64
1.
Sug‘orishning texnik elementlarini tanlash egat uzunligiga qo‘yiladigan talab
nima?
2. Sug‘orishning texnik elementlarini tanlash egatning ko‘ndalang kesim yuzi qanday
aniqlanadi?
3. Sug‘orishning texnik elementlarini tanlash egatdagi suv sarfi nima?
5. Dala tajribalarida sug„orish usullarini qo„llash.
5.1. Sug„orish usullarini qo„llash bo„yicha tajribalar qo„yishni tashkil etish.
Sug„orish tartibi va suv qo„yish texnikasini ishlab chiqish uchun sug„orish
soni va muddatlari har variant uchun o„simliklar talabi asosida belgilanishi kerak.
Ko„p yillik tadqiqotlar natijasida o„simliklar suvga bo„lgan
talabini
belgilaydigan tuproq namligi, bargning so„rish kuchi, o„simlik shirasining
konsentratsiyasi, o„simliklar rivojlanishining tashqi belgilari va b.q. ko„rsatkichlar
ishlab chiqilgan.
Bu ko„rsatkichlardan tuproq-iqlim zaxob sho„rlanganligi va joylashish
chuqurligi turlicha sharoitlarda g„o„zaning maqbul sug„orish tartiblarini,
navlarning sug„orish
tartibini, shuningdek, sug„orish tartiblarini o„g„itlash bilan
birgalikda, tup qalinligi va boshqa omillarni o„rganishda foydalaniladi. Ular
g„o„zaning yuqori hosil berish bo„yicha potensional imkoniyatlarini, shuningdek,
amal davridagi turli pallalarda o„simliklarning
suv tanqisligiga munosabati
namoyon etilishiga va suv tanqisligida hosil yo„qotilishining oldini olish choralari
ishlab chiqilishga imkon beradi.
G‘o‘zani tuproq namligi bo‘yicha sug‘orish.
G„o„zaning sug„orish
muddatini tuproq namligi bo„yicha belgilash eng ishonchli uslublaridan
hisoblanadi.
Paxtadan yuqori hosil olish uchun tuproqda o„simlik o„zlashtira oladigan
doimiy namlik bo„lishi kerak va unda maqbul namlik darajasi ta‟minlanishi zarur.
Ammo tuproqdagi namlik hamma vaqt ham o„simliklar o„zlashtira oladigan
holatda bo„lmaydi. Masalan, bir xil namlikda (12%) qumuq tuproqdagi o„simlikda
65
namlik tanqisligi seziladi, qumloq tuproqda esa, shu namlik o„simlik uchun maqbul
ko„rsatkichga yaqin bo„ladi.
SHuning uchun tuproq namligi o„simlik o„lashtira olishini ko„rsatuvchi
nisbiy qiymatlarida ifodalanadi. Bunday birlik cheklangan dala nam sig„imi
(CHDNS)ga nisbatan foizlarda hisoblangan namlikdir. CHDNS tuproq tuzilishi va
mexanik tarkibiga ko„ra, keskin o„zgaradi. Qumli tuproqlarda bu tuproq vazniga
nisbatan 10-11%, og„ir
soz tuproqlarda esa, 20-27% ga teng bo„ladi. Ushbu
ko„rsatkich o„simlik o„zlashtira oladigan namlikning pastki chegarasi deb atalib,
undan kam namlikda o„simlikda suv tanqisligi alomatlari, ya‟ni o„sishdan to„xtash,
hosil tugunchalarining to„kilishi, eng issiq paytda barglar turgorining yo„qolishi va
h.k. namoyon bo„ladi. Maqbul tuproq namligining pastki chegarasi hisoblangan bu
ko„rsatkich o„simlikda suvga ehtiyoji paydo bo„lganini bildiradi, sug„orish muddati
kelganidan dalolat beradi. Bu birlik CHDNSga nisbatan foizda ifodalanadi, turli
tuproqlarda har xil qiymatga ega. Masalan, g„o„za gullashigacha
va gullash-hosil
tugish pallasida u 65 dan 75% gacha o„zgaradi. Faqat ko„sak ochilgan paytdagina
namlik 55-60 gacha kamaytirilishi mumkin.
Tuproq maqbul namligining pastki chegarasini turli tuproq-iqlim
sharoitlarida rivojlanish davrlariga qarab, har xil namlikni talab qiladi. SHuning
uchun har bir navga mos maqbul namlik tizimini ishlab chiqish maqsadida turli
variantlar sinab ko„riladi: CHDNSga nisbatan 65-65-60 (65%), 65-70-60 (65%),
70-70-60 (65%) va 75-75-60 (65%). Bu uch hadli tizimning
birinchisi-shonlash
davrigacha namlikni, ikkinchisi-gullash-hosil tugish davridagi va uchinchisi-paxta
ochilishi davridagi namlikni ifodalaydi. Erta pishar g„o„za navlari sug„orish oldi
namlikning yuqori bo„lishini talab etadi. SHuning uchun ular tizimiga CHDNSga
nisbatan 80-80-60 (65) tizimi kiritiladi.
O„rta sho„rlangan va zaxob yuza joylashgan erlarda sug„orish oldi namligi
tizimini quyidagicha bo„lishi kerak: 70-70-65%, 70-80-65%.
Zaxob yuza bo„lganda namlik bo„yicha sug„orish mumkin emas, chunki u
CHDNS dan yuqoridir. G„o„za rivojlanishning ba‟zi davrlari uchun ham sug„orish
66
oldi namligini o„zgartirish mumkin (masalan, 70-75-60%, 75-70-60% va b.q.)
belgilangan namlikdan farq CHDNSga nisbatan 1-2% dan oshmasligi kerak.
Sug„orish me‟yori dala nam sig„imidagi namlik zaxirasi bilan sug„orish
oldidan aniqlangan namlik orasidagi ayirma +10% (bug„lanishga sarf bo„lgan suv)
dan iborat bo„ladi.
Tuproq namligi bo„yicha sug„orish muddati aniqlanishida o„simlikning ildizi
tarqalgan qatlam hisobga olinadi. Zaxob chuqur joylashgan
erlarda birinchi suv
(shonalashgacha) muddati 0-50 sm. chuqurlikdagi tuproq namligi bo„yicha
aniqlanadi. Ikkinchi suvdan boshlab gullash davrida 0-100 sm. dagi namlik
bo„yicha beriladi va oxirgisi paxta ochilishida 0-70 sm. qatlamdagi namlik
bo„yicha aniqlanadi.
O„tloq tuproqlarda (zaxob 1,5-2 m.) gullashgacha sug„orish muddati 0-50
sm. qatlamda, gullash boshlanishi bilan 0-70 sm. dagi tuproq namligi bo„yicha
belgilanadi.
O„tloqi va o„tloq-botqoq-tuproqlarda (zaxob 1 m atrofida) amal davri
davomida 0-50 sm. tuproq qatlami namligi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: