БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
3
Aristotel (eramizgacha bo‘lgan 384-322 yillar) 500 ga yaqin hayvon turlarini uzoq vaqt
o‘rganib, ularni klassifikatsiyasini yaratganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lsada,
o‘simliklarni o‘rganganligi haqidagi ma’lumotlar topilmagan ѐki saqlanib qolmagan.
Arestotelning «Hayvonlar tarixi»,
«Hayvonlarning paydo bo‘lishi haqida» nomli asarlarida hayvonlarning tuzilishi, ularni
o‘zaro qiѐslash tahlili va antik embriologiya asoslari ѐritilgan. Lekin uning shogirdi
Teofrast (eramizgacha bo‘lgan 341-270 yillar) o‘z davrida o‘simliklar bilan
shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar maktabini yaratgan. Teofrastni o‘sha vaqtdagi botanikaning
dolzarb masalalari qiziqtirgan. U birinchi navbatda o‘simliklarning o‘ziga xos tuzilishi va
haѐtiy rivojlanishiga qiziqqan. Vatanida o‘saѐtgan 400 dan ortiq o‘simliklar turini
o‘rgangan Teofrast ularni ma’lum bir sistemaga solib, dastlabki o‘simliklar
klassifikatsiyasini yaratgan. Uning ilmiy ishlarida o‘simliklar daraxt, buta, chala buta va
o‘t o‘simlikka ajratilgan. Bundan tashqari barg to‘kadigan va doimiy yashil, suv
o‘simliklarini esa chuchuk suv o‘simliklari va dengiz o‘simliklariga bo‘lgan. Rimlik
tabiatshunos Kay Pliniyning (eramizning 24-79 yillari) 37 bo‘limdan iborat «Tabiiy tarix»
nomli asari zoologiya va botanikaga bag‘ishlangan. Ushbu asarning botanika bo‘limida
Rim agronomiyasi va sistematikasi ѐritilgan bo‘lib, bundan tashqari 1000 ga yaqin
o‘simlik tavciflab berilgan. Shu jumladan, o‘simliklarni parvarish qilish, tuvak yasash va
payvandlashga doir ma’lumotlar keltirilgan. Eramizning birinchi asrida yashagan Rimlik
shifokor Dioskorid asarida 500 ga yaqin o‘simliklarning o‘sish joyi va tarqalishi haqidagi
ma’lumotlar berilgan. Botanikani fan sifatida rivojlanishi XV asrlarga borib taqaladi. Bu
davrga kelib, Teofrastning lotin tilidagi asarlari grek tiliga tarjima qilingan, Pliniy va
Dioskoridning asarlari tahlil qilina boshlangan edi. Dunѐ bo‘ylab sayѐhat qiluvchi
qiziquvchilar va botanik olimlarning mehnatlari samarasi sifatida bog‘lar turli joylardan
keltirilgan o‘simliklar bilan bezala boshlangan va ular «Botanika bog‘lari» deb atalgan.
O‘simliklar nafaqat o‘t ko‘rinishida balki quritilgan holda ham kolleksiya qilingan va bu
kolleksiya vaqt o‘tishi bilan dorivor, manzarali va noѐb o‘simliklar bilan boyib borgan.
Bunday o‘simliklar to‘plamini «Quritilgan bog‘lar», keyinroq Gerbariylar deb
nomlashgan. Tabiiy va quritilgan holdagi ko‘plab o‘simliklarni o‘rganish keyinroq
o‘simliklar sistematikasini rivojlanishiga asos solgan. Italyalik botanik Sezalpin (1519-
1603) tuzgan o‘simliklar sitemasi ham diqqatga sazovordir. U o‘simliklar dunѐsini ikkita
bo‘limga ajratgan: 1)Daraxt va butalar; 2)Chalabuta va o‘tlar. Meva va uning ichidagi
urug‘larning xonalarda joylashishiga ko‘ra, 15 ta sinfga bo‘lgan. Sezalpin tuzgan
sistemaning 15-sinfini moxlar, paporotniklar, qirqbo‘g‘imlar va zamburug‘lar tashkil
qilgan. Sezalpin fikricha, bu o‘ziga xos tiriklik «o‘lik tabiat» bilan o‘simliklar orasidagi
oraliq o‘rinni egallaydi. O‘simliklar sun’iy sistemasining rivojlanishida shved olimi Karl
Linneyning (1707-1778) hissasi katta. Linney terminologiyaga alohida e’tibor qaratib,
o‘simlik qismlarini aniq nomlar bilan atashni asoslab berdi. Ingliz olimi N. Gryu va
italiyalik olim Malpigi (1671) o‘z kuzatishlar natijasida turli o‘simliklarda sellyulozali
po‘stlar bilan ajratilgan bo‘shliqlar (xaltachalar ѐki pufaklar) borligini aniqladilar va
sitologiya fanining rivojlanishiga hissa qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |