Bo‘laklarning o‘lchami va variantlar takroriyligi.
Variantlar uchun
ajratilgan er bo„laklari o„lchami va takroriyligi dala tajribasi aniq va to„g„riligini
belgilovchi muhim omillardir. Tajribalarni katta o„lchamli maydonlarda o„tkazish
yuzasidan tavsiya berish uchun nazariy asos mavjud emas (B.A.Dospexov, 1979
y.).
Ma‟lum chegaradan keyin bo„laklar maydonini ko„paytirish tajribaning
aniqlik darajasi pasayishiga olib kelishi aniqlangan. Buning sababi shundaki, har
bir variant maydoni kengaytirilishi bilan tajriba o„tkazilayotgan umumiy maydon
ham ortib boradi. Maydon kengaytirilishi hisobiga umumiy maydon unumdorligi
bir xil bo„lgan tuproq maydonchasi chegarasidan chiqib ketish mumkin. Bu holda
bo„lakning katta o„lchami butun tajribani unumdorligi bir xil maydon chegarasida
joylashtirish zarurati bilan cheklanadi. Demak, variant kattaligini belgilashda
tajriba dalasi tuprog„ining xilma-xillik darajasi etiborga olinishi zarur. SHu bilan
birga bo„laklar o„lchamini belgilashda tajribaning yo„nalishi va vazifalari,
agrotexnikasi, qo„llaniladigan mexanizmlar, ishlov berish, sug„orish-oziqlantirish
tizimi va b.q. lar e‟tiborga olinishi kerak.
Bo„laklar o„lchamini shunday tanlash kerakki, ular ekinlarga ishlov berishda
va hosilni yig„ishda mexanizmlardan keng foydalanish imkonini bersin.
CHopiqtalab ekinlar joylashtiriladigan bo„laklar kengligini belgilashda traktorlar,
turli moslamalar va mashinalar bir, ikki va h.k. marta kiraolishi ko„zda tutilishi
kerak.
To„rt qatorli mashinalar uchun bo„lakda kamida 4 hisob qatori, bo„lakdagi
umumiy egatlar soni esa 8-12 ta bo„ladi. SHulardan 2 va 4 tadan qator hisobli
15
egatlarning ikki tomonidan himoya yo„lakchasiga qoldiriladi. Maydon oxiridagi
himoya yo„laklari dala shakliga qarab ajratiladi. Terim mashinalari qaytib olishi
uchun dalaning ikki boshida 6-8 metrli himoya yo„laklari qoldiriladi.
SHuni unutmaslik zarurki, bo„laklar o„lchamining oshirilishi tajriba dalasi
kengayib ketishiga, dala tanlashda qiyinchilik tug„ilishiga va daladagi barcha
bo„laklarda bir xil ishlovlarni baravariga, tez amalga oshirib bo„lmasligiga olib
keladi. SHuning uchun bo„laklarni juda kattalashtirmay, dala ishlarini ishlab
chiqarishda joriy etilgan usullar va qurollar yordamida qisqa muddatda o„tkazishni
mo„ljallab rejalashtirish maqsadga muvofikdir.
Variantlarning ma‟lum bir takrorlanishida tajriba bo„yicha yakuniy
natijalarga tasodifiy notekis ta‟sir etadigan tashqi muhit omillari turli-tumanligi,
tuproq unumdorligi, relef noteksligi, sho„rlanish va eroziyalanish darajalari, ishlov
berish, ekish, sug„orish va h.k. lar tufayli yuzaga keladigan kamchiliklar to„liq
bartaraf etilmasa-da, biroz kamaytirilishi mumkin.
Takrorlashlar soni tajribaning vazifalari, davomiyligi, unda o„rganilayotgan
tadbirlar ta‟siri, tuproq xilma-xilligi, bo„lak kattaligidan kelib chiqib belgilanadi.
Sug„oriladigan sharoitda agrotexnik dala tajribalari paykallarida 3-4 dan kam
bo„lmagan takrorlanishda o„tkazilgan ma‟qul, chunki bunda tajribaning yuqori
darajadagi aniqligi va hosildorlik xaqidagi ma‟lumotlarni matematik tahlil qilish
ta‟minlanadi (1.2.1-chizma).
I
II
III
IV
1
2
3
4
1
2
3
4
1
2
3
4
1
2
3
4
1.2.1-chizma. Tajribaning barcha variantlari va takrorlanishlarini bir katorda
joylashtirish.
16
Biroz farqlanadigan kichki bo„lakchalarda joylashtirilgan, ayniqsa, tuproq
qatlami bir xil bo„lmagan sharoitda variantlar takrorlanishi 5-6 martani va undan
ham ortiqni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |