O„quv qo„llanmada suv xo„jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirish



Download 7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana20.07.2022
Hajmi7 Mb.
#825312
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
ej2AyPe8EpwGJmRkobHOp4Vw8gJkc5uJnYVYU13K

 


47 
Nazorat savollari: 
1. 
Tuproqning fizik xossalari nima va ular qanday aniqlanadi? 
2. Tuproqning mexanik xossalari nima va ular qanday aniqlanadi? 
3. Qishloq xo‘jaligi etishtirishda tuproqning fizik va mexanik xossalarini aniqlash 
nimaga kerak? 
3.2.1.Tuproqning fizik hossalari: tuproqning morfologik tuzilishi, unga tasnif 
berish, tuproqning hajm og„irligini, g„ovakligi va mexanik tarkibini, 
donadorligini, zichligini va qattiqligini aniqlash. 
 
Tuproqning agrofizik xossalarini o‘rganish. 
SHudgorlash usullari va 
chuqurligi, shuningdek, kultivatsiya chuqurligi va sonini o„rganish bo„yicha 
tajribalarda ishlov sifatini belgilovchi ko„rsatkich tuproqning uvoqlanish 
darajasidir. 
Tuproq uvoqlanishi hosil bo„ladigan tuproq donacha-fraksiyalarining foiz 
nisbati bo„yicha belgilanadi. 
Ishlov berilgandan so„ng agronomik jihatidan qimmatli fraksilar qancha 
ko„p shakllansa, tuproqning uvoqlanish darajasi ham, ishlov sifati ham shunchalik 
yuqori bo„ladi. 
Uvoqlanish darajasi tuproq namunasini ustma-ust joylashtirish va uni 
teshikchalari kattaligi 100, 50, 30, 5, 1, 0,5 va 0,25 mm bo„lgan elaklardan 
o„tkazish orqali aniqlanadi. Tuproq namunalari 5 takrorlanishda 50x50sm. li 
maydonlar tuprog„ining ishlov berilgan qavatidan kavlab olinadi. Kultivatsiyadan 
keyin egat oralig„idagi tuproqning uvoqlanish darajasini aniqlash uchun namunalar 
yumshatish kengligi va chuqurligidan, kultivator qamrovi kengligidan egatlarda, 
chunonchi, 4 qatorli variantlarda o„rtadagi 3 egatdan, 8 qatorlida o„rtadagi 3-6 
egatdan olinadi. 
Tuproqqa ishlov berish bo„yicha o„tkaziladigan tajribalarda 0-5, 5-10, 10-20 
sm. va h.k. qatlamlardagi namlik miqdorini bilish juda muhim. Bu maqsadda 
namunalar erta bahorgi tirmalash, chigit ekish oldindan yoki ekish tugagach, 
birinchi va keyingi sug„orishlardan avval olinadi. 


48 
Tuproqning hajm og„irligi va g„ovaklik ko„rsatkichlari o„tkazilgan ishlov 
turlarining tuproq qavatlari zichligiga, uvoqlanishiga, g„ovakligiga ta‟sirini 
ifodalovchi ko„rsatkichlardir. 
Tuproq hajm og„irligi erta bahorgi tirmalashdan avval, ekishdan so„ng, 
birinchi va uchunchi suvlardan oldin, amal davri oxirida bo„lakning 5 nuqtasidan 
0-10, 10-20, 20-30, 30-40 va 40-50 sm.li qatlamlarda aniqlanadi. Ayrim 
tajribalarda haydov qatlami shakllanishi davomida yuz beradigan o„zgarishlarga 
kuzgi shudgor, uning chuqurligi, zaxira suvi yoki sho„r yuvish, kuz-qish va bahor 
pallasida yoqqan yog„inlar, bahorgi ekish oldi ishlovlari va ekish, amal suvlari, 
kultivatsiyalar ta‟sirini o„rganish uchun hajm og„irligini aniqlashga mo„ljallangan 
ishlar ko„proq o„tkaziladi. Masalan, er haydashdan avval va keyin, zaxira suvi va 
sho„r yuvishdan so„ng, erta bahorgi tirmalashgacha, chigit ekilgandan keyin 1va 2 
chi suvdan oldin va amal davri oxirida. 
Ekishgacha yoki g„o„zaning amal davrida tuproqqa ishlov berish chuqurligi 
va usullari o„rganilayotganda variantlaraor farqni aniqlash uchun muhim bo„lgan 
ko„rsatkichlar quyidagilar: tuproqning suv o„tkazuvchanligi va suvda yuvilishiga 
bardoshli agregatlarning miqdorini aniqlash. Suv o„tkazuvchanlik sug„orishlar 
oldindan aniqlanadi. Tuprq agregatlari tahlili bahorda, ekishdan keyin va 
sug„orishlar tugagandan keyin o„tkaziladi.

Tuproq va o‘simliklarning agrokimyoviy tahlili. 
Ekishgacha, amal davrida 
va amal davri oxirida tuproqqa ishlov berish bo„yicha tajribalarda tuproq va 
o„simliklarning agrokimyoviy tahlillari o„tkazilishi zarur. 
Tajribada uning vazifalariga ko„ra, gumus, yalpi azot, fosfor, kaliy, nitratlar, 
amiak va o„simlik o„zlashtiradigan fosfatlar miqdori aniqlanadi. Bunda 
sho„rlangan erlardagi tuproqlarning sho„rlanish darajasini kuzatish, albatta zarur.
G„o„za asosiy oziqa moddalarni o„zlashtirishni aniqlash uchun o„simlikda 
rivojlinish davrlari bo„yicha kimyoviy tahlil o„tkaziladi.
Tuproq mikrofloriyasini kuzatish. 
Kuzgi shudgorning turlicha chuqurligi va 
o„tkazish texnologiyasi, amal davridagi kultivatsiyalar soni va chuqurligi tuproq 
mikroflorasi soni va sifat tarkibiga, turli qatlamlarda taqsimlanishga jiddiy ta‟sir 


49 
ko„rsatadi. Tuproqning ayrim qatlamlari bo„yicha mikroflora tavsifi tajriba 
variantlarida kechayotgan jarayonlar yo„nalishini tasavvur etish, tuproq 
unumdorligidan imkoni boricha ko„proq foydalanish uchun qulayroq sharoitlarni 
belgilashga imkon beradi. 
Tuproq mikroflorasini kuzatish aprel-may, iyun, iyul, oktyabr-noyabr 
oylarida o„tkaziladi. 
Sug‘orishda suvni o‘lchash.
Tuproqqa ishlov berish bo„yicha tajribalarda 
amal davri sug„orishlarda berilgan suv miqdori, albatta, o„lchanish kerak. Buning 
uchun maxsus suv o„lchagich-suv o„tkazgichlar va boshqa moslamalardan 
foydalaniladi (sug„orish bo„limiga qarang). 
Tajriba qo„yishning asosi bo„lgan yagona farq tamoyili bo„yicha tuproqqa 
ishlov berish usullari, texnologiyasi yoki ishlov chuqurligi o„rganilganda amal 
davri sug„orishlarining barchasida bir xil me‟yorida suv berish zarur. 
Masalan, shudgor yoki yumshatishning turlicha chuqurligi, erta bahorgi va 
ekish oldindan ishlovlar chuqurligi, g„o„zaning amal davridagi kultivatsiyalar 
chuqurligi va b.q. o„rganilganda har bir sug„orishda mavsum bo„yicha barcha 
variantlarga bir me‟yorda suv beriladi. 
 
Oddiy va plyonka ostida 
ekish
 
tuproqda
 
maqbul harorat kuzatilganda 
boshlanib, barcha variantlar uchun ekish muddati va usuli, ekish me‟yori, ekish 
chuqurligi va sh.k lar bo„yicha teng sharoit yaratiladi. Bunda, shuningdek, plyonka 
turlari, ular olinadigan muddatlar ham aniqlanadi. 
G„o„za parvarishda hosil-yig„im terimida mexanizatsiya keng qo„llanilishi 
munosabati bilan chigit ekishda, egatlarning to„g„ri va enlamalari oralig„i oddiy 
egatlar kengligi bilan bir xil bo„lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu talablarga 
amal qilingandagina qo„llanilayotgan mashinalarning yuqori samaradorligiga va 
qo„l mehnati sarfini kamaytirishga erishish mumkin. 
Buning uchun seyalkalar sinchiklab tayyorlangan, marker esa zarur 
kenglikka juda aniq o„rnatilgan bo„lishi zarur. Ekishda qatnashayotgan traktorchi 
yuqori malakali bo„lishi darkor. 


50 
Kultivatsiya, egat va boshqalarning chuqurligini o‘lchash. 
G„o„za qator 
oralarini uzunasiga yoki ko„ndalangiga o„lchash amallarini o„tkazishda, uning har 
xil chuqurligini, egat chuqurligi yoki o„g„it solinadigan chuqurlik samaradorligini 
o„rganishda tuproqni yumshatish chuqurligi, egat chuqurligi va kengligi, o„g„it va 
boshqa oziq moddalar solishning haqiqiy chuqurligi haqida ma‟lumotlar zarur 
bo„ladi. Bunday ma‟lumotlarni chuqurlik o„lchagich asbobidan foydalanish orqali 
olish mumkin.
3
(4.2-chizma). 

Download 7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish