etsa
optimal hisoblanadi. G„ovaklilik kapillyar va nokapillyar bo„ladi.
Kapillyar g„ovaklik tuproqda mayda loyqa zarralar va mikroagregat oralig„ida,
nokapillyar g„ovaklik esa yirik zarralar va makrostruktura oralig„ida bo„ladi. Agar
tuproqda ikkala kapillyarlik mavjud bo„lsa, yani borobar nisbatda bo„lsa suv, havo
va moddalar harakati yaxshi o„tadi. Tuproq g„ovakligi P=
V
formulasi bilan
aniqlanadi, bunda R – tuproqni solishtirma og„irligi, V-tuproqning hajm og„irligi.
Masalan, paxta ekilayotgan fermer erlari tipik bo„z tuproq desak, bu erni 30 sm
chuqurlikda haydasak hajm og„irligi 1,18 sm
2
, solishtirma og„irlik 2,77, formulaga
qo„ysak P=
100
77
,
2
18
,
1
77
,
2
. Demak, dalamizning tuprog„ini g„ovakligi 57% tashkil
etar ekan.
Tuproqning mexanik kuchlar ta‟siriga bardosh berishi ilashimlilik deb ataladi.
Bu xossa mexanik tarkibiga, strukturaga, namlik darajasiga qarab o„zgarib turadi.
Umuman, ilashimlilik loyqa zarrali tuproqlarda kuchliroq bo„ladi, donador va
qumoq tarkibli tuproqda optimal bo„ladi. Nam holatda tuproqning o„z shaklini
saqlab turishi plastiklik deb ataladi, u loyqa va kolloid zarrali tuproqlarda yaxshi,
shuning uchun soz va qumoq tuproqlarda yaqqol ko„rinib turadi, qumli va
33
qumloqda bo„lmaydi. Tuproqni yopishqoqligi ish qurollariga yopishib qolishida
aniq ko„rinadi, ya‟ni u qancha mayda zarrali va sernam bo„lsa shunchalik
yopishqoq bo„ladi. Tuproqqa suv quyilganda o„z hajmini kattalashtirishi uni
ko„pchishi deyiladi. Ko„pchishga mos bo„lgan tuproqlarda nam ko„tarilsa yuzi
yorilib ketadi, shuni hisobga olib erda 40-60 % nam bo„lganda ishlash kerak.
Tuproqda suv quyidagi fizik holatda bo„ladi: bug„simon, gigroskopik,
maksimal parda, kapillyar, gravitatsion. Bug„simon suv o„simlik uchun foydasiz, u
suyuq gigroskopik holatga o„tgandan so„ng singadi. Gigroskopik suv kuchli bosim
natijasida tuproq zarralari yuzasiga singadi. Bu suv tuproqni mexanik va organik
tarkibi, namlik va issiqlik darajasiga bog„liq. Erda qancha chirindi, mayda zarralar
ko„p bo„lsa, havo sernam bo„lsa bu suvni miqdori ortadi. Bu suvni ajratib olish
uchun tuproqni 105-110
0
qizdirish kerak. Agar nam miqdori maksimal gigroskopik
suvdan ikki marta ko„p bo„lsa, o„simliklar so„liy boshlaydi. Parda suv gigroskopik
suvning ko„payishi natijasida hosil bo„ladi, zarrachalarga mahkam singan bo„ladi.
Bu
suvni o„simliklarga juda oz miqdorda foydasi tegadi.
Kapillyar suv er osti suvlaridan yoki yomg„ir suvlarini yig„indisidan hosil
bo„lib, tuproqdagi mayda kapillyarlar orqali er betiga ko„tariladi, o„simliklarni
suvga bo„lgan talabini qondirishda bizga yordam beradi. Agar sizot suvlari sho„r
bo„lsa kapillyarlar orqali ko„tarilib tuproqni sho„rlatadi. Ko„tariluvchi kapillyar suv
er osti suvlari bo„lib, strukturali erlarda yaxshi saqlanadi.
YUqoridan tuproqni pastki qatlamiga harakat qiladigan suv filtratsion yoki
gravitatsion suv deb ataladi, bu suvlar o„simlik
tomonidan juda oson singadi.
Sug„orishlardan yoki yog„ingarchiliklardan so„ng juda ham ko„payadi. Agar
tuproqni haydov qatlami ostida arzik shoxak kabi qatlamlar yoki “haydov yostig„i”
paydo bo„lgan bo„lsa suvni pastki qatlamga yo„nalishiga to„sqinlik qiladi, o„simlik
va mikroorganizmlarga salbiy ta‟sir etadi. Tuproqning pastki qatlamlarga suv
o„tkazib turishiga suv o„tkazuvchanlik deyiladi va u mexanik tarkibga, chirindi
miqdori, zichligi va strukturasiga bog„liq. Er betidan yoki erni haydalma
qatlamidan suvni bug„lanishi ham foydali, ham zararlidir. Masalan, yomg„irdan
so„ng qatqaloq bo„lsa, kapillyarlar buzilmasa suv bug„lanib ketib, tuproq nami
34
etarli bo„lmay qoladi, aksincha ser chirindi erlarda kapillyardan ko„tarilayotgan
suvni zarralar to„sib, u ko„proq ushlanib qolishiga, bu esa tuproqdagi namni zahira
holda to„planishiga olib keladi. Tuproq havodagi suv bug„larini o„ziga singdirib
oladi, yoki gigroskopiklik xususiyati deb ataladi. Quruq tuproq bo„lmaydi, doimo
unda nam bo„ladi, ser chirindi, strukturali tuproqda nam ko„proq ushlanib turadi.
Masalan, qumli, qumoq tuproqlarda gigroskopik suv 1,06-1,40 foiz bo„lsa, engil va
o„rta qumoq, soz tuproqlarda 2,09-3,0-5,40 foiz, og„ir soz tuproqda 6,54 foiz suv
borligi aniqlangan. Demak, tuproqni suv rejimi uni mexanik tarkibi, strukturasi,
chirindini miqdori va sho„r miqdoriga bog„liq. Maksimal gigroskopik suv ham
bo„lib, uning 1,5-2 ko„paytirganiga so„lish namligi deb ataladi.
Tuproqdagi gigroskopik suv asosan uning mexanik tarkibi, sho„ri va gumus
tutishiga bog„liq. Gumus, sho„r qancha ko„p bo„lsa gigroskopik suv shuncha ko„p
bo„ladi.
Tuproq g„ovak bo„lganidan uning tarkibida havo doimo almashinib turadi.
Haroratni ko„tarilishi tuproqdan havoni atmosferaga ko„tarili-shiga, pasayishi esa
aksincha, kirishiga sabab bo„ladi. Tuproqni nafas olishi degan ibora ham shundan
kelib chiqqan, tuproqqa suv quyilganda chirish jarayonini mahsuli karbonat
angidrid gazini ko„tarilishi, shamolni kuchi kabi hodisalar tuproqni havo rejimiga
kuchli ta‟sir ko„rsatadi. Tuproq havosi o„simlik ildizi va nafas olib yashovchi
(aerob) organizmlar uchun yashash manbaidir.
Suv bosgan, botqoq va qotib qolgan tuproqlarda havo etarli bo„lmaganidan
o„simliklar ildizi sust o„sadi va mikroorganizmlar rivojlanmaydi, natijada
hosildorlik keskin pasayib ketadi. SHuning uchun qatlamlarda havo almashinuvini
yaxshilash kerak (kultivatsiya, chopiq). Tuproqning issiqlik xossalari ham
mavjuddir, bu asosan quyoshdan kelayotgan nur hisobiga to„planadi, shuning
uchun atmosfera o„zgarishi, geografik mintaqa va boshqa sabablarga ko„ra xossalar
keskin o„zgarib turadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar, biokimyoviy va
mikrobiologik jarayonlar ham issiqlikni manbaidir, ammo hal qiluvchi bo„la
olmaydi. Issiqlikni qora tuproqlar ko„proq singdiradi, soya-salqinda juda oz
miqdorda issiqlik to„planadi. Ser chirindi tuproq issiqlikni uzoq saqlaydi, bir
35
gramm yoki bir sm
3
hajmdagi tuproqni bir gradus qizdirish uchun ketgan va
kaloriya bilan o„lchanadigan issiqlik miqdori tuproqning issiqlik sig„imi deyiladi.
Boy tuproq, sernam erlarda bu birlik yuqori bo„ladi. Go„ng, torf, kompost biroz
issiqlik rejimini yaxshilashga yordam beradi.
Tuproqda juda ko„p miqdorda turli-tuman ozuqa elementlar bor, bular
tuproqni tipiga, xiliga, unumdorligiga qarab o„zgarishi mumkin. Zahira moddalar
deb nomlanadigan kimyoviy birikmalar bo„z tuproqlarda bir necha tonnagacha
boradi, bu haqda mazkur risolaning boshqa bo„limida batafsil to„xtalib o„tilgan.
Tuproq uch xil qismdan iborat, ya‟ni qattiq, suyuq, gazsimon bular haqda
yuqorida aytib o„tildi, ya‟ni havo rejimi gazsimon birikmalar, suyuq qismi suv va
suvda erigan maddalardir. Tuproqning qattiq qismi yuqoridagi ikki qismni o„zaro
munosabatda bo„lib turishiga sababchi bo„ladi. Qattiq qismni mexanik tarkib deb
nomlanib, turli mineral va tog„ jinslari, organik moddalar yig„indisidan iborat
bo„lib, har xil kattalikdagi zarralardan tashkil topgan. Mexanik tarkib shag„ol,
qum, chang, loyqa kolloid kabi gruppalardan iboratdir. Zarralarni kimyoviy tarkibi
karbonat angidrid, silikat, alyuminiy, temir oksidlari, kalsiy, magniy, fosfor va
organik moddalardan iboratdir. Mexanik tarkibiga ko„ra tuproqlar sochilma qum,
yopishqoq qum, qumloq, engil qumoq, o„rta va og„ir qumoq, engil, o„rta va og„ir
soz tuproqlar deb nomlanadi. Mexanik tarkibiga ko„ra tuproqning fizik, mexanik,
fizik kimyoviy va biokimyoviy xossalari o„zgaradi. Bular hammasi oqibatda
tuproq unumdorligiga ta‟sir ko„rsatadi.
Tuproqdagi mayda mineral zarralar chirindi va kalsiy karbonat birikmalari
ta‟sirida bir-biriga yopishib, donador holatga kelishini struktura elementlari deb
yuritiladi yoki shakli va kattaligi turlicha bo„lgan tuproq strukturasi vujudga
keladi. Tuproq strukturasi qanday vujudga keladi degan masala har qanday
dehqonni kiziktiradi, avvalo struktura paydo bo„lishida ko„p yillik g„allasimon va
dukkakli o„tlarni ahamiyati kattadir, ularni qoldiqlari chirishi natijasida bir-biriga
yopishqoq zarralar hosil bo„ladi. So„ngra o„simlik ildizlari tuproqni pastki
qatlamlariga kirib borib, zarralarni qo„zg„atadi, zichlaydi, donachalar vujudga
keladi, g„ovakchalar ildiz qurigach bo„shaydi, qayta ekilgan ekinlar ildizi oson
36
kiradi. Tuproq chuvalchanglari ham struktura hosil qiladi, chunki ular CH.Darvin
aytganidek, har gektarda 30-40 tonna tuproqni o„z tanalaridan o„tkazadilar.
Tuproq strukturasi sernam yoki nami qochib ketgach haydalganda,
chopilganda, kultivatsiya qilinganda, molalashda, boronalashda va boshqa sabablar
orqali buziladi, erlarga poda (chorva) haydash, jala, do„l kabi tabiiy ofatlar ham
strukturani buzilishiga olib keladi. Strukturani tiklash va strukturasiz erlarni
yaxshilash uchun organik o„g„itlar solish, almashlab ekish, sun‟iy struktura paydo
qiluvchi polimer preparatlarni qo„llash, tuproq etilganda ishlov berish, traktorlarni
erga kirishni kamaytirish kabi ishlarga e‟tibor berishimiz zarur.
Tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini hech qachon ikkinchi darajali qilib
qo„ymasligimiz zarurligini har bir odam yaxshi tushunmog„i lozim, aks holda
tuproq ishdan chiqib qolsa hosil miqdori kamayadi, sifati yomonlashadi.
Unumdorlik juda ko„p omillarga bog„liq ekanini yuqorida bayon etilgan fikrlardan
ko„rinib turibdi, shuning uchun tuproqni tirik mavjudod deb qabul qilib, unga zarur
bo„lgan, ozuqa, suv, havo, issiqlik, shuningdek, mikrobiologik, biokimyoviy va
kimyoviy jarayonlarni to„xtovsiz borishini ta‟minlaydigan tadbirlarni amalga
oshirishimiz kerak. Umuman tiriklik xususiyatini omili bo„lgan chirindi miqdorini
ko„paytirish, o„z vaqtida nam va havo bilan ta‟minlash, mineral o„g„itlarni
me‟yorida berish, almashlab ekish qoidasini buzmaslik kabi vazifalar turibdi,
shundagina biz unumdor tuproqlarni vujudga keltirgan bo„lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |