БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
28
hujayralari bir-birlariga ancha zich joylashgan bo‘ladi. Hujayralari prozenxima
shaklida bo‘lib, ularning uzunligi ba’zan 50sm gacha boradi. Poralari kichik,
ѐriqsimon va kam miqdorda bo‘ladi. Hujayra po‘sti ko‘pincha ѐg‘ochlashgan. Hosil
bo‘lishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi sklerenxima mavjud. Birlamchi
sklerenxima prokambiy va peritsikldan, ikkilamchi sklerenxima esa kambiydan
hosil bo‘ladi.
Poyaning po‘stloq qismida joylashgan sklerenxima lub tolalari deyiladi. Bu
tolalar ko‘pincha peritsikldan hosil bo‘lib, ularning hujayra po‘sti ancha vaqtgacha
sellyulozaligicha qoladi. Kambiydan hosil bo‘lgan va ѐg‘ochlik (ksilema) qismida
joylashgan sklerenxima ѐg‘ochlik sklerenximasi ѐki libriform deyiladi. Bu
sklerenxima hujayralari lub tolalariga qaraganda kaltaroq va hujayra po‘sti esa
doimo ѐg‘ochlangan bo‘ladi. Lub tolalari poya va ildiz po‘stloqlarida barg hamda
barg bandlarida, gul va meva dastalarida, ba’zan esa mevalarda ham uchraydi. Bu
to‘qimalar daraxtsimon o‘simliklarga qaraganda o‘t o‘simliklar poyasida ko‘proq
mavjud.
Lub tolalarining hujayrasi ancha uzun va hujayra po‘sti ham qalin.
Ularning uzunligi o‘rtacha hisobda zig‘irda 40-60mm, rama o‘simligida 350-
420mm gacha bo‘ladi. Lub tolalari ancha mustahkam, elastik va ѐg‘ochlanmagan,
shu sababli ular qimmatbaho hisoblanib, to‘qimachilik sanoatida keng
foydalaniladi. Ana shunday lub tolalari zig‘ir, kanopda bo‘ladi. Agava, Yangi
Zelandiya zig‘iri, Shimoliy Afrikada o‘sadigan alfa va banan barglaridagi lub
tolalarining ham sifati yuqoridir. Dag‘al kanop, jut kabi o‘simliklarda lub
tolalarining hujayra po‘sti ѐg‘ochlangan bo‘ladi.
Sklereidlarning bir qismi apikal meristema ѐki peritsikl ham fellogendan
hosil bo‘lsa, ularning ikkinchi xillari esa olcha (Cerasus vulgaris), olxo‘ri (Prunus
domistisa), ѐng‘oq (Juglans regia) po‘choqlarida ulardagi zich joylashgan
parenxima to‘qimalaridan hosil bo‘ladi.
O‘tkazuvchi
to‘qimalar.
O‘simlik
organlarida
uzluksiz
ravishda
moddalarning harakati va taqsimoti bo‘lib turadi. Suv va unda erigan mineral
moddalar ildiz orqali shimib olinib, poya va bargga uzatiladi. Bu yuqoriga
ko‘tariluvchi ѐki chiquvchi oqim deyiladi. Fotosintez natijasida barglarda hosil
bo‘lgan organik moddalar poya va u orqali ildiz tomon harakat qiladi va
o‘simliklarning butun tirik organlariga boradi. Shu moddalarning bir qismi zahira
modda sifatida to‘planadi. Bu pastga tushuvchi oqim deyiladi.
Mazkur moddalarning harakati o‘tkazuvchi to‘qimalar ishtirokida bo‘ladi.
O‘tkazuvchi to‘qima hujayralari cho‘ziq, ancha kengaygan naycha shaklida bo‘ladi.
Tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra ular traxeidlar va traxeyalar (14-rasm) hamda
elaksimon naylarga bo‘linadi.
Traxeyalar va traxeidlar orqali suv va unda erigan mineral moddalar
harakatlanadi.
Elaksimon naylar va uning yo‘ldosh hujayralari orqali esa assimilyatsiya
mahsuloti, plastik moddalar harakatlanadi.
Traxeyalar birlamchi ksilemada prokambiydan va ikkilamchi ksilemada esa
kambiy hujayralaridan hosil bo‘ladi. Ular uzun silindr shaklida bo‘ladi. Traxeyalar
faqatgina ѐpiq urug‘li o‘simliklarda bo‘ladi. Traxeyalarning o‘rtacha kattaligi 10sm,
Do'stlaringiz bilan baham: |