4-variant Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobini tushuntirib bering?



Download 255,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana02.07.2022
Hajmi255,95 Kb.
#730616
  1   2   3   4   5   6   7


 
4-variant 
4-variant 
1.
 
Materiallarni o’rtacha tortilgan (Aveco) va fifo usulidagi hisobini 
tushuntirib bering? 
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (shuningdek ishlab 
chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi 
usullardan biri orqali amalga oshiriladi: 

tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi boʻyicha; 

oʻrtacha tortilgan qiymat boʻyicha (АВЕCО); 

TMZ xarid qilingan vaqt boʻyicha dastlabki zaxiralar tannarxi boʻyicha 
(FIFO). 
AVECO (Average Cost- o’rtacha narx)
usuli bo‘yicha tovar-moddiy 
zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida 
o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab 
chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli 
bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarhini ularning 
umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Bunda umumiy tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy 
zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan Tovar-moddiy 
zaxiralarni baholash usullari Tegishli birligining identifikatsiyalangan tannarxi 
bo‘yicha zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor 
korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning 
har bir yangi partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi. 
Misol: 
Korxona oy davomida quyidagi tovarlarni sotib oldi: 
10.01.2022 kuni 800 birlik tovarni 1 400 so’mdan umumiy 1 120 000 so’mga 
sotib oldi. 
20.04.2022
kuni 2 200 birlik tovarni 1 500 so’mdan umumiy 3 300 000 
so’mga sotib oldi. 
01.05.2022 kuni 4 000 birlik tovarni 1 450 so’mdan umumiy 5 800 000 so’mga 
sotib oldi. 
11.07.2022 kuni 3 000 birlik tovarni 1 480 so’mdan umumiy 5 440 000 so’mga 
sotib oldi. 
Yil davomida umumiy 10 000 birlik tovar umumiy 14 660 000 so’mga sotib 
olindi. 


Yil oxirida omborda 1 000 birlik tovar qoldi. Chiqib ketgan tovarlarning 
umumiy tannarxini hisoblaymiz. 
Sotilgan tovarlar soni aniqlanadi: 
10 000 - 1 000 = 9 000 birlik 
Bir birligining o'rtacha bahosi: 
14 660 000 / 10 000 = 1 466 so'm 
Sotilgan mahsulot tannarxi: 
9 000 * 1 466 = 13 194 000 so'm 
Hisobot davri oxiridagi qolgan tovarlar: 
14 660 000 - 13 194 000 = 1 466 000 so‘m 
FIFO
(First In First Out) usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha 
chiqim qilish.
FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar 
tannarhida birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar 
qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarning davr oxiridgi qiymati so‘nggi 
sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning umumiy qiymatidan iborat. 
Misol 
Tasavvur qiling-a, agar kompaniya har biri 10 000 so’mga 100 ta mahsulot 
sotib olgan bo'lsa, keyin har biri 15 000 so’mga yana 100 ta mahsulot sotib 
olgan bo'lsa. Keyin kompaniya 60 ta mahsulotni sotdi. FIFO usulida 60 ta 
mahsulotning har biri uchun sotilgan mahsulot tannarxi 10 000 so’m/birlikni 
tashkil etadi, chunki birinchi sotib olingan tovarlar birinchi sotilgan tovarlardir. 
Omborda qolgan 140 ta tovardandan 40 tasining qiymati 10 000 so’m/birlik, 
100 tasi esa 15 000 so’m/birlik. Buning sababi, ombordagi qolgan TMZ 
summasi FIFO usuli bo'yicha eng so'nggi xarajat bilan belgilanadi. 
Qolgan 140 dona tovar bilan kompaniya qo'shimcha 50 ta mahsulotni sotadi
deylik. Ushbu mahsulotlarning 40 tasi uchun sotilgan tovarlarning narxi 10 000 
so’mni tashkil etadi va 100 dona birinchi buyurtma to'liq sotildi. Sotilgan 
qolgan 10 ta birlik har birining narxi 15 000 so’mni tashkil etadi, qolgan 90 ta 
inventarning har biri 15 000 so’mga baholanadi (eng oxirgi toʻlangan narx). 
FIFO usuli eskirishning oldini olish uchun kompaniya birinchi navbatda eng 
qadimgi tovar-moddiy zaxiralarini sotishi va ombordagi eng yangi narsalarni 
saqlashi mantiqiga asoslanadi.

Download 255,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish