Og ir gaz kondensatlari
Shoxpaxti, Achak, Shatlik, Karim,
Islim, Qora-Chop, Ravot, Gugurtli va boshqa gaz konlaridan
olinadi. Ularda dizel yonilg‘isinikiga qaraganda yengil fraksiyalar
ko‘proq bo‘ladi. Bu jihat dizelning ishga tushish xususiyatlarini
yaxshilash va o‘z-o‘zidan alangalanishgacha bo‘lgan davrda
yonish kame rasida bug‘lanishni jadallashtirishga olib kelishi
kerak. Shu bilan birga, smolali qoldiqlar, so‘xta va ishlatilgan
gazlarda tutun hosil qiladigan og‘ir fraksiyalar miqdori mazkur
kondensatlarda standart yonilg‘iga qaraganda sezilarli darajada
kam bo‘ladi va u dizel xu susiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
4.3- jadval
Yengil gaz kondensatlarining xossalari
Topilgan
joyi
Oktan
soni
(M. Y.)
Friksion tarkib uchun haydash
harorati, °C
Qovu-
shoqligi,
10° m
3
/s
Zich-
ligi,
kg/dm
3
qaynash
boshlan.
10% 50% 90%
qaynash
oxiri
Janubiy
Muborak
64,2
40
74
109 163
206
0,76
0,72
Shimoliy
Muborak
65,1
36
75
118
196
230
0,765
0,731
Garli
66,5
56
101
128 175
232
0,889
0,757
Ko‘pgina gaz kondensatlarining setan soni 40–65 oralig‘ida,
ya’ni dizel yonilg‘isining setan soniga teng yoki biroz yuqori
bo‘ladi. Bu jihat odatdagidek rostlashlarda dvigatelning ancha
ravon ishlashini ta’minlaydi. Gaz kondensatlarining zichligi
va qovu shoqligi, odatda, dizel yonilg‘isining qovushoqligidan
kam bo‘ladi, bu esa dizel yonilg‘isiga mo‘ljallangan yonilg‘i
tizimidagi sikl davomida beriladigan yonilg‘i miqdorining
biroz kamayishiga va purkash bosimining pasayishiga olib
kelishi mumkin. Agar dizel ko‘rsatkichlari standart yonil-
g‘ilarda ishlagani dagi ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada
yomonlashadigan bo‘lsa, gaz kondensatlari ning qovushoqligini
maxsus quyuqlashtirgichlar, masalan, poliizobutilen yoki dizel
yonilg‘isi qo‘shib oshirish mumkin. Natijada standart yonilg‘iga
bo‘lgan talab 40–50 foiz kamayadi. Og‘ir gaz kondensatlarining
ba’zi bir xossalari 4. 4- jadvalda keltirilgan.
Qator gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlari tarkibida
eng zararli modda – oltingugurt bo‘ladi. Ba’zi hollarda
uning miqdori 3 foizgacha yetadi va bu gaz kondensatlarini
dvigatellarda yonilg‘i sifatida ishlatishni cheklab qo‘yadi.
Gaz kondensatlari tarkibidagi oltingugurtni kamaytirish
uchun maxsus texnologiya qo‘llash talab etiladi, bu esa gaz
kondensatlari ishlab chiqarishni qimmatlashtiradi. Biroq
respublikamizda ishlab chiqariladigan gaz kondensatlarining
tannarxi dvigatellarda qo‘llaniladigan standart yonilg‘ilar
tannarxidan bir necha marta arzonga tushadi.
4.4- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |