(8.3-rasm).
8.3-rasm. Pnevmoshinali yurishdagi burg‘ilash qurilmasi sxemasi: 1
-
rama; 2
-
dvigatel; 3 –
haydovchi kabinasi; 4 - burg‘ilash shtangi; 5 - manipulyatorlar; 6 - manipulyatorning tayanch
paneli; 7 - pozitsioner; 8 - perforatorni ko‘chirish uchun yo‘naltiruvchi platforma; 9 -
perforatorlar; 10 - domkratlar ( burg‘ilash qurilmasi uchun tayanchlar).
Burg‘ilash qurilmalari avtopodatchikli burg‘ilash mexanizmi o‘rnatilgan
manipulyatorlar bilan jihozlangan. Manipulyator burg‘ilash mexanizmini
qazish joyining har qanday nuqtasida har qanday burchak ostida uzatish uchun
strelaga o‘xshash qurilmadan iborat
(8.4-rasm).
Burg‘ilash mexanizmlari
sifatida pnevmatik yoki gidravlik perforatorlardan foydalaniladi
(8.5-rasm).
Ularni qazish joyiga berish manipulyatorda o‘rnatilgan avtopodatchikni
qo‘llash bilan amalga oshiriladi
(8.6-rasm)
(odatda, zanjirli). Burg‘ilash
jarayonini jadallashtirish va qo‘l mehnati ulushini kamaytirish uchun
manipulyatorlarda burg‘ilash shtanglarini uzaytirish tizimi o‘rnatiladi
(8.7-
rasm).
Tom balandligi bo‘yicha boshqariladigan qurilmalar ishlab chiqarilmoqda,
bu qurilmani past qazish joylarida yoki lahimlarida qo‘llash, burg‘ilovchiga esa
ish vaqtida yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Burg‘ilash qurilmalari bilan 5 m gacha chuqurlikdagi shpurlar yoki 85 mm
diametrli 10 m chuqurlikdagi quduqlar burg‘ilanadi. Ulardan foydalanish
burg‘ilash
jarayonini
to‘liq
mexanizatsiyalashtiradi.
Bundan
tashqari,
burg‘ilovchining mehnat sharoiti engillashadi, perforator titrashi ta’siri bo‘lmaydi
va qazish joyida shovqin, chang, tuman ta’siri kamayadi, chunki burg‘ilovchi
burg‘ilash jarayonini masofadan turib boshqaradi. Burg‘ilovchining mehnat
unumdorligi keskin oshadi. Burg‘ilash qurilmalarini 6-8 m
2
kam bo‘lmagan
ko‘ndalang kesim maydonli qazish joylarida qo‘llash mumkin. Burg‘ilash
qurilmalari - murakkab mashinalar, agar ular to‘liq smenaga ish maydoni bilan
ta’minlansa, ularni qo‘llash samarali, shuningdek, agar ularning yuqori darajali
xizmat ko‘rsatishi ta’minlansa.
8.4-rasm. «Atlas Kopka», SHvetsiya. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan
manipulyator ko‘rinishi
Burg‘ilash qurilmalari ikkita yoki uchta va undan ortiq manipulyatorlardan
qilinadi
(8.8-rasm).
Manipulyatorlarda perforatorlar kabi savatlar ham
o‘rnatilishi mumkin, ular quyidagilarni amalga oshiradi: burg‘ilash shtangini
almashtirish, portlash tarmog‘ini montaj qilish, portlashdan so‘ng shipni ko‘rib
chiqish va b.
Quduqlarni burg‘ilash uchun qo‘llaniladigan aylanma-zarbli harakatli
burg‘ilash qurilmalari (dastgohlar) quvvatli kolonkali perforatorlardan deyarli
farq qilmaydi. Dastgohlar shunday tuzilganki, bunda quduqlarni burg‘ilashni
har qanday yo‘nalishda amalga oshirish mumkin. Ko‘pincha bunday dastgohlar
elpig‘ichli quduqlarni burg‘ilash uchun qo‘llaniladi. Quduq diametri - 165 mm
gacha va burg‘ilash chuqurligi 100 m. gacha. Turli ko‘rinishli qilinadi, gusenitsali
shassiga (SBU-70 dastgohlari, Rossiya) yoki g‘ildirakli shassiga (PBU-80M,
Rossiya, «Simba», SHvetsiya) ega.
8.5-rasm. «Atlas Kopko», SHvetsiya firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab
chiqariladigan «KOP» ko‘rinishli gidravlik perforator: a – umumiy ko‘rinishi; b
–
asosiy
uzellari.
Er osti konlarida cho‘ktirma pnevmozarbli zarbli-aylanma harakatli
NKR-100M
burg‘ilash
dastgohlari
keng
tarqalgan.
CHo‘ktirma
pnevmozarblilar
Rossiyada
40-yillarda
ishlab
chiqarilgan.
Bunday
dastgohlarning o‘ziga xosligi shundaki, zarbli mexanizm (pnevmoudarnik)
bevosita burg‘ilash koronkasi orqasida bir yo‘la joylashgan va burg‘ilashda u
bilan birga quduqlarga cho‘ktiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |