Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Gaz kondensatlari. 
Gaz konlaridan olinadigan gaz yonilg‘ilari 
tarkibida uglevodorodlarning ancha og‘ir fraksiyalari ko‘pincha 
mavjud bo‘ladi, ular gaz bosimi ortganida va harorati 
pasayganida, oson suyuqlanadi. 
Gaz kondensatlari 
deb atalmish 
ushbu fraksiyalar neftdan olingan standart suyuq yonilg‘ilar 
o‘rnida, mazkur yonilg‘ilar kamyob bo‘lganida, yoki iqtisodiy 
mulohazalarga ko‘ra, ishlatilatilishi mumkin. Respublikamiz 
hududidagi gaz konlaridan olinadigan 1 m
3
gazning tarkibidan 
15–170 sm
3
suyuq gaz kondensatlari olinadi. 
Albatta, gaz kondensatlarini dvigatellar konstruksiyasini 
deyarli qayta o‘zgartirmagan holda qo‘llash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Gaz kondensatlarining muhim tomoni – 
ishlab chiqarishning arzonligi, saqlanganida xossalarining 
o‘zgarmasligi, xususiyatlari va tarkibining doimiyligidadir. 
Turli konlardan olinadigan gaz kondensatlarining tarkibida 
uchqun bilan yondiraladigan dvigatellar talablariga javob 
beradigan yengil gaz kondensatlari va dizellarda qo‘llash 
mumkin bo‘lgan og‘ir gaz kondensatlari mavjud bo‘ladi. 
Markaziy Osiyo hududiga mansub bo‘lgan bu ikki turkum gaz 
kondensatlarining ba’zi bir xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Ikkala turkum uchun umumiy jihatlar shuki, gaz kondensatlari 
tarkibida cheksiz birikmalar mavjud emas va ular aromatik, 
naften hamda parafinli uglevodorodlardan tarkib topgan. 
Yengil gaz kondensatlari 
Muborak, Gazli, Uchqir va 
bosh qa konlardan olinadi. Ular benzinlarga nisbatan past 
haroratda qaynay boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dvigatel 
ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari paydo bo‘lishiga moyillikni 
kuchaytiradi. Biroq maxsus tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 
zamonaviy dvigatellarning ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari 
hosil bo‘ladigan harorat avtomobillarning respublikamiz hududi 
sharoitlarida ishlaganida yuzaga keluvchi odatdagi qiymatidan 
biroz yuqori bo‘lar ekan. 
Gaz kondensatlari uncha yuqori bo‘lmagan antidetonatsion 
xu susiyatlarga ega bo‘lib, ularning oktan soni 54–58 oralig‘ida 


108
109
bo‘la di. Biroq tetraetilqo‘rg‘oshin qo‘shish hisobiga gaz 
konden satlari ning oktan sonini o‘rta sifatli benzinlarning oktan 
soniga teng lashtirish mumkin. Gaz kondensatlarini yuqori 
oktanli benzinlar bilan ara lashtirib, ularning detonatsiyaga 
chidamliligini zamonaviy dvigatellar talab qiladigan darajagacha 
oshirish mumkin. Bu holda gaz kondensatlaridan foydalanish 
sof benzinga bo‘lgan talabni 50–60 foizga kamaytiradi. 
Gaz kondensatlarining qovushoqligi benzinlarning qovushoq-
ligiga yaqin bo‘lganligi uchun dvigatelning ta’minlash tizimiga 
konstruktiv jihatdan o‘zgartirish kiritish talab qilinmaydi. 
Maxsus tajribalar yengil gaz kondensatlarining yetarli darajada 
barqaror ekanligini hamda ularni saqlash paytida isroflar 
(bug‘lanish tufayli) yuqori emasligini ko‘rsatadi. 
4.3- jadvalda yengil gaz kondensatlarining ba’zi xossalari 
kel tirilgan. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish