u yuklash mashinalaridan
foydalanishni talab qilmaydi, universal va turli xil
sharoitlarda yaxshi ishlaydi. YUklash-etkazish jihozlariga skreperli qurilmalar,
cho‘michli yuklash-etkazish va yuklash-tashish mashinalari kiradi.
CHo‘michli yuklash-etkazish mashinalari – cho‘michi oldinda
joylashgan, shinali yurishdagi dizelli yoki elektrli o‘ziyurar
mashinalar
(8.16,
8.17-rasmlar).
Ular ko‘pgina qora va rangli metallurgiya konlarida qo‘llaniladi.
Gidravlik yuritmali cho‘mich ko‘tarilishi, tushishi va ag‘darishi mumkin.
YUklashda mashina tushirilgan cho‘mich bilan lahim asosidagi uyumdan
rudani oladi. So‘ngra cho‘mich ko‘tariladi, buriladi va mashina rudani
tushirish
joyiga olib boradi, cho‘mich ko‘tariladi va rudani ag‘daradi.
Ishlash qulay bo‘lishi uchun mashina burilmasdan oldinga va orqaga oson
harakatlanadi. Tor lahimlarda yaxshi harakatlanish va burilish radiusi kamayishi
uchun yuklash-etkazish mashinasi korpusi ikkita sharnirli biriktirilgan
qismlardan tayyorlanadi
(8.18-rasm).
YUEM cho‘michi sig‘imi 12
m
3
gacha etadi, yuk ko‘tarishi 20 t.gacha,
etkazish uzunligi - 50-300 m, oshib o‘tadigan qiyaligi - 12-18° gacha.
YUklash-
etkazish mashinalarining asosiy modellari: TORO («Tamrok», Finlyandiya)
(8.20-rasm),
ST («Atlas Kopko», SHvetsiya), R («Katerpillar-Elfinstoun»,
SSHA), LK («Bumar», Polsha), PD (Rossiya) va boshqalar.
Bir necha o‘n yilllar oldin YUEM tuzilishlarida katta o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi: cho‘mich, yuk ko‘tarish hajmi oshdi, gabaritlar o‘zgardi: cho‘mich keng
bo‘ldi, mashina balandligi esa kichik bo‘ldi.
Rudali massani yuklashda quvvatli YUEM
ruda uyumlariga kirib va
cho‘michni ko‘tarib, chiqariladigan ustunni silkitishni amalga oshiradi, bu bilan
chiqarishning qo‘shni punktlarida bo‘laklarning ishqalanib uzilishlarini keltirib
chiqaradi, ruda bo‘laklarining qandaydir osilib qolganlari va qotib qolganlari
to‘liq yo‘qotiladi.
8.16-rasm. YUklash-etkazish mashinasi lahimlar tutashuvi burilishida («Tamrok»kompaniyasi
poligoni,. Tampore sh., Finlyandiya).
8.17-rasm. ST 14 cho‘michli yuklash-etkazish mashinasi, kompaniya «Atlas Kopko»
(«Katsenberg» koni kompaniya «Ratshek», Germaniya).
Etkazishda muammolar mavjud bo‘lgan yoki ochiq qazish bo‘shlig‘iga
chiqish lozim bo‘lgan konlarda etkazishda katta
xavfsizlik uchun masofali
boshqaruvdan foydalaniladi. Bu loyli yorib o‘tishlar mavjud «Friiport»konida,
«Nortsparks», «Finch», «Norilskogo nikelya» konlarida va boshqalarda yaxshi
o‘zlashtirilgan (8
.20-rasm).
13.19-rasm. YUklash-etkazish va tashish mashinalari evolyusiyasi
8.20-rasm. YUklash-etkazish mashinasini masofali boshqarish ( «Friiport» koni, Indoneziya): a
-
yuklash-etkazish mashinasi xavfli uchastkada; 6
-
yuklash-etkazish mashinalarini
boshqarishning ko‘chmas punkti.
8.18-rasmda
zamonaviy YUEM gabaritlari asosiy texnik o‘lchamlari bilan
keltirilgan, lekin ular xilma-xil shakllari hozirda juda ko‘p.
8.1-jadvalda
er osti konlarida qo‘llaniladigan
asosiy yuklash-etkazish
mashinalarining namuna o‘lchamlari qatori keltirilgan.
CHo‘michli yuklash-etkazish mashinalari farqi shundaki, ularning
cho‘michi bunkerning (kuzovning) o‘zini yuklash uchun mo‘ljallangan. Bu
mashinalar, odatda, 600 m. gacha etkazish uzunligida ko‘ndalang
kesimi
nisbatan kichik lahimlarda qo‘llaniladi. CHo‘mich sig‘imi - 0,12-1,6 mZ,
bunkerniki - 1 -10 m
3
, oshib o‘tadigan qiyaligi - 12-15° gacha. Bunker ag‘darib
to‘kiladi. PT turidagi mashina yuritmasi – pnevmatik yoki dizelli.