Avtomobil indd


Moyning turg‘unligi, korroziyaga qarshi



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

 Moyning turg‘unligi, korroziyaga qarshi
xossalari hamda moy tarkibidagi mexanik
aralashmalar va suvning miqdori
Moylarga, yonilg‘ilarga qo‘yilgani kabi, ularning metallarga 
korrozion ta’sirining minimal bo‘lishi, tarkibida mexanik 
aralashmalar va suvning bo‘lmasligi bo‘yicha talablar qo‘yiladi. 
Moylar detallarni korroziyalanishdan ishonchli saqlashi lozim. 
Korroziyalanish tez ligi moy tarkibidagi yoki ish jarayonida 
hosil bo‘ladigan mexa nik aralashmalar, suv, suvda eriydigan 
kislotalarga bog‘liq. Mineral kislotalar detallarning jadal 
korroziyalanishiga sabab bo‘ladi, shu ning uchun, standartlarga 
ko‘ra, moylar tarkibida ularning bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. 
Aktivligi ancha past bo‘lgan kislotali organik moddalar 
hamma moylarda bo‘ladi. Ularning miqdori kislota soni bilan 
belgilanadi. Kislota soni 1 g moydagi kislotalarni neytrallash 
uchun necha milligramm o‘yuvchi kaliy kerakligini bildiradi. 
Ish davomida moyda organik kislotalar miqdori ortadi, buning 
natijasida rangli metalldan yasalgan detallarning yemirilishi 
ortadi. Bundan tashqari, yonish kamerasidan dvigatel karteriga 
ish bajargan gazlar bilan birga oltingugurt oksidlar va kislotalar 
tushadi. Bu korroziyalovchi aktiv moddalar moyda asta-sekin 
to‘planadi. Yonilg‘ida oltingugurt qancha ko‘p bo‘lsa, moyning 
korroziyalanish xossasi shuncha ortadi. 
Tarkibida oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lgan yonilg‘idan keng 
foydalanish dvigatel detallarini korroziyalanishdan saqlash 
uchun maxsus choralar ko‘rishni talab qiladi. Yonilg‘iga kor-
ro ziyala nishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shish sirtlarni kor-
roziyalanishdan saqlashning eng samarali usulidir. Bunday 
qo‘shilmalar sifatida fosforli yoki oltingugurtli moddalardan 
foydalaniladi. Bu aktiv ele mentlar metall sirtida himoya 
pardalarini hosil qiladi. Bu pardalar kislotalar ta’sirida yemirilsa 
ham, muntazam kelib turuvchi yangi moy porsiyalari hisobiga 
qayta tiklanadi. Metall sirti korrozion yemirilishdan shu tarzda 
ishonchli himoyalanadi. 
Korrozion yemirilish tezligiga suv katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Standartlarga ko‘ra, yangi moylarda suv bo‘lishiga ruxsat 
etilmaydi. Lekin moyni noto‘g‘ri tashish, saqlash va mashinaga 
noto‘g‘ri quyish natijasida moyga suv tushishi mumkin. Bundan 
tashqari, ish vaqtida dvigatelga gazlar bilan birga kiruvchi suv 
bug‘lari moyga tushadi. Bu gazlar yonilg‘idagi vodorodning 
yonishi natijasida paydo bo‘lganligidan ularda ko‘p suv bo‘ladi. 
Shu sababli kimyoviy yeyilishning oldini olishning asosiy 
shartlaridan biri ishlatiladigan moylarda suv bo‘lmasligiga 
erishishdir. Bir qator moylarning tarkibida oz miqdorda 
(0,025 foizgacha) suv bo‘lishiga, shuningdek, foizning yuzdan 
bir ulushi miqdorida mexanik aralashmalar bo‘lishiga ruxsat 
etiladi. 
Mazutdan olingan barcha moylar 50°C haroratgacha yuqori 
fizikaviy va kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘ladi. Ular tashish 
va uzoq vaqt saqlash jarayonida o‘z xususiyatlarini sezilarli 
darajada o‘zgartirmaydi. Shuning uchun moy zaxiralarini 5 yil 
va undan ortiq muddat saqlashga ruxsat etiladi. 
Moy harorati 50°C dan ortganida (bu holat amaliyotda 
ko‘p uchraydi) esa, moyning fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi 
keskin pasayadi, korrozion ta’siri esa keskin ortadi. Yuqori 
haroratlarda avtomobillarning ishonchli ishlashini ta’minlash 
uchun moylarga turli xil qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
Standartlarda moyning metallarga ta’sirini bevosita 
baholovchi ko‘rsatkich – korroziyalash ta’siri ham me’yorlanadi. 
Uni baho lashning bir necha usuli mavjud bo‘lsa ham, aniqlash 
mezoni bir xil: belgilangan haroratgacha qizdirilgan ma’lum 
miqdordagi moy bilan metall plastinkalar (ko‘pincha qo‘rg‘oshin 
plastinkalar) yuviladi. Sinash davomiyligi tanlangan usulga 
bog‘liq. Sinov tugagach, plastinkalar tarozida tortib ko‘riladi. 
Yuza birligiga to‘g‘ri keladigan grammda o‘lchanadigan 
yo‘qotgan massasiga qarab (g/ m
2
) korroziyalash ta’siri hisoblab 


130
131
topiladi. Korroziyalash ta’si rining qiymati va uni aniqlash usuli 
moy pasportida keltiriladi. Bu qiymat qancha kichik bo‘lsa, 
moyning korroziyaga qarshi xossalari shuncha yaxshi bo‘ladi. 
5. 1. 6.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish