Ботаника ва ўсимликлар физологияси



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Bog'liq
1.Маъруза


Po‘stloq

Ko‘p yillik daraxt o‘simliklarning poyalarida po‘kak o‘rnini asta-
sekin quruq po‘stloq egallaydi. Shu sababli uni ba’zan uchlamchi qoplovchi 
to‘qima ham deyiladi. Daraxtsimon o‘simliklar poyasi kambiy qavatining uzluksiz 
rivojlanishi natijasida doimo eniga o‘sib yo‘g‘onlashib turadi, poyaning ana 
shunday eniga o‘sish davrida 2-3 yildan so‘ng periderma ѐriladi. Poya 
po‘stlog‘ining ichki qatlamlaridan yangi fellogen hosil bo‘ladi va undan yangi 
po‘kak qavati rivojlanadi. Bir necha yildan keyin esa poyaning tashqi tomonida 
joylashgan po‘stloqning hamma to‘qimalari, shu jumladan erta hosil bo‘lgan 
fellogen va fellodermalar ham o‘ladi. Ana shu markaziy silindrdan ajralgan va 
uning tashqi tomonida joylashgan po‘stloqning o‘lik to‘qimalar yig‘indisiga 
po‘stloq deyiladi. 
Meristema qavati hujayralarining o‘sishi. Meristematik to‘qimaga peritsikl, 
prokambiy, kambiy va peridermaning fellogen qavati kiradi. Meristematik to‘qima 
joylashish o‘rniga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi: 
Apikal(uchki). 
Lateral (ѐn). 
Interkalyar (bo‘g‘im oralig‘i). 
Travmatik (yara, jarohat). 


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
25
Apikal meristema vegetativ va generativ kurtaklarda hamda ildiz uchida 
joylashadi. Laterial meristema ildiz va poyalar markaziy silindrining atrofida 
joylashgan peritsikl, prokambiy va kambiylardan iborat. Interkalyar meristema 
poya bo‘g‘im oralig‘ining bazal qismida, ya’ni ostida hamda bargda hosil 
bo‘ladi21. 
Interkalyar 
o‘sish 
keng 
tarqalgan, 

qirqbo‘g‘im, 
shuningdek, 
bug‘doydoshlar, ziradoshlar va shu kabi boshqa ikki pallalilarning vakillarida 
bo‘ladi. Bug‘doydoshlarda (bug‘doy, arpa, javdar makkajo‘hori, sholi) interkalyar 
o‘sish hisobiga bo‘g‘im oralig‘i uzayadi. Travmatik meristemalar o‘simlikning 
biror qismi zararlansa o‘sha joyda faoliyat ko‘rsatadi va jarohatlangan qismni 
tiklaydi. 
O‘simlik organizmida meristema qavati hujayralarining o‘sishi jaraѐnida 3 ta 
mexanizm amalga oshadi: ya’ni, hujayralar bo‘linadi o‘lchamlari kattalashadi va 
ixtisoslashadi. Hujayralarning bo‘linish jaraѐni – o‘lchamlari ma’lum darajaga 
yetganidan keyin amalga oshadi va natijada, yangi hujayralar hosil bo‘ladi. Hosil 
bo‘lgan yangi hujayralar sitoplazmasida vakuola qismi kattalashadi va hujayra 
devoriga bosim ko‘rsatishi hisobiga, hujayra devori cho‘ziladi. Masalan, piѐz 
o‘simligining ildizi hujayralarida bu bosqichda vakuola o‘lchamlari 30–150 
martagacha kattalashishi kuzatiladi. Navbatdagi bosqichda o‘simlik hujayralari 
ixtisoslashadi (differensiatsiya), ya’ni turli xil tipdagi hujayralar hosil bo‘ladi. Bu 
hujayralar ko‘p hujayrali o‘simlik organizmining talab– ehtiѐjlaridan kelib chiqib, 
turli xil funksiyalarni bajaradi. Hujayralarning ixtisoslashishi o‘sish jaraѐniga 
bevosita tegishli jaraѐn bo‘lmasada, biroq o‘simlikda to‘qimalarning o‘sish va 
rivojlanish jaraѐni mexanizmining muhim jihatlaridan biri sifatida qayd qilinadi. 
Odatda, o‘simlik va hayvon organizmlarining o‘zaro farqlanishi belgilaridan biri – 
bu aynan, to‘qimalarning o‘sish sohasining joylashishi bilan belgilanadi. Masalan, 
ѐsh hayvonlar organizmi o‘sish–rivojlanish jaraѐnida oranizmning deyarli barcha 
organlari hujayralarida bo‘linish va o‘sish jaraѐni amalga oshadi. O‘simliklarda esa 
– organizmning meristema deb nomlangan spetsifik sohalari hujayralarigina o‘sish 
va bo‘linish jaraѐniga jalb qilinadi, ya’ni meristemaning birlamchi funksiyasi – bu 
yangi hujayralar hosil qilishdan tashkil topadi. Umumiy holatda meristema 
hujayralarining o‘zi differensiallanmaydi. Shuningdek, ushbu hujayralarda mitoz 
yo‘li bilan bo‘linish usuli saqlanadi. Odatda, differensiallashgan ko‘pgina 
hujayralar tiplarida mitoz yo‘li bilan bo‘linish xossasi yo‘qoladi. Hayvonlar 
organizmida amalga oshuvchi o‘sish– rivojlanish mexanizmidan farq qilib, 
o‘simliklarda qayd qilinuvchi meristema hujayralari o‘simlikning butun haѐti 
davomida bo‘linish xossasini saqlab qoladi. O‘simliklarda meristema hujayralarida 
2 xil tipdagi o‘sish jaraѐni amalga oshishi mumkinligi qayd qilingan. Jumladan, 
birlamchi o‘sishda o‘simlik bo‘yicha o‘sishi amalga oshadi. Barcha o‘tsimon 
o‘simlik turlari, shuningdek daraxtsimon o‘simliklar va butasimonlarning ѐsh 
nihollarida birlamchi o‘sish jaraѐni amalga oshadi. Ikkilamchi o‘sish – o‘simlikning 
eniga o‘sishini ifodalaydi. Masalan, daraxtsimon o‘simliklarda ikkilamchi o‘sish 
jaraѐni natijasida ѐg‘ochsimon tana o‘lchamlari eniga kattalashadi. Shuningdek, 
kungaboqar, ѐrongul kabi o‘simlik turlarida ѐg‘ochlik qavatiga o‘xshash hujayralar 
shakllanishiga qaramasdan, ikkilamchi o‘sish cheklangan. O‘simliklarda birlamchi 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish