O‘ s i m l i k l a r m o r f o l o g i ya s i
– o‘simliklarning tashqi tuzilishini, organlar
tuzilishidagi mutanosiblik hamda qonuniyatlarini, o‘simliklarda tashqi muhit ta’sirlari tufayli
vujudga kelgan o‘zgarishlarni o‘rganadi. O‘simliklar tuzilishiga ko‘ra vegetativ va generativ
organlarga bo‘linishi, organlar tuzilishidagi qutblilik, simmetriyalilik qonuniyatlari va
metamorfozi chuqur tahlil qilinadi. O‘simlik organlari tuzilishiga ko‘ra funksiya bajaradi ѐki
vazifasiga mos holda tuzilishga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘simlik organlarining
morfologik tuzilishi bilan birga ularning bajaradigan vazifalari ham o‘rganiladi;
O‘ s i m l i k l a r a n a t o m i ya s i
- o‘simliklarni ichki tuzilishini o‘rganadi;
O‘ s i m l i k l a r f i z i o l o g i ya s i
- o‘simliklar organizmida bo‘lib turadigan
haѐtiy jaraѐnlarni, metabolizm qonuniyatlarini (o‘simliklar organizmidagi modda
almashinish jaraѐnini), ya’ni o‘simliklarning oziqlanishi, o‘sish va rivojlanishi, harakati
hamda ta’sirchanligini o‘rganadi;
O‘ s i m l i k l a r s i s t ye m a t i k a s i
- ularni bir-biri bilan yaqin(o‘xshash)lik
belgilariga asoslangan holda ma’lum bir sistematik kategoriyalar (tur, turkum, oila, qabila,
sinf, bo‘limlar) ga joylashtiradi;
D ye n d r o l o g i ya
-дарахт ва буталарни ўрганади;
A l g o l o g i ya-
suv o‘tlarini o‘rganadi;
B r i o l o g i ya-
moxlarni o‘rganadi;
M i k o l o g i ya-
zamburug‘larni o‘rganadi;
P a l ye o b o t a n i k a
– qazilma holdagi o‘simlik namunalarini tahlil qilish
asosida hozirgi o‘simliklar o‘rganiladi
.
4.
Hujayra nazariyasining yaratilishi
БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
5
O‘simlik hujayralarini o‘rganish uslublari. Ma’lumki, hujayralarning tuzilishi va
funksiyasini o‘rganish yo‘nalishida qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlar eng avvalo, 1500–
yillarning oxirlarida mirkoskopning kashf qilinishi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Bu
davrda ishlab chiqilgan dastlabki mikroskoplar obyektlar tasvirini kattalashtirib ko‘rsatish
imkonini bergan bo‘lsada, biroq tasvirning tarkibiy qismlari aniq ko‘rinimasligi qayd
qilingan.
1600 – yilda Anton van Levenguk (1632–1723) tomonidan mikroskop
konstruksiyasida foydalaniluvchi qavariq linzalarning silliqlanishi va o‘ziga xos
konstruksiyada ishlab chiqilishi asosida mikroskopning nisbatan takomillashtirilgan yangi
avlodi yaratilgan. Anton van Levenguk tomonidan o‘zi yasalgan mikroskop ѐrdamida
fanga ma’lum bo‘lmagan mikroorganizmlar o‘rganilgan. Shuningdek, 1600–yillarda
Robert Guk tomonidan bitta linzali okulyar asosida mikroskop ishlab chiqilgan (1-rasm).
1965 – yilda Robert Guk tomonidan daraxt po‘stlog‘i mikroskop tagida kuzatilgan va
uning katakchalardan tashkil topganligini aniqlangan va bu katakchlarni – «cells»
(«hujayra» – arab tilida aynan, katakcha so‘zining tarjimasi hisoblanadi) deb nomlagan (2-
rasm). Robert Guk mikroskop ostidagi cm 3 joyda 1,259 mln. hujayra borligini aniqlashga
muvofaq bo‘lgan.
Robert Guk daraxt po‘stlog‘i tarkibida bu katakcha sohalar nobud bo‘lgan
hujayralardan tashkil topganligini qayd qilgan. Navbatdagi davrlarda biolog olimlar
tomonidan o‘simliklar tarkibidagi tirik holatdagi hujayralarning mikroskop ѐrdamida
tuzilishi va funksiyasi o‘ranilgan. XIX asrga kelib, hujayralarning tarkibida joylashgan
qismlar, ya’ni organellalar aniqlangan. Biolog olimlar tomonidan bu tarkibiy qismlar
hujayralarda huddi hayvonlar organizmining yurak, oshqozon kabi organlari ѐki
o‘simliklarning barg va ildizlari kabi funksiya bajarishini tahmin qilingan. 1830–yilda
Shotlandiyalik olim – Robert Braun tomonidan hujayra markazida joylashgan organella –
yadro kashf qilingan.
1830 – yilga kelib, biolog olimlar tomonidan yetarli darjada ko‘p sondagi tirik
organizmlar to‘qimalari mikroskop ѐrdamida o‘rganib chiqilgan va yakuniy holatda barcha
tirik organizmlar hujayralardan tuzilganligi haqida xulosa chiqarilgan. 1838–1839 yillarda
Germaniyalik biolog olimlar – botanik Matias Shlayden va zoolog Teodor Shvan
tomonidan hujayralar tirik organizmlarning tuzilish birligi hisoblanishi haqida ilmiy
xulosa chiqarilgan. Bu fikrlar «hujayra nazariyasi» deb nomlanuvchi ta’limotning asosini
tashkil qiladi. Shuningdek, Germaniyalik olim Rudolf Virxov tomonidan hujayra
nazariyasi takomillashtirilgan va 1855–yilda tirik organizmlarda shakllanuvchi yangi
hujayralar eski hujayralar asosida yuzaga kelishini qayd qilgan. Shunday qilib, hujayralar
bo‘linishi yo‘li bilan yangi hujayralarni hosil qilishi aniqlangan. 1880–yilda Avgust
Veysman tomonidan barcha hujayralarning tuzilishi va xususiyatlari bir-biriga yaqin
ekanligini aniqlagan3.
Chex olimi Y.Purkinze 1830 yilda hujayra ichida suyuqlik borligini aniqlab, uni
protoplazma deb atadi. Hujayra - yadrosi bo‘lgan va hujayra qobig‘i bilan o‘ralgan
sitoplazma massasidan iborat deb ta’riflanadi. Yadro protoplazmasini tashkil qiluvchi
karioplazmadan farq qilish uchun, yadroni o‘rab turuvchi protoplazmani sitoplazma deb
atash boshlandi. Bu kashfiѐtlar tirik tabiatning hujayra tuzilishi to‘g‘risidagi nazariyani
yaratishga asos soldi. Hozirgi zamon hujayra tuzilishi nazariyasi: hamma tirik mavjudotlar
- o‘simliklar, hayvonlar va oddiy organizmlar hujayralardan va ularning hosilalaridan
tashkil topgan, degan ta’limotni olg‘a suradi. Bu nazariya XIX asr boshlarida Mirbel
Do'stlaringiz bilan baham: |