Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Spirtlar. 
Keyingi yillarda neft yonilg‘ilari o‘rnida me-
tanol (metil spirti) va etanol (etil spirti)ni ishlatish om-
maviylashmoqda. Chunki bir xil harorat va bosimda metanol 
bilan hosil qilingan ishchi ara lashma benzinli ishchi aralashma 
bilan teng yonish haroratiga ega, undan tashqari, metanol-
havo aralashmasi zichroq va foydali ish koeffitsiyenti ancha 
yuqori. Sof metanolning oktan soni 112 ga teng (tadqiqot 
usuli bilan), bu esa dvigatelning siqish darajasini 14 gacha 
ko‘tarib, dvigatelning samarali quvvatini 20 foizgacha oshirish 
mumrtinligini ko‘rsatadi. 
Metil va etil spirtlarining oktan sonlari yuqoriligiga 
qaramasdan setan sonlari past, shuning uchun ularning uchqun 
bilan yondiri ladigan dvigatellarda ishlatilishi foydalidir. Ammo 


106
107
ma’lum sharoitlarda ularni dizel yonilg‘isi qo‘shib aralashtirib, 
dizel dvigatellarida ham ishlatish mumkin. 
Spirtlarni yonilg‘i sifatida keng ko‘lamda ishlatishni 
cheklayotgan omillardan biri ularning korrozion aktivligi bo‘lib, 
yonilg‘i ta’minlash tizimi detallariga ta’sir ko‘rsatadi; spirtlar 
qo‘rg‘oshinga aktiv ta’sir etib, amorf birikmalar hosil qiladi, 
ular yonilg‘i filtrlari va karburator jiklorlarini berkitib qo‘yadi; 
ko‘pchilik qistirma materiallari spirt ta’sirida shishib ketadi; 
yonish issiqligi pastligi tufayli ular uchun yonilg‘i baklari hajmi 
ikki marta kattalashishi kerak. 
Karburatorli dvigatellarni ko‘plab ishlab chiqish va foydalanish 
davom etayotgan bir paytda neft yonilg‘isini tejashning 
dastlabki tadbiri sifatida benzin-spirt aralashmalarini qo‘llash 
maqsadga muvofiq. Oz miqdorda (metanoldan 5 foizgacha va 
etanoldan 10 foizgacha) spirt qo‘shilganida, dvigatelga hech 
qanday o‘zgartirishlar kiritishga zarurat bo‘lmaydi hamda 
bunda ish ko‘rsatkichlari sezilarli o‘zgarmaydi. Suvli spirtlardan 
foydalanilganida yonilg‘i aralashmalarini turg‘unlashtirish 
maqsadida ularga 2 foizgacha miqdorda izobutil spirti qo‘shiladi. 
Bularning hammasi benzinni 3–5 foiz tejashga imkon beradi. 
Benzinga ko‘p miqdorda spirtlar (metanolni 15 foizgacha, 
etanolni 20 foizgacha) qo‘shish aralashma hosil qilish va 
kiritish tizimlarini ma’lum darajada o‘zgartirishni talab qiladi, 
dvigatel ning ish ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Sof holdagi spirtlar dizellarda foydalanishga unchalik 
yaramaydi, chunki ularning setan soni kichik (metanolniki 
3–4 ga, etanolniki 6–8 ga teng) va bug‘lanuvchanligi yuqori 
bo‘ladi. Bu hol katta va o‘rtacha yuklanishlarda dvigatelning 
taqillab ishlashiga olib keladi. 
Dizel yonilg‘isi o‘rniga spirt ishlatilganida, detallarda lok, 
qurum va koks hosil bo‘lishi kamayadi, natijada moy toza 
ishlaydi hamda yeyilish kamayadi. Shu bilan birga, spirtlar 
oksidlanganida, oraliq kislotalar va tuzlar yuzaga kelib, ular 
detallarning yeyilishi hamda korroziyalanishini jadallashtiradi. 
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida AQSH, Braziliya, 
Germaniya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda faol ishlar olib 
borilmoqda. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish