonini berganligi bilan o‘rni to‘ldiriladi
(kompensatsiyalanadi). SHuning uchun er ostida maydalash barcha yangi
konlarda 0,5 mln. t rudadan ortiq unumdorlik bilan ko‘zda tutiladi.
Maydalash-yuklash uzeli
(8.7-rasm)
relsli tashishdagi yuk tushirish
qurilmasidan, er osti maydalagichidan, bunker va me’yorlovchi (dozator)
qurilmadan iborat.
Konlarda eng ko‘p tarqalgan rudani relsli tashishda berk ag‘darma
vagonlarda yuk tushirish qurilmasi sifatida vagon ag‘dargichlardan
foydalaniladi. Bu qurilma silindrli aylanuvchi barabandan iborat. Unga bir-
ikkita yuklangan vagon kiritiladi (elektrovoz vagon ag‘dargich orqali o‘tadi),
undan so‘ng vagon ag‘dargich o‘z o‘qi atrofida to‘liq
aylanadi va ruda
vagonlardan maydalagichning qabul qilish voronkasiga to‘kiladi. Vagonlar
almashtirilgach, hammasi takrorlanadi.
Maydalagichlar
(8.40, 8,41-rasmlar)
rudani 150-300 mm yiriklikkacha
maydalash uchun zarur, shunda skiplarga yuklash mumkin.
YAssi yoki konusli
maydalagichlar mavjud. YAssi maydalagichlarda ruda ikkita plita (yassi
qismlar) orasida qisilish bilan maydalanadi, qaysiki ulardan biri harakatsiz,
biri tebranuvchi. Konusli maydalagichda korpusning harakatsiz kosasi ichida
konussimon
valka joylashgan, pastki qismi aylana bo‘ylab siljiydi; korpusli
valka yaqinlashganida bo‘laklar qisiladi. Mayda bo‘laklar maydalanmasdan
maydalagich orqali to‘kiladi. Konusli maydalagichlar
unumdor va yassi
maydalagichlardan qimmat.
o‘lchamlargacha maydalanadi, uni skiplarga yuklash mumkin bo‘ladi. Ikki
bosqichli maydalashni qo‘llash faqat yassi maydalagichni qo‘llagandagi kabi
etarlicha yirik bo‘laklar chiqishining oldini oladi va konuslini qo‘llashda
konditsion bo‘lak o‘lchamini oshiradi.
8.41-rasm. «Krupp BK 160-210» ikki bosqichli maydalagich: I
–
maydalashning birinchi
bosqichi (yassi qismli maydalash); 2
–
maydalashning ikkinchi bosqichi (konusli maydalash).
Maydalagichdan ruda bunkerga to‘kiladi,
undan esa dozatorga tushadi,
u erda rudaning skip sig‘imi hajmiga teng bo‘lgan aniq miqdori o‘lchanadi.
Dozator to‘lgach, bunker avtomatik tarzda yopiladi, undan so‘ng dozatordan
ruda skipga tushirilgach - yana ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: