БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
2
ovqat mahsuloti sifatida iste’mol qilishga to‘liq yaroqli hisoblanmaydi (II bobda to‘yingan
moylarning kimѐviy tarkibi va uning odam organizmi salomatligiga ta’siri haqida batafsil
ma’lumotlar keltirilgan). Kokos ѐng‘og‘ining urug‘ini tashqi tomondan o‘rab turuvchi
qattiq qobiq qismi oziq–ovqat mahsulotlari saqlanuvchi idish sifatida foydalaniladi,
shuningdek, kokos palmasi daraxtining ѐg‘och poyasidan turar joylar qurishda
foydalaniladi. Bu daraxt turining barglaridan turur joylarning tomini ѐpishda, turli xil
savatlar to‘qishda va bosh kiyimi (shlyapa) ishlab chiqarishda foydalanish ham mumkin.
Shunday qilib, halokatga uchragan kemada omon qolgan kishilar kimsasiz orolda o‘suvchi
kokos palmasi daraxtining poyasidan kanoe tipidagi qayiq yasashlari va aholi istiqomat
qiluvchi quruqlik hududlari qirg‘oqlariga suzib yetib olishlari mumkin. O‘z navbatida,
kokos palmasi dunѐ miqѐsida eng foydali o‘simlik turlaridan biri hisoblanadi. Bejizga bu
daraxt turini tropik mintaqada istiqomat qiluvchi aholi – «haѐt daraxti» deb
nomlashmagan. Ushbu o‘simliklar botanikani o‘rganishga bag‘ishlangan kitobning kirish
qismida aynan, kokos palmasi haqida shunchaki to‘xtalib o‘tmadik, chunki haqiqatdan
ham o‘simliklar odamning haѐt faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Jumladan, odamlar o‘simliklarning mevalarini iste’mol qilishadi, o‘simliklar tanasidan
turar joylar qurishda foydalanadi, ѐqilg‘i sifatida va shuningdek, ko‘p sondagi turli xil
mahsulotlar ishlab chiqarishda keng miqѐsda foydalanadi. Bir so‘z bilan aytganda,
o‘simliklarsiz odam haѐtini tasavvur qilish mumkin emas.
Ayniqsa, manzarali o‘simliklar xiѐbon, park va bog‘larning ko‘rki hisoblanib, shahar,
qishloq va tumanlarda arxitektura ishlarining yashil bezagi sifatida keng foydalaniladi.
Olimlar keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, sayѐramizda tirik moddalar umumiy
og‘irligining 99% ni o‘simliklar dunѐsi tashkil qilar ekan. O‘simliklar shamol kuchini,
shovqinni kamaytiradi, issiqlik rejimini boshqaradi, havoni changdan, patogen
mikroorganizmlardan, sanoat korxonalarining zararli chiqindilaridan tozalaydi, havo
namligini saqlashi bilan inson salomatligini saqlashda beminnat xizmat qiladi. O‘simliklar
mikroiqlimni hosil bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, aholi zich
yashaydigan shaharlarda manzarali o‘simliklar mikroiqlimga kuchli ta’sir qiladi. Havo
harorati shaharlarda asfalt, beton ѐtqizilgan, qurilish ko‘p bo‘lgan joylarda bog‘ va
xiѐbonlarga nisbatan 10-12 gradus yuqori bo‘ladi. Yozgi tush vaqtida havo harorati 35-40
gradusni tashkil qilgan vaqtda, asfalt, temir-beton, g‘isht, marmar kabi obyektlarda harorat
70-80 gradusni tashkil qiladi. Bu obyektlar quѐsh nurlaridan qabul qilgan issiqlikni uzoq
vaqt saqlab turadi, natijada xatto quѐsh botgandan so‘ng ham, ular issiqlikni tarqatib turadi
va havoni dim qiladi. Buning ustiga havoning uzoq vaqt quruq turishi natijasida uning
tarkibida chang zarrachalari ko‘payadi. Xuddi shu paytda shaharlardagi park va
xiѐbonlarda havo harorati 2-2,5 gradus past va tozaroq bo‘ladi.
O‘simliklarning tuzilishini, ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini,
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishda bo‘ladigan haѐtiy jaraѐnlar (oziqlanish, nafas olish,
ko‘payish, transpiratsiya, fotosintez va hokazolar)ni, ularning kelib chiqishini, yer yuzida
tarqalish qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dunѐsini ularning yaqin va uzoq belgilariga
asoslanib ma’lum bir sistemaga solishni va nihoyat o‘simliklardan har taraflama
foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rgatadi.
O‘simliklar olamiga qiziqish va ular haqidagi dastlabki ilmiy asarlarni yaratilishi
eramizdan oldingi yunon antik davrlariga borib taqaladi. Qadimgi zamon tabiatshunos
faylasuflari Aristotel va uning shogirdi Teofrastni ilmiy ishlari tahsinga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |