Suvda va yog’da eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
Tuzuvchi: Maxkamov Eldor
MUSTAQIL ISH
Reja: 1. Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. 2. Vitaminlarning tasnifi. 3. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari. 4. Yog’da eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
Bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog`lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalarning ko`rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o`sishi uchun bu moddalarning o`zi yetarli emas ekan. Yapon shifokori K.Takaki go`sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog`liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog`, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo`lgan almashtirib bo`lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo`lib kristall holda ajratib olingan “beri-beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o`z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Vitaminlar shartli ravishda viatminlar va vitaminsimon moddalarga bo`linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan viatminlarga o`xshaydi, lekin odatda ko`p miqdorda talab etiladi. Odam orgaizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari ko`p vitaminlarni o`zlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi. Viatminlar kofermentlarning hosil bo`lishida ishtirok etadi, ularsiz fermentlar o`z funktsiyalarini yoki biokimyoviy jarayonlarning boshqarilishini me’yorda bajara olmaydi.
Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari. B1 vitamini ( tiamin) Tiamin molekulasida pirimidin va tiazol halqalari metilen bog'i yordamida bog'langan. U xazm yo’llarida oddiy diffuziya yo`li bilan so`riladi. Qonga so`rilgan tiamin tiaminfosfokinaza fermenti yordamida jigarda tiaminmonofosfat, tiamindifosfat va tiamintrifosfatga fosforillanadi. Ulardan asosiy faol shakli – tiamindifosfat. Tiamin kofermentlari parchalanishi natijasida ajralgan tiamin siydik orqali cniqariladi. Biologik funktsiyasi: Vitamin B1 TDF holatida piruvat va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari, transketolaza tarkibiga kiradi. Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo'lib TPF hisoblanadi. Bu modda fermentlar tarkibiga koferment sifatida kiradi: piruvatdegidrogenaza va α -ketoglutaratdegidrogenaza ferment komplekslaridir. Bu komplekslar mitoxondriyalarda piruvat va α-ketoglutaratni oksidlanishini ta'minlab, uglevodlar va aminokislotalardan energiya hosil bo'lishida ishtirok etadi. Transketolaza glyukozani pentozofosfat yo'li oksidlanishida ko'p miqdorda NADF.H va ribozo-5-fosfatni hosil qiladi. NADFH va ribozo-5-fosfatlar esa yog' kislotalar, steroidlar, moddalarni zararsizlantirish, nuklein kislotalar, nukleotidlar va kofermentlar sintezida ishtirok etadilar. Bu jarayonlarni buzilishi modda almashinuvini izdan chiqaradi.