Me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari.
Avtomobil yonilg‘isi
sifatida suyultirilgan gazning sifatini xarakterlovchi asosiy
ko‘rsatkichlarga komponent tarkibi, to‘yingan bug‘ bosimi,
suyuq bug‘ lanmaydigan qoldiqning bo‘lmasligi, zararli ara-
lashmalar miqdori kiradi.
Gazning komponent tarkibi.
Gaz ballonlari bilan ish-
laydigan avtomobillar uchun gaz to‘ldirish shoxobchalarida
barcha mavsumlarda tarqatiladigan suyultirilgan gazning
bu ko‘rsatkichi belgilangan chegarada o‘zgarishi lozim.
Suyultirilgan gaz tarkibida (massasi bo‘yicha) kamida 80
±
5
foiz propan, ko‘pi bilan 20
±
5 foiz butan va ko‘pi bilan 6
foiz boshqa gazlar (propilen, butilen, etilen) bo‘ladi. Propan
bilan butanning nisbati o‘zgarsa, gaz yonganida chiqadigan
issiqligi va yonuvchi aralashmaning tarkibi o‘zgaradi. Oqibatda
dvigatelning silindrlaridagi yonish jarayoni yomonlashadi va
ishlatilgan gazning zaharlilik darajasi ortadi.
To‘yingan gaz bosimi.
Bu ko‘rsatkich yilning sovuq kunlarida
dvigatelning silindrlariga gazning ishonchli uzatilishiga ta’sir
qiladi. Masalan, –30°C haroratda bu bosim 0,07 MPa dan past
bo‘lmasligi lozim. Bundan pasayib ketsa, gazning ballondan
uzluksiz uzatilib turilishi buziladi. Bug‘ bosimi 45°C da 1,6
MPa dan oshib ketmasligi kerak, chunki avtomobillarda
ishlatiladigan gaz ballonlari ko‘pi bilan shunday bosimga
mo‘ljallangan (4.1- rasm).
Suyuq qoldiq.
Gaz tarkibida 40°C haroratda suyuq qoldiq
bo‘lmasligi kerak.
Gaz tarkibida oltingugurt, ishqorlar va erkin suvning bo‘lishi.
Gazda oltingugurt miqdori ortib ketsa, yonilg‘i apparatiga o‘tib,
u quvur o‘tkazgichlarning kesimini toraytiradi va rezina-texnika
detallarini yemiradi. Oltingugurt dvigatelning silindrlarida
yonib, ishlatilgan gazlarning zaharlilik darajasini oshiradi.
Uning miqdori massa bo‘yicha 0,015 foizdan oshmasligi lozim.
Ishqorlar va erkin suv umuman bo‘lmasligi kerak.
Gazda ishlaydigan dvigatellar ta’minlash tizimlarining
konstruktiv xususiyatlari gaz jamg‘armasining mashinada
saqlanish usuliga hamda dvigatelning gaz yonilg‘isida ishlashga
moslanganlik darajasiga bog‘liq. 4.2-rasmda suyultirilgan pro-
pan-butan gazida ishlaydigan avtomobil dvigateli ta’minlash
tizimining sxe masi keltirilgan.
Suyultirilgan gaz avtomobil kuzovi ostiga joylashtirilgan 250
l
sig‘imdagi yupqa devorli po‘lat ballonda 16 1,6 MPa bosim
ostida saqlanadi. Ballondan chiqayotgan gaz magistral ventil
15
dan o‘tib, dvigatel sovitish tizimining (naylar
4, 5
)
suyuqligi
ta’sirida isiydigan bug‘latkich
6
ga keladi va bu yerda bug‘simon
holatga o‘tadi. Keyin filtr
12
orqali reduktor
11
ga kiradi, undan
esa bosimi biroz pasaygan holda gaz aralashtirgich
3
ga keladi.
Manometrlar
13
va
14
reduktor va ballondagi gaz bosimini
ko‘rsatadi. Dvigatelning ta’minlash tizimida gaz bo‘lmaganida
yoki gaz tizimi buzilganida, dvigatelning ishlashini ta’minlash
4.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |