MA’RUZA-8
KON MASHINALARI VA KOMPLEKSLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR
Reja:
1.Ruda va jinslarni maydalash uchun jihozlar
2.YUklash-etkazish jihozlari
3.Qazish va kovlab borish ishlari uchun yordamchi jihozlar
4.Tashish mashinalari va komplekslari
5. Ko‘chmas mashinalar va komplekslar
Kon ishlarini amalga oshirishda barcha asosiy va ko‘pgina yordamchi
ishlab chiqarish jarayonlari turli kon ishlari va
komplekslardan foydalanish
bilan bajariladi.
Rudalarni er ostida qazib olishda qo‘llaniladigan kon mashinalarini va
jihozlarning har xil turlarini o‘zlarining ishlab chiqarish vazifalariga ko‘ra
asosiy ishlab chiqarish jarayonlari tasnifiga mos keluvchi uchta sinfga bo‘lish
mumkin
( 8.4-bo‘limga qarang):
•
rudalar va bo‘sh jinslarni qazib olish uchun kon mashinalari va
komplekslari; lahimlarni o‘tkazishda va qazib olishda
foydalaniladi va ruda
va
jinslarni
maydalash,
nogabaritni
ikkilamchi
maydalash,
tashish
vositalariga kon massasini yuklash va etkazish jihozlarini, shuningdek,
yordamchi ishlar mashinalari va jihozlarini o‘z ichiga oladi;
•
ruda va jinslarni er ostida tashish uchun kon mashinalari va jihozlar;
•
ruda va jinslarni yuzaga ko‘tarish,
suv chiqarib tashlash va
ventilyasiya uchun ko‘chmas mashinalar va komplekslar.
Kon mashinalarini harakatga keltirish uchun energiyaning har xil turlaridan
foydalaniladi. Eng ko‘p tarqalganlari pnevmatik va elektr yuritmalar. Pnevmatik
yuritma (siqiq havoli) elektrlidan ko‘ra xavfsiz, biroq, siqiq havoni quvurlar
bo‘ylab etkazish katta talafotlar bilan birga kechadi va uni amalga oshirish ham
elektroenergiyani etkazilishini ta’minlashdan qiyindir. Bir xil o‘lchamlarda
pnevmatik dvigatellar elektrliga qaraganda kam quvvatga ega.
Dizel yuritmali mashinalar keng qo‘llaniladi.
Bunda avtonomlik
(mustaqillik), mashinalarning ancha tez harakatlanishi ta’minlanadi. Biroq,
dizelli yuritmadan foydalanish chiqindi gazlarni zararli aralashmalardan
tozalashni va ish joylarini kuchli shamollatishni talab etadi, bu er osti lahimlari
ko‘ndalang kesimlari maydonining ortishiga olib keladi.
Asosan, shpurlarni, quduqlarni burg‘ilash
va kon mashinalari ishchi
organlarini boshqarish uchun gidroyuritma (kuchli bosim ostida suyuqlik
energiyasidan foydalanish) keng qo‘llanilishga egadir. Gidroyuritmadan
foydalanib burg‘ilashda mashinalar
unumdorligini keskin oshiradi, ishlab
chiqarish jarayonlarini to‘liq mexanizatsiyalash va qisman avtomatlashtirish
uchun
asos yaratadi, lekin xizmat ko‘rsatishda ishchilardan yuqori darajada
kasbiy tayyorgarlikni talab etadi.