Xloroplast
Yadro
Vokuolа
Vokuola membranasi
Sitoplazma
Sitolazmatik membrana va hujayra
tashqi qobig‘i
БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
9
sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik o‘rtasida keskin chegara
bo‘lishi mumkin emas.
Botaniklar yer yuzidagi hamma o‘simliklarni (500 000), agronom esa shundan faqat
1500 tur o‘simlikni va shu xududida o‘sadigan o‘simlik navlarini o‘rganadi. Bu umumiy
quruqlikda o‘sadigan o‘simliklarning 10%ini tashkil qiladi, xolos.
Agronom oldida turgan asosiy vazifa jamiyatning o‘simlik mahsulotlariga va oziq-
ovqatga bo‘lgan talabini qondirishdan iborat.
Nazorat savollari
1.
Botanika fani nimani o‘rgatadi?
2.
O‘simliklarni o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
3.
O‘simliklar qanday usullarda oziqlanadi?
4.
Botanika fanining qanday bo‘limlarini bilasiz ?
5.
Botanika fanining rivojlanishi hamda hujayra nazariyasining yaratilish tarixi haqida
ma’lumotlar bering?
6.
Prokariot va eukariot hujayralar haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
7.
Botanika fanining qishloq xo‘jaligida qanday ahamiyati bor?
HUJAYRA TUZILISHI.
Reja:
1.Hujayra haqida tushuncha;
2.O‘simlik hujayrasining arxitektonikasi;
3.O‘simlik hujayrasiga xos xususiyatlar;
4.
Hujayra organoidlarining tuzilishi va funksiyasi.
Dengizlarning qoyali qirg‘oqlari hududida «suv parisining qadahi» (Acetabularia)
deb
nomlanuvchi
o‘simlik
o‘sadi.
Bu
o‘simlik
turining tanasi 3 ta qismdan tashkil topgan: ya’ni, qoya toshlari ѐki korallarga
ѐpishishni ta’minlovchi nozik asos qismi, uzun tik holatdagi poya qismi va qalpoqcha
qismi mavjud hisoblanadi. Acetabularia o‘simligining har xil turlarida tashqi morfologik
shakli o‘zaro farqlanadi. Masalan, A. mediterranea turida qadahsimon qismi silliq tarzda
shakllangan, A. crenulata turida esa – bu tana qismining atrofi qavatlar bilan o‘ralgan
holatda bo‘lishi qayd qilinadi. Acetabularia o‘simlik turi yashil tusga ega suv o‘ti bo‘lib,
faol tarzda fotosintez jaraѐnini amalga oshiradi. O‘simlikning yashil rangi uning
hujayralari tarkibidagi yashil pigment
–
xlorofill
mavjudligiga
bog‘liq
hisoblanadi. Xlorofill
fotosintezlovchi
organizmlarda
quѐsh nuri kvantini yutuvchi
va
o‘z navbatida bu
energiya
manbaidan
organik
moddalar
sintezlash
reaksiyasida foydalunuvchi pigment hisoblanadi.
Nima uchun aynan, Acetabularia o‘simlik turini tavsiflaganimizning sababi
shundaki, bu o‘simlik turining o‘lchamlari 2–10 sm (0,8–4 dyuym) uzunlikka ega bo‘lib,
bitta gigant hujayralan tashkil topgan (2.1-rasm). Bu o‘simlik hujayrasi 1930 – yildan
boshlab, sitologiyada hujayralarning tuzilishi va funksiyasini o‘rganish yo‘nalishida
Do'stlaringiz bilan baham: |