Mavzu: Tuproqning fizik mexanikaviy xossalari
TUPROQNING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI ANIQLASH
Tuproqning fizik-mexanik xossalariga plastikligi, yopishqoqligi, ko‘pchishi va cho‘kishi, ilashimligi, qattiqligi, solishtirma qarashligi va fizikaviy yetilishi singarilar kiradi.
Fizik-mexanik xossalari tuproqning texnologik xususiyatlarini baholashda, ya’ni yerlarni ishlashning turli sharoitlarini aniqlashda, ekish va yig‘ib-terib olish agregatlari- mashinalarning ishlash holatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Tuproqning fizik-mexanik xossalari ishlov berishda uning uvalanishiga, ko‘rsatiladigan solishtirma qarshiligiga sarflanadigan energiya miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek tuproqning bu xossalari urug‘larining unib chiqish, o‘simlik ildizlarining tuproqda tarqalish holatini va o‘simliklarning o‘sib rivojlanish sharoitlarini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |