Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

ekstrakt
deb ataluvchi 
aralashma hosil bo‘ladi va tindirilganida arlashma ning quyi 
qismiga qoramtir qatlam bo‘lib cho‘kadi, bu qatlam ning 
yuqorisida ochiq rangdagi 
rafinat
deb atalauvchi qatlam 
joylashadi. Rafinatni kontaktli (oqartiruvchi tuproq bilan) 
tozalash usuli yordamida tozalanganda nisbatan sifatli moy 
olinadi. 
Asfaltsizlantirish
– gudrondan smolali asfalt birikmalarini va 
aromatik polisiklik uglevodorodlarni erituvchilar (suyultirilgan 
propan) yordamida ajratib olish va cho‘ktirishdir. Shundan 
so‘ng moy distillati selektiv tozalashdan o‘tkaziladi. Bunda 
kerakmas moddalar ekstrakt holatiga, qoldiq moy esa rafinat 
holatiga o‘tadi. Asfaltsizlantirish jarayoni 2,5–4 MPa bosim va 
60–85°C haroratda bajariladi. 
Parafinsizlantirish
– moy distillatlaridan past haroratlarda 
kristallanuvchi va moyning past haroratdagi xususiyatlarini 
yomonlashtiruvchi parafinli uglevodorodlarni ajratib olishdir. 
Erituvchi sifatida aseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik 
birikmalardan foydalaniladi. Moy erituvchi bilan birga kerakli 
haroratgacha sovi tiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, 
erituvchi esa moydan haydaladi. 
Moylarni tozalash usullarining xilma-xilligiga qaramay, 
olingan moy har doim ham qo‘yilgan talablarga to‘la javob 
beradi deb bo‘lmaydi. Moy sifatining talab darajasida bo‘lishini 
ta’minlash maqsadida ularning tarkibiga moyning bir yoki bir 
nechta xususiyatlarini yaxshilovchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. 
5.1.2.
 Moyning vazifasi va turlari
Surkov moylari
deganda, qaynash harorati 350°C dan 
yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan iborat neft fraksiyasi 
tushuniladi. Moylar benzin va dizel yonilg‘isiga nisbatan yuqori 
qovushoqlikka ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, sariqdan qoragacha 
rangda bo‘ladi. Yonilg‘ilar singari suvdan yengil (20°C 
haroratdagi zichligi 870–950 kg/m
3
) bo‘lib, suvda erimaydi. 
Ishlatiladigan moylash materiallarining sifati va mos kelishi 
avtomobilning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlovchi 
omillardan biridir. To‘g‘ri tanlangan yaxshi sifatli surkov moyi 
agregatlarning eng noqulay sharoitlarda ham uzoq muddat 
ishlashini ta’minlaydi. 
Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik 
moylar) turlarga bo‘linadi. 
Olinish usuliga ko‘ra moylar quyidagi turlarga bo‘linadi:
– mineral moylar – tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni 
ara lashtirish yoki qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. 
Mineral moylarning asosiy qismi (90 foizdan ortig‘i) neftni 
qayta ishlash yo‘li bilan olinadi;
– neft moylari – neft xomashyolaridan olingan tozalangan 
moy. Neft moylari olinish usuliga ko‘ra distillatli, qoldiq va 
aralash bo‘lishi mumkin;
– sintetik moylar – sintezlash natijasida olingan moylar;
– o‘simlik moylari – o‘simliklar urug‘ini qayta ishlash 
yo‘li bilan olinadigan moylar. Texnikada kanakunjit, xantal va 
boshqa o‘simlik moylari ishlatiladi;
– hayvonot moylari – hayvonot mah su lot laridan olinadigan 
moylar. O‘sim lik va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan 
organik moy lar ning 
moylash xususiyati yuqori bo‘lsa-da, ammo 
issiqlik ta’siriga chidamliligi past. Shuning uchun ular neft 
moylariga qo‘shib ishlatiladi. 
Organik moylar yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda 
ishlatiladi. 
Plastik moylar mineral yoki organik moylarni quyultirish 
yo‘li bilan olinadigan murakkab tarkibli mahsulotdir. Ulardan 


122
123
juda keng foydalaniladi. Organik va mineral moylarning 
asosiy kamchiligi ularni ishlatish mumkin bo‘lgan harorat 
chegaralari oralig‘ining kichikligidir. Harorat – 20°C dan past 
bo‘lganida ko‘p moylar qotib qoladi, 150–200°C haroratlarda 
ishlatilganida esa tez bug‘lana boshlaydi va oksidlanadi. Bu 
moylar yaramaydigan hollarda sintetik moylardan foydalanish 
tavsiya etiladi. 
Davlat standarti talablariga binoan, neft moylari ishlatilish 
sohasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– motor moylari (benzinli, dezelli va gaz turbinali dvi ga -
tellar uchun);
– transmission moylar (gidrouzatmalar, gidrodinamik va 
gidrohajmiy uzatmalar uchun);
– maxsus (turbina, kompressor va boshqa moylar);
– turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar. 
Avtomobil agregatlarini moylashda, asosan, motor va 
transmission moylardan foydalaniladi. 
Barcha turdagi moylar bir qator vazifalarni bajarishi lozim, 
ulardan eng asosiylari quyidagilardir: 
– detallarning yeyilishini kamaytirish;
– ishqalanishni yengishga sarflanadigan energiyani 
kamaytirish;
– detallar orasidagi tirqishlarni zichlash (masalan, dvigatel 
silindri gilzasi va porshen orasidagi tirqishni);
– qizigan detallarni moy tizimi bo‘yicha moyning aylanishi 
hisobiga qisman bo‘lsa-da sovitish;
– ishqalanuvchi yuzalarda hosil bo‘lgan yemirilish 
mahsulotla rini filtrlovchi qurilmagacha surib kelish;
– metall sirtlarni korroziyadan himoya qilish. 
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarning yoki ularning bir qismi-
ning yetarli darajada uzoq muddat davomida ta’minlanishiga 
eri shish uchun moylar bir qator ekspluatatsion talablarga javob 
berishi lozim. Bu talablar ichida eng asosiylari quyidagilardir: 
– moyning qotish harorati imkoniyat qadar past bo‘lishi 
va ishqalanuvchi detallarning ishonchli ishlashini ta’minlovchi 
qovu shoqlikka ega bo‘lishi;
– ishqalanuvchi detallarning yeyilishini sekinlatish uchun 
yaxshi moylash xossasiga ega bo‘lishi;
– fizikaviy va kimyoviy turg‘unligi yetarli darajada bo‘lishi;
– metallarni korrozion yemirilishdan saqlashi hamda 
tarkibida me xanik aralashmalar va suv bo‘lmasligi lozim. 
Bundan tashqari, moyning qimmatbaholigi va o‘t olish 
xavfini ham hisobga olish lozim. 
Moy sifatiga qo‘yiladigan ekspluatatsion talablar bir yoki bir 
necha ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi va bu ko‘rsatkichlarning 
qiy mati turli maqsadlarda ishlatiladigan moylar uchun Davlat 
standarti asosida me’yorlashtirilgan. Quyida moylarning asosiy 
sifat ko‘rsatkichlarining mohiyatini va bu ko‘rsatkichlarning 
avtomobil dvigatellari va boshqa agregatlarning ishonchli va 
uzoq muddat ishlashiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. 
5.1.3.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish