sabot-m atonat b a ’zi kishilar faoliyatining hamrna sohalanda namoyon bo'ladi
boshqa
kishilarda esa bu xislat ulam ing manfaatlari bilan bog'langan, va ayrim faoliyat
sohalarida ko'rinadi Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini ham isha oxiriga
yetkaza biladilar. Ular o'zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham
talabchan bo'ladilar
lrodaning mustaqilligi. Kishilaring irodaviy harakatlariga ulam ing mustaqillik
darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlam ing mustaqilligi kishining
a w a lo tashabbuskorligida ko'riladi. Tashabbuskorlik biror bir ishni shaxsan boshlab
yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarak-atrofdagi
sharoit ham da ijtimoiy
hayot talablarim epchillik, mohirlik bilan hisobga olish va ko'pincha kelajakni,
yangilikm oldindan k o 'ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda namoyon bo'ladi.
Tashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat va
turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalam i ilgari suradi,
qo‘yilgan vazifalami am alga oshirish uchun y o ‘l va
vositalari tanlaydi va bu
vazifalami hal etishda faol ishtirok etadi. M ustaqillik qilinilmagan va qilinilgan ish-
harakatlar
uchun javobgarlik
sezishda
ko‘rinadi.
Javobgarlikm
sezish ayni
harakatlam ing to'g 'rilig ig a, m aqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch
hosil qilish demakdir. lrodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat
va takliflarini tanqidiy k o 'z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko'rinadi. Tanqidiy
ko‘z bilan mulohaza yuritish xarakter xisiati bo‘lib,
boshqa kishilarning birga
maslahat va takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko'rinadi, xarakterning shu xisiati
bo'lgan kishi boshqa kishilarning fikr va m aslahatlanga e ’tibor bilan quloq soladi,
ularga muayyan tam oyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali narsani qabul
qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi.
Intizomhlik - xarakter xisiati bo'lib, jam iyat talablariga ongli ravishda o ‘z ixtiyon
bilan bo'ysina bilishda ko'rinadi.
Intizom hlik, jum ladan, belgilangan tartibga aniq
rioya qilishda, olingan va'dani vijdonan bajarishda, o 'z burchiga ongli ravishda
bo'ysinishda o ‘z ifodasim topadi. Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo'lib, ayni
vaqtda qabul qilingan qarorlarni so 'zsiz ljro etadi, jam iyat
manfaatlariga va axloq
tam oyillariga itoat qila biladi. Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini
ham ko'rsatadi Iroda kuchi katta to'sqinliklam i bartaraf qila olish qobiliyati bilangina
lfodalanmay, tashabbuskorlik ko'rsatish, mustaqillik,
dadillik ko'rsatish va qabul
qilingan qarorlar uchun, o ‘z xatti-harakatlari uchun m as’uhyat sezish bilan ham
ta ’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: