3-mavzu: talab va taklif. Bozor muvozanati testlar



Download 229,5 Kb.
bet1/8
Sana30.08.2021
Hajmi229,5 Kb.
#159794
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu


3-MAVZU: TALAB VA TAKLIF. BOZOR MUVOZANATI
Testlar


  1. Ehtiyoj talabdan farqli o’laroq….

  1. narxga bo’g’liq bo’ladi.

  2. iste'molchi sotib olishni rejalashtirgan tovarlardir.

  3. iste'molchining cheksiz istaklarini ifodalaydi

  4. iste’molchi tomonidan sotib olingan tovarlardir.




  1. Talab ehtoyojdan farq qiladi, chunki……

A) ehtiyoj tovarni sotib olishni rejalashtirishni taqazo qiladi, ammo talab bunday rejani taqazo qilmaydi.

B) talab cheklanmagan, ehtiyojlar daromad bilan cheklangan.

C) talab har doim ehtiyojdan katta bo’ladi.

D) talab ehtiyojni qondirish va qaysi masulotni sotib olishning aniq rejasini ko’rsatadi, ehtiyoj esa cheksizdir va qaysi mahsulotlarni sotib olishning aniq rejasi yo’q.


3. Taqchillik natijasida

A) ehtiyoj talabdan yuqori bo’ladi.

B) talab ehtiyojga teng bo'ladi.

C) talab ehtiyojdan yuqori bo'ladi.

D) aksariyat talablar qondiriladi.


  1. Talab miqdori......

A) tovar narxiga bo’g’liq bo’lmaydi.

B) iste'molchilar ma'lum bir narxda sotib olishni rejalashtirgan tovar miqdorini ifodalaydi.

C) har doim narx bilan to’g’ri proporsional

D) har doim muvozanat miqdoriga teng.


5. Talab qonuniga ko’ra mahsulot narxi oshib borgan sari

a) mahsulotga bo’lgan talab kamayadi

b) mahsulotga bo’lgan talab miqdori kamayadi

c) mahsulotga talab oshadi

d) mahsulotga bo’lgan talab miqdori oshadi
6. Talab qonuni ko’rsatadiki.....

a) chizburgerga bo’lgan talab oshsa, chizburgrlar narxi tushadi

b) chizburgerning narxi oshsa, chizburgerga talab miqdori kamayadi

c) daromad oshsa chizburgerga bo’lgan talab miqdori oshadi

d) chizburgerlarning narxi oshsa, chizburlarga bo’lgan talab ham oshadi.
7. Talab qonuniga ko’ra, talab miqdori…

a) narx bilan teskari bog’liqlikd

b) aholi soni bilan to’g’ri bo’g’lanishda

c) daromad bilan to’g’ridan-to’gri bog’liqlikda

d) o’ribosar tovarlar bilan teskari bog’liqlikda
8. Quyidagilardan qaysi biri odamlarning sotib olish rejalariga ta’sir qiladi va talab egri chizig'i bo'ylab o'zgarib turadi?

A) preferensiyalar

B) tovar narxi

C) daromad

D) to’ldiruvchi tovarlar narxi tovarlarning narxi
9. Talab qonuniga ko’ra…


  1. Talab miqdorining kamayishi talab chizig’ini chap tomonga siljishiga olibb keladi

  2. Boshqa sharoitlar o’zgarmaganda, Tovar miqdorining oshishi unga bo’lgan talabning kamayishiga olib keladi

  3. Boshqa sharoitlar o’zgarmaganda tovar narxining oshishi unga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi.

  4. Tovar narxining oshishi unga bo’lgan talabning oshishiga olib keladi.

10. Talab qonuni talab egri chizig’ining.....ko’rsatadi.

A) narx ko'tarilganida chapga siljishini

B) narx ko'tarilganda har doim o'ngga siljishini

C)past tomonga yo’nalishini.

D) yuqoriga tomon yo’nalishini


11. O’rinbosar tovar bu….

  1. Boshqa tovarga qaraganda sifatli tovar

  2. Boshqa tovar o’rniga foydalanib bo’lmaydigan tovar

  3. Boshqa tovar o’rniga foydalanish mumkin bo’lgan tovar

  4. Boshqa tovarga qaraganda sifati past tovar

12. Iste’molchi birinchi tovarning narxi oshganda ikkinchi tovardan ko’proq sotib olishni boshlashsa bunday tovarlar…..

a) normal tovarlar

b) o’rinbosar tovarlar

c) to’ldiruvchi tovarlar

d) past toifali tovarlar


13. Quyidagilardan qaysi biri o’rinbosar tovarlar?

a) disk va disk player

b) cola va pepsi

c) avtomobil va benzin

d) karam va karam salati
14. Mahsulotga bo’lgan talab oshadi qachonki o’rinbosar tovar narxi……va to’ldiruvchi tovar narxi…..


  1. Kamaysa,kamaysa

  2. Oshsa, kamaysa

  3. Kamaysa , oshsa

  4. Oshsa, oshsa

15. To’ldiruvchi tovar bu…



  1. Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan tovar

  2. Ikkinchi birsiga qaraganda yuqori sifatli tovar

  3. Ikkinchi birsiga qaraganda sifatsiz tovar

  4. Bir-birining o’rniga foydalanish mumkin bo’lgan tovar

16. Odamlar keying hafta benzin narxi ko’tarilishidan xabar topdi. Natijada…



  1. Keyingi hafta benzin taklifi qisqaradi

  2. Benizn narxi bugun tushushni boshlaydi

  3. Benzinning bugungi taklifi oshadi

  4. Benzinga bugungi talab oshadi

17. Normal tovarlarga bo’lgan talab chizig’i chapga ko’chadi agar daromad…..va kelajakda ushbu mahsulotning narxi…….



  1. Kamaysa.kamaysa

  2. Oshsa, oshsa

  3. Oshsa, kamaysa

  4. Kamaysa, oshsa

18. Agar daromad oshsa, yoki o’rinbosar tovar narxi tushsa, u holda…

a) taklif chizig’i o’ng tomonga ko’chadi

b) talab chizig’i o’ng tomonga ko’chadi

c) taklif chizig’i chap tomonga ko’chadi

d) talab chizig’i chap tomonga ko’chadi


19. Normal tovarlar bu….

a) daromad oshganda talab oshadigan tovarlar

b) aholi soni oshganda talab kamayadigan tovarlar

c) aholi soni oshga talab oshadigan tovarlar

d) daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar
20. Past kategoriyali tovarlarga talab oshadi….

a) daromad kamayganda

b) daromad oshganda

c) o’rinbosar tovar narxi oshganda

d) o’rinbosar tovar narxi tushganda
21. Past kategoriyali tovarga talab….

a) aholi soni oshsa oshadi

b) aholi soni oshsa kamayadi

c) daromad oshsa kamayadi

d) daroad oshsa oshadi
22. 2019 yilda tovuq go’shtiga 20000so’mdan 2 t talab bor edi. 2020 yilda tovuq go’shti narxi o’zgarmadi lekin unga talab 3 t tashkil etdi. Bu o’zgarishga quyidagilardan qaysi biri sababchi bo’lmasligi mumkin.

a) go’sht taklifining oshishi

b) aholi sonining oshishi

c) agar go’sht normal tovar bo’lsa daromaddagi o’zgarish

d) mol go’shti narxining oshishi
23. Mahsulot narxidagi o’zgarish…


  1. Talab chizig’ining ko’chishiga sabab bo’ladi lekin chiziq bo’ylab nuqtalarning o’zgarishiga sabab bo’lmaydi

  2. Talab chizig’ining ko’chishiga sabab bo’lmaydi lekin chiziq bo’ylab nuqtalarning o’zgarishiga sabab bo’ladi.

  3. Talab chizig’ining ko’chishiga shuningdek undagi nuqtlarning o’zgarishiga olib keladi

  4. Talab chizig’ining ko’chishiga ham undagi nuqtalarning o’zgarishiga ham sabab bo’lmaydi.

24. Quyidagilardan qaysi biri lavashga bo’lgan talab chizig’ining ko’chishiga sabab bo’lmaydi?

a) lavash ta’mining o’zgarishi

b) daromadlardagi o’zgarishlar

c) hotdog narxining tushushi

d) lavash marxining o’zgarishi


25. Bozor talabining egri chizig’i….ni ko’rsatadi.

a. tovar yoki xizmatga talabning o’zgarishining bozor taklifiga ta’siri

b. iste’molchilar turli xil narxlarda sotib olishni istagan va sotib oladigan tovar miqdori.

c. har xil miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun marjinal xarajatlar.

d. reklama xarajatlarining tovarning bozor narxiga ta’siri.
26. 4,95 dollarga baholangan badiiy roman 9000 nusxada sotilishi kutilmoqda. Agar roman $ 3.95 narxida sotuvga qo’yilsa, noshir romanning qancha miqdorda sotilishini kutishi mumkin?

a. 9000 nusxadan kam.

b. 9000 nusxa.

c. 9000 nusxadan ortiq.

d. Sotuvga arzon narxning ta’sirini taxmin qilish qiyin.
27. Turg’unlik (retsessiya) davrida iqtisodiyotda ishsizlik ko’payib, iqtisodiy faoliyat darajasi pasaygan. Qanday qilib turg’unlik bozorning yangi avtomobillarga bo’lgan talabiga ta’sir qilishi mumkin?

a. Talab o’ng tomonga siljiydi.

b. Talab chapga siljiydi.

v. Talab siljimaydi, lekin oyiga sotiladigan mashinalar miqdori kamayadi.

d. Talab o’zgarib ketmaydi, lekin oyiga sotiladigan mashinalar soni ortadi.
28. Taklif egri chizig’i……ko’rsatadi.

a. Tovar yoki xizmatni etkazib berish o'zgarishi bozor talabiga ta'sirini

b. Korxona va firmalarning turli narxlarda taklif miqdorini

c. iste'molchilarining turli narxlarda sotib olishga tayyor miqdorini

d. Yuqoridagi barchasi to’g’ri.
29. Aytaylik, avtomobillarni yig'ish zavodlarida ishlaydigan ishchilar ish haqi miqdorini sezilarli darajada oshirish to'g'risida muvaffaqiyatli muzokara olib borishdi. Yangi ish haqi shartnomasi yangi avtomobillarning bozor taklifiga qanday ta'sir qilishi mumkin?

a. Taklif o'ng tomonga siljiydi.

b. Taklif chap tomonga siljiydi.

c. Taklif o'zgarmaydi, lekin oyiga ishlab chiqarilgan avtomobillarning soni kamayadi.

d. Taklif o'zgarmaydi, lekin oyiga ishlab chiqarilgan avtomobillarning soni ko'payadi.
30. Bozor muvozanati deganda ……vaziyat tushuniladi

a. firmalarga yuqori foyda olishga imkon beradigan

b. iste’molchilar barcha mahsulotlarni sotib olishi mumkin bo’lgan

c. tanqislik ham, ortiqcha ham bo'lmagan

d. talabning taklifi egri chizig'idan biroz yuqoriroqdagi.
31. Bozor talabiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir etmaydi?

a) istemolchilarning daromadi;

b) o‘rnini tuldiruvchi tovarlar narxi;

c) tuldiruvchi tovarlar narxi;

d) istemolchilar soni;

e) sotuvchilar soni.


32. Qaysi omil talab egri chizigiga tasir etmaydi?

a) istemolchilar didi va afzal ko‘rishi;

b) milliy daromadning hajmi yoki kayta taksimlanishi;

c) tovarlar narxi;

d)istemolchilar soni va yoshi;

e) tovarlar sifati.

33. Agar bozor narxi muvozanat narxdan past bo’lsa:

a) ortiqcha taklif paydo bo’ladi;

b) defitsit paydo bo’ladi;

c) istemolchilar bozori paydo bo’ladi;

d) resurslar narxi kamayadi;

e) sotuvchilar kamayadi.

34. Olmaga bo’lgan talab chizig’inning chap tomonga siljishiga

quyidagilar sabab bo’ladi:

a) nok narxini kamayishi;

b) olma narxini kamayishi;

d) olma narxini ko‘tarilishi;

e) olmani yetishtirish harajatlarini ortishi;

f) to’g’ri javob keltirilmagan.


35. Chayqovchilar faoliyati:

a) qonuniy tadbirkorlik xatarini kuchaytiradi;

b) narxlar barkarorligini kuchaytiradi;

c) doimo foyda keltiradi;

d) hammasi to’g’ri.

36. Talab va taklif qonuniga muvofiq, talabning ko‘payishi:

a) muvozanat narxni ham, muvozanat miqdorni ham kamaytiradi;

b) muvozanat narxni oshiradi, muvozanat miqdorni esa kamaytiradi;

c) muvozanat narxni kamaytiradi;

d) hammasi to’g’ri;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.

37. Tovarning muvozanat narx bu…..

a) ortiqcha talabni paydo qiladigan narxdan yuqori narx;

b) ortiqcha talab ham, ortiqcha taklif ham bulmaydigan narx;

c) ortiqcha taklifni paydo qiladigan narxdan yuqori narx;

d) hammasi to’g’ri;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.

38. Qaysi omillarning o’zgarishi talab egri chizigining siljishiga


olib kelmaydi?

a) moda va didlarning o’zgarishi;

b) milliy daromadning hajmi va uning taqsimlanishi;

c) mahsulotning narxi;

d) iste’molchilarning soni yoki yosh darajasi;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.


39. Texnologiyaning takomillashuvi npmaning siljishiga olib
keladi:
a) egri talab chizigini yukori va o‘ngga;

b) egri talab chizigini chapga va pastga;

c) egri taklif chizigini yuqori va o‘ngga;

d) egri taklif chizigini chapga va pastga;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.
40. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:
a) talab taklifga teng bo’lsa;

b) narx harajatlar qo‘shilgan foydaga teng bo’lsa;

c) texnologiya darajasi bosqichma - bosqich o‘zgarib tursa;

d) taklif hajmi talab hajmiga teng bo‘lsa;

e) to‘gri javob keltirilmagan.
41. Talab qonuni deyiladi, agar:

a) taklif hajmining talab hajmidan oshib ketishi narxni tushushiga


olib keladi;

b) iste’molchilarning daromadi ko‘paysa, u holda ular tovarlarni ko‘proq


sotib oladilar;

c) talab egri chizigi musbat qiyalikka ega;

d) mahsulotning narxi pasaysa, uni olish hajmi ko‘payadi;
42. Quyidagilardan qaysi birining o'zgarishi avtomobillarni sotib olish rejalarini o'zgartirsa ham, avtomobillar uchun talab chizig’ining ko’chishiga olib kelmaydi?

a) avtomobil sug’urtasi narxining 10% ga kamayishi

b) avtomobil narxining 20% ga oshishi

c) aholi daromadlarining 5% ga oshishi

d) avtomobildan foydalanishga qaraganda piyoda yurishning avfzal ko’rilishi
43. X mahsulotga bo’lgan talab chizig’i siljishini nima bilan
izohlash mumkin:

a) X mahsulotning taklifi turli sabablarga ko‘ra pasaydi;


b) X mahsulotning narxi o‘sganligi uchun iste’molchilar ushbu tovarni
kamroq sotib olishga qaror qabul qilishdilar;

c) iste’molchilar didlarining o‘zgarganligi munosabati bilan X tovarni


har qanday narxda ham oldingisiga nisbatan ko‘proq sotib olishni
xohlaydilar;
d) X tovarning narxi pasayganligi uchun iste’molchilar uni ko‘proq sotib
olishga harakat qildilar;

e) to‘gri javob keltirilmagan.


44. X mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan materiallar
narxi oshganligi uchun:

a) egri talab chizig‘i yukoriga (o‘ngga siljiydi);

b) egri taklif chizig‘i (chapga siljiydi):

c) egri talab va taklif chiziqlari yukoriga siljiydi;

d) egri taklif chizigi pastga (o‘ngga siljiydi);

e) to’g’ri javob keltirilmagan.


45. Qaysi ibora insonlarning biror bir tovarni sotib olish uchun
imkoniyat va xohish borligini anglatadi.

a) ehtiyoj;

b) talab;

c) zaruriyat;

d) xoxish;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.


46. Tovar mahsulotiga bo’lgan talab va taklif ko‘paysa, u holda:
a) narx ko‘tariladi;

b) tovarning umumiy hajmi oshadi;

c) narx mo‘tadil koladi;

d) jamiyatning farovonligi oshadi;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.
47. Agar tovar bahosi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish
nuqtasidan past bo’lsa, u holda:

a) tovar ortiqchaligi paydo bo’ladi;

b) takchillik yuzaga keladi;

c) ishsizlik ko‘payadi;

d) muvozanat holat ta’minlanadi;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.


48. Talab hajmiga quyidagi omillardan qaysi biri ta’sir
ko‘rsatmaydi?
a) iste’molchilar daromadi;

b) tuldiruvchi tovarlar narxining o’zgarishi;

c) resurslarning narxi;

d) iste’molchilar soni;

e) to’g’ri javob keltirilmagan.
49. Taklif qonuniga kura, boshqa omillar o’zgarmas bo’lgan
sharoitda tovar narxining ko‘tarilishi:

a) taklifning oshishiga;

b) taklifning pasayishiga;

c) taklif hajmining oshishiga;

d) taklif hajmining pasayishiga olib keladi;

e) to’g’ri javob yo‘q.


50. Tovar mahsuloti bahosining pasayish sabablariga quyidagi
omillardan qaysi biri ta’sir ko‘rsatgan?

a) xususiy tadbirkorlik uchun soliqlarning ko‘tarilganligi;

b) iste’molchilar daromadining ko‘tarilganligi;

c) ishlab chiqarish resurslari narxining pasayganligi;

d) to’ldiruvchi tovarlar narxining arzonlashuvi;

e) to’g’ri javob yo‘q.


51. Guruch yetishtirish bilan shug’ullanadigan dehqonlari uchun hukumat subsidiyasi guruch bozoriga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin?

  1. Bu guruch yetishtiruvchi dehqonlarning ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish orqali taklifni ko’paytiradi.

  2. Bu guruchga bo’lgan talabni oshirish orqali taklifni ko’paytiradi.

  3. Bu guruch dehqonlari ishlab chiqarish harajatlarini ko’paytirish orqali taklifni kamaytiradi.

  4. Bu fermerlarni boshqa don yetishtirishga undash orqali taklifni kamaytiradi.

52. Minimal va maksimal narxlar o’rtasida qanday o’xshashlik bor?

  1. Ikkalasi ham hukumat tomonidan narxni belgilashni o’z ichiga oladi.

  2. Ikkalasi ham talabga ta’sir qiladigan o’zgarishlarini anglatadi.

  3. Ikkalasi ham bozorda muvozanatni o’zgarishini keltirib chiqaradi.

  4. hamma javoblar to’g’ri

53. Agar ma’lum bir mahsulotga talab funktsiyasi chiziqli bo’lsa, unda talab ma’lum marta kamayganda (masalan, 2 marta, 3 marta) uning grafigi…

a) o’ziga parallel ravishda o’ng tomonga siljiydi;

b) o’ziga parallel ravishda chapga siljiydi;

c) grafikning vertikal o’q bilan kesishish nuqtasi atrofida soat yo’nalishi bo’yicha aylanadi;

d) garfikning gorizontal o’q bilan kesishish nuqtasi atrofida soat yo’nalishi bo’yicha aylanadi.
54. Agar taklif funktsiyasi Q = -20 + 2P shakliga ega bo’lsa, unda taklif ma’lum marta ko’paysa (masalan,2 marta, 3 marta) uning grafigi…..

a) o'ziga parallel ravishda o'ngga siljiydi;

B) grafakning vertikal o'q bilan kesishish nuqtasi atrofida soat yo'nalishi bo'yicha aylanadi;

c) grafika gorizontal o'q bilan kesishish nuqtasi atrofida soat yo'nalishi bo'yicha aylanadi;

d) nuqta atrofida soat sohasi farqli ravishda aylanadi grafani vertikal o'q bilan kesishishi
55. Agar X tovar o'rnini bosuvchi mahsulot narxi ko'tarilsa, u holda

a. X tovar ga talab ortadi.

b. X tovar ning bozor narxi pasayadi.

c. X tovar ga talab kamayadi.

d. X tovar ga talab o'zgarmaydi.
56. Sizga yong’oqli qaymoqli pirogi yoqadi deylik. Boshqa barcha narsalarni o’zgarmas deb faraz qilgan holda, siz yong’oq narxi oshganligini bilib qoldingiz. Bu sizning yong’oqli tortga bo’lgan talabingizga qanday ta’sir qilishi mumkin?

a. kamayadi.

b. ko'payadi.

c. ta'sir qilmaydi.

d. Savolga javob berish uchun ma'lumot etarli emas.
57. Batareyalar uchun yuqori narxning qo’yilishi....

a. chiroqlarga bo’lgan talabni oshishiga olib keladi

b. elektr energiyasiga bo’lgan talabni kamaytiradi

c. elektr energiyasiga bo’lgan talabni oshiradi.

d. batareyalarga bo'lgan talabni oshiradi.
58. Agar haridorlar yaqin kelajakda yuqori narxlarni kutishsa, guruch bozorida qanday holat sodir bo’ladi?

a. Guruchga talab oshadi.

b. Guruchga bo’lgan talab kamayadi.

v. Guruchga bo'lgan talab ta’sir qilmaydi.

d. Guruch taklifi ortadi.
Narx



P1 A
P2 B

Miqdor

Q1 Q2
59. Yuqoridagi grafikga qarang. Grafikdagi A nuqtadan B nuqtagacha bo’lgan harakat ko’rsatiladi.

a. talabning pasayishi.

b. talabning oshishi.

v. talab qilinadigan miqdorning ko’payishi.

d. talab qilinadigan miqdorning pasayishi


60. Tovar yoki xizmat narxi o’zgarganda.....

a. barqaror talab egri chizig’i bo’ylab harakatlanish mavjud.

b. talab teskari tomonga siljiydi.

v. talab bir xil yo’nalishda siljiydi.

d. ta’minot teskari yo’nalishda siljiydi.
61. Agar tovarning narxi oshishi bilan yetkazib beriladigan miqdorning oshishi

a. harajatlarni oshirish qonuni.

b. rentabellikning kamayishi qonuni.

c. taklif qonuni.

d. talab qonuni.
Narx S1

S2

Miqdor


62. Yuqoridagi chizmadagi S1 nuqtadan S2 nuqtaga ko’chishi quyidagilardan qaysi biri sabab bo’lishi mumkin?

a. tovar narxining pasayishi.

b. daromadning o'sishi.

c. texnologiyani takomillashtirish.

d. narxlarining o'sishi.
63. Agar bozorda tovar yetishmayotgan bo’lsa....

a. narx muvozanat narxidan pastroq.

b. bozor muvozanatda bo’lishi mumkin.

c. sotuvchilar haridorlar sotib olishni xohlaganidan ko’proq narsani ishlab chiqaradilar.

d. Yuqoridagi javoblarning barchasi to’g’ri



Download 229,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish