Dala xaritasi
Dala xaritasiga daladagi barcha geologik kuzatish natijalari:
geologik chegaralar, intruziv massivlaming konturi va ularning
ichki va tashqi kontakt zonalari, stratigrafik komplekslar
orasidagi chegaralar, yer yoriqlari, tomirlar va daykalar, tayanch
gorizontlari, m a’danli nuqtalar va m a’danli yotqiziqlar hamda
kuzatish nuqtalari
va
xaritalash
marshrutlari
tushiriladi.
Ajratilgan hajmli obyektlar qalamda kuchsiz bo‘yaladi.
Xarita miqyosi bo‘yicha o‘lchami 2 mm dan katta izometrik
va, 1 mm dan katta bo‘lgan cho‘zinchoq geologik obyektlar
xaritaga tushiriladi. O ’lchami undan kichik bo‘lgan muhim
obyektlar esa, yo‘nalishi va shakli saqlangan holda, miqyossiz
ko‘rsatilishi mumkin.
Shuni esda tutish lozimki, qatlamlar, yer yoriqlari, tomirlar va
boshqa obyektlaming yotish elementlari tog‘
kompasida
o‘lchangan
bo‘lsa,
o ‘lchash
natijalari
bevosita
kuzatish
nuqtasining o‘zida xaritaga tushirilishi kerak.
Marshurutdan qaytgandan keyin dala xaritasiga qalamda
tushirilgan barcha m a’lumotlar tushda qayta chiziladi va ular
partiya bazasida saqlanadigan xaritaning asosiy nusxasiga
ko‘chiriladi. Tog‘ lahimlarini hujjatlash
Geologik xaritalash va qidiruv ishlari jarayonida kanavalar,
shurflar, shaxtalar, shtolnyalar va burg‘i quduqlari kabi turli xil
tog‘ lahimlari qazilishi mumkin. Lekin shaxtalar, shtolnyalar va
burg‘i quduqlari juda ko‘p vaqt va mablag
talab qilgani uchun
eng zarur hollardagina qazilishi kerak.
Tog‘ lahimlari hujjatlashtirilib bo‘lgandan keyin ulaming
barchasi ko‘milishi yoki og‘zi yopilishi lozim. Har bir tog
lahimining o‘mi xaritada yoki aerofotosuratda maxsus shartli
belgi yordamida ko‘rsatiladi.
Kanavalar elyuvial va prolyuvial-delyuvial jinslar bilan
qoplanib qolgan tub tog
jinslarini ochish maqsadida qazilgan
ariqsimon tog
lahimi hisoblanadi. Kanavalaming eni 0,8-1 m,
uzunligi qoplama jinslaming kengligi, chuqurligi esa ulaming
qalinligiga bog‘liq. Odatda ularning chuqurligi 2-3 m ga boradi.
Kanavalar geologik xaritalash va qidirish ishlarida keng
qo‘llaniladi.
Kanavalami hujjatlash uchun maxsus jumallar qo‘llaniladi.
Ular qalin mug‘ovali, o‘lchami 25x40 sm, hajmi 80-100 varaqli
kitobcha shaklida bo‘lib, varaqlari millimetrovkali qog‘ozdan
iboratdir.
Bu jumallarda, dala daftarchasidan farqli o‘laroq, kanavaning
chizmasi o‘ng betida, tushintirish yozuvi esa chap betida beriladi.
Kanavalaming devorlaridan biri va asosi hujjatlashtiriladi (138-
rasm). Bunda tog‘ jinslarining tarkibi, geologik chegaralari,
kontaktlari, struktura va teksturalari, qatlamlar, yer yoriqlari va
ularning yotish elementlari hamda boshqalar shartli belgilar
yordamida chizmada ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |