O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

Biometrik o„lchov va kuzatuvlar
. Urug„ unib chiqqandan keyin va 
bug„doy etilib pishgan davrda tajriba variantlari bo„ylab hamma qaytariqlarda 
haqiqiy ko„chat qalinligi aniqlandi. Kuzgi bug„doyning naychalash, boshoqlash, 
sut-mum pishish va etilib pishish davrlarda o„simlikning bo„yi o„lchandi. Bu 
o„lchovlar tajribani hamma variant va qaytariqlarida bajarildi. Buning uchun 
bug„doyning naychalash davrida har bir bo„linmada 100 tadan o„simlik belgilab 
qo„yildi. Keyingi o„lchovlar ham shu belgilangan o„simliklarda bajarildi. ¤simlik 
namunalari quyidagi miqdorda olindi; tuplashda 50 dona, naychalashda 25 dona, 
boshoqlashda 10 dona, sut-mum pishish va etilib pishish davrida 5 donadan. 
Olingan o„simlik namunalari tuplash, naychalash, boshoqlash, sut –mum pishish 
davrlarida (to„la butunligicha), etilib pishish davrida alohida-alohida (ildiz, poya va 
boshoq) bo„laklarga bo„linib soyada quritilib o„simlikning quruq massasi 
aniqlandi, keyinchalik tegirmonda yaxshilab maydalanib kimyoviy taxlillarga 
tayyorlandi. 
¤simliklar to„la boshoq hosil qilgandan keyin 1ta o„simlikdagi hosil bo„lgan 
boshoqlar soni aniqlandi. Buning uchun bo„linmada (ikki takrorlanishning hamma 
variantlarida) oldingi belgilangan yuz dona o„simlikning har bittasidagi hosil 
poyalari sanalib, 1ta o„simlikda o„rtacha chiqarildi. 
Kuzgi bug„doyning sut –mum pishish davrida 1m
2
dagi maxsuldor poyalar 
soni hisoblandi. Bu ish ikki takrorlanishning hamma variantlarida 1 bo„linmaning 
hududida esa 3 nuqtada bajarildi. (Maxsuldor poyalar deb o„simlikdagi eng baland 
poyaning 1/3 qismidan baland bo„lgan poyaga aytiladi). Kuzgi bug„doyning sut –
mum pishish davrida tajribani 2 qaytarig„ining hamma variantlarida beligilab 
qo„yilgan o„simliklarda (100 dona) boshoqning uzunligi o„lchandi va boshoqchalar 
soni topildi. 
Sug„orishlar ustidagi kuzatuvlar. 
Sug„orishlar tajriba tizimiga binoan 
belgilangan tartibda kuzgi bug„doyning rivojlanish davrlarini va belgilangan 
tuproq namliklarini inobatga olgan holda o„tkazildi. Bunda urug„ ekilishi bilan 
nam suvi berildi. Keyingi mavsumiy sug„orishlar bug„doyning unib chiqish, 
tuplash, naychalash, boshoqlash va sut –mum pishish davrlariga to„g„ri keldi. 


30 
Ob-havo kuruq kelgan yillari esa to„liq va bo„liq don hosili olish uchun 
mum- pishish va to„la pishish davrlarida ham engil sug„orish o„tkazish maqsadga 
muvofiq bo„ldi. Sug„orishni belgilashda naychalash davrigacha 0-50 sm, keyingi 
davrlarida esa 0-70 sm li tuproq qatlami hisobga olindi. 
Sug„orish ishlari tuprokning cheklangan dala nam sig„imiga nisbatan 
(CHDNS) to„rt xil: 65-65-60, 70-70-60, 75-75-70, 80-80-70 % tartibda amalga 
oshirildi. 
Sug„orishda berilgan suv miqdori CHippoletti suv o„lchash moslamasi 
yordamida o„lchanib, dalaning boshida uning tovoni 50 sm bo„lsa, tajribaning har 
bir qaytarilishiga suv kirishi va oqavaga chiqish joylarida tovoni 25 sm ligi
yordamida o„lchandi. 
Har sug„orish oldidan tuproqning namligi termostat torozi bilan 105 
0
S da 8 
soat davomida namunaning doimiy vazniga qadar quritilish yo„li orqali aniqlandi. 
CHDNS ning aniqlashda tuproqning mexanikaviy tarkibiga bog„liq ravishda 
gektariga 3 000- m
3
suv berish yo„li bilan amalga oshirildi. Bunda tuproqning 
namligi 1 metr chukurlikgacha har 10 sm qatlamda 3 takrorlanishda termostat 
torozi va mahsus neytron nam o„lchagich asbobi (Hydroprobe-503 DR) bilan 
aniqlandi. 
- SHuning bilan birgalikda tuproq zarrachalarini donadorlik darajasi 
kesmadan olingan namunalarda va mavsum davomida o„simliklarni asosiy 
rivojlanish davrlari bo„yicha 0-50 sm chuqurlikgacha har 10 sm qatlamlarda, 
keyinchalik esa har bir genetik qatlamlar bo„yicha aniqlandi. 
Mavsum oxirida har bir takrorlanishda suv me‟yori (yog„ingarchilik hisobga 
olingan holda) hisob –kitob qilinib, barcha sug„orish tartiblari uchun suv 
muvozanati aniqlandi. 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish