БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
30
14-
rasm. Qovoq va qarag‘ay poyalaridagi o‘tkazuvchi to‘qimalari
1.
Elaksimon plastinka poralari orqali hujayra shirasi o‘tadi. Elaksimon naylar
ѐnida maxsus tirik yadroli hujayralar joylashgan bo‘lib, ular yo‘ldosh hujayralar
deyiladi. Elaksimon nay va uning yo‘ldosh hujayralari uzunasiga ѐnma-ѐn
joylashgan, ularning har ikkalasi ham kambiy ѐki prokambiyning bitta hujayrasidan
hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu hujayralar qarindosh hujayralardir. Biroq, ochiq
urug‘li o‘simliklar floemasidagi elaksimon naylar ѐnida yo‘ldosh hujayralar
bo‘lmaydi. Yo‘ldosh hujayralar orqali organik moddalarning o‘tib turishini
tasdiqlaydigan ma’lumotlar yetarli emas. Shunday bo‘lsa ham elaksimon naylar
bilan yo‘ldosh hujayralar funksional yagona bir fizologik sistemani tashkil etadi.
Modomiki shunday ekan, elaksimon naylarning halokati yo‘ldosh hujayralarning
ham o‘lishiga olib keladi.
2.
Elaksimon naylar o‘z funksiyasini bir yilda bajaradi, ikkinchi yili esa yangisi
hosil bo‘ladi. Biroq tokda (Vitis), jo‘ka (Tilia) va boshqa o‘simliklarda elaksimon
naylar 2-3 yilgacha o‘z haѐtini davom ettirishi mumkin.
3.
O‘tkazuvchi bog‘lamlar. O‘simlik tanasidagi traxeya va traxeidlar hamda
elaksimon naylar tasodifan chalkash joylashmaydi, balki ular maxsus kompleks
birlashmani ѐki sistemani hosil qiladi. Bunday kompleks birlashmalar o‘tkazuvchi
БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
31
bog‘lamlar deyiladi. Har bir o‘tkazuvchi bog‘lam keng ovalsimon ѐki tuxumsimon
bo‘lib, turli xil to‘qimalardan tuzilgan. O‘tkazuvchi bog‘lamlar ksilema (ѐg‘ochlik)
va floema (lub) deb ataluvchi ikki qismdan iborat. Ksilema qismida (idishlar)
traxeya va traxeidlar ularga ѐndashgan holda ksilema parenximasi, ular atrofida esa
sklerenxima ѐg‘ochli tolalar hujayralari joylashadi. Floemada elaksimon naylar va
uning yo‘ldosh hujayralari, lub parenximasi hamda ular atrofida joylashgan lub
tolalari-sklerenxima va ba’zan kollenxima hujayralari bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima
hujayralarini o‘rab turgan mexanik to‘qimalar elaksimon naylarni mustahkam
saqlaydi. Daraxtsimon o‘simliklar ksilemasidagi to‘qimalar ѐg‘ochlangan bo‘ladi,
floemasida esa faqatgina sklerenxima hujayralari ѐg‘ochlanadi.
4.
O‘tkazuvchi bog‘lamlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
5.
Oddiy bog‘lamlar. Ular oddiy va bir xil to‘qimalardan tuzilgan. Bunday
bog‘lamlar barg plastinkasining chetki zonalarida joylashib, traxeya ѐki piѐz
(Allium cepo) va shu kabi o‘simliklar gul bandlarida uchraydigan faqat elaksimon
naylardan tashkil topgan.
6.
Umumiy bog‘lamlar - bularda traxeya, traxeid va elaksimon naylar ѐnma-ѐn
joylashadi.
7.
Murakkab bog‘lamlar - ularda o‘tkazuvchi to‘qimalar bilan birga yana
parenxima hujayralari bo‘ladi.
8.
Elak-quvur bog‘lamlari ancha takomillashgan va ko‘p uchraydigan bu
boylamlar juda mustahkam tuzilgan. O‘t o‘simliklar poyasidagi hamda barglardagi
tomirlar ana shunday o‘tkazuvchi bog‘lamlardir. O‘tkazuvchi bog‘lamlar floemasi
va ksilemasi o‘rtasida kambiy qavatining bo‘lish hamda bo‘lmasligiga qarab ular
ochiq ѐki ѐpiq bo‘ladi.
9.
Ochiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar floemasi va ksilemasi o‘rtasida meristematik
to‘qima - kambiy joylashadi. Kambiy o‘zidan uzluksiz ravishda ksilema tomon
ikkilamchi ksilemani va floema tomon esa ikkilamchi floemani hosil qiladi. Shu
sababli bog‘lamlar eniga o‘sib kengayib turadi. Shuni ta’kidlash zarurki, kambiy
floemaga nisbatan ksilema tomon intensiv rivojlanib bir necha barobar ziѐd
to‘qimalar hosil qilishi tufayli organlarning ѐg‘ochlik qismi floemaga qaraganda
kuchli rivojlanadi. Bundan tashqari floemaning to‘qimalari sekin-asta to‘kilib
turadi. Ochiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar ochiq urug‘li, shuningdek, ѐpiq urug‘li
o‘simliklarning ikki pallalilar sinfining vakillarida ham uchraydi. Shu sababli bu
o‘simliklar orasida poyalari ѐg‘ochlangan daraxtsimon vakillar ko‘p uchraydi.
Yopiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar floemasi bilan ksilemasi orasida kambiy qavati
bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday bog‘lamlar eniga kengaymaydi va organlar
eniga o‘smaydi. Yopiq o‘tkazuvchi bog‘lamlar bir pallali o‘simliklarda bo‘ladi.
10.
Ksilema va floemaning o‘zaro joylashishiga ko‘ra o‘tkazuvchi bog‘lamlar
quyidagi to‘rtta guruhga bo‘linadi.
11.
Kollateral o‘tkazuvchi bog‘lamlar. Bularda floema va ksilema bir-biriga
ѐnma-ѐn joylashib turadi, ammo tashqi tomonida floema, ichki tomonida esa
ksilema joylashadi.
12.
Bikollateral bog‘lamlar. Bu guruhda ksilema markazida joylashib uning ham
ustki, ham ostki tomonida floema bo‘ladi. Ko‘pincha tashqi floema, ichkisiga
qaraganda kuchli, qalinroq rivojlanadi. Mazkur bog‘lamlar qovoqdoshlar
Do'stlaringiz bilan baham: |