17
imkonini bermaydi. SHuning uchun takrorlanish (qaytariq)larni qator (yarus)lar
bo„yicha joylashtirish mumkin (1.2.2 va 1.2.3-chizmalar). Ikki va undan ortiq
parallel
qatorlardagi
variantlarning
joylashish
tartibi
turli
qatorlardagi
takrorlanishlarda shunday o„zgartirilishi kerakki, toki,
bir xil raqamli variantlar
xududiy yonma-yon joylashib qolmasin.
1
2
3
4
5
I
5
1
2
3
4
II
3
4
5
1
2
III
2
3
4
5
1
IV
I
II
1
2
3
4
1
2
3
4
3
4
1
2
3
4
1
2
III
IV
1.2.2.chizma.
Tajriba
takrorlanishlarining 4 qator (yarus)da
joylanishi.
1.2.3.chizma
. Tajriba
takrorlanishlarining 2 qator (yarus)da
joylashishi.
Tajribasining qo‘yish texnikasi.
Tajriba dalasida takrorlanishlar va bo„laklar
avvaldan chizib tayyorlangan tizim asosida joylashtiriladi. Unda barcha
bo„lakchalarning hamma takrorlanishlar bo„yicha tomonlari o„lchami ko„rsatilgan
bo„ladi.
Tajribani dalada qo„yishda (bu tajribaning muhim shartidir) uning ijrochisi
shaxsan o„z yordamchilari-ilmiy-texnik xizmatchilar bilan, albatta, qatnashishlari
shart.
Tajribani qo„yishda quyidagilar oldinda tayyorlab qo„yilgan bo„lishi zarur:
20 metrli ruletka, uzun pishik kanop ip, nishon ko„rsatuvchi 3-5
ta tayoq,
qoziqchalar, burchaklarni belgilovchi qoziqlar. Qoziqchalar barcha bo„laklar soni
ikki marta ko„paytirilganidan ham 8-10 dona ko„p bo„lishi talab etiladi.
Tajribaning umumiy ko„rinishi belgilangach, u variantlar bo„yicha bo„laklarga
ajratiladi.
Dalaning burchaklaridan birida boshlang„ich nuqtani belgilab, bo„laklarning
qisqa tomonlariga qoziqlar qoqilib aniq belgilanadi. Eng muhimi, ish benuqson,
sifatli bajarilishi va burchaklar qoqilgan qoziqlar bo„yicha to„g„ri chiziqni tashkil
18
etishi zarur. Buning uchun dalaning uzun tomoni bo„ylab oldindan ip tortiladi.
Agar tegishli tomon uzun bo„lib, ipni tarang tortish imkoni bo„lmasa, nishon
ko„rsatuvchi 2-3 tayok u bilan taranglashtiriladi. Ip yonidan ruletka tortilib, tasmasi
bo„yicha o„lchab, qancha variant sig„sa, shuncha qoziq qoqib belgilanadi (qoziq
tasmaning ko„rsatkichi oldiga hamma vaqt bir tomondan qoqiladi). So„ng
ruletka
yana suriladi, keyingi bo„lakning qarama-qarshi tomoni o„lchab belgilanadi. Bunda
bo„lakning yuqorigi va pastki chegarasi birinchi egatga nisbatan to„g„ri burchak
hosil qilish kerak.
Barcha hollarda qoziqlar silliqlangan tomoni (unda bo„lak va takrorlanish
raqami va b.q. yoziladi) bilan muayyan bo„lakning ichki tomoniga qaratilib
qoqiladi. Bu uning qaysi bo„lakka ta‟luqligini bildiradi. Takrorlanish chegarasida
esa ikkitadan qoziq qoqiladi.
Har bir tajriba dalasida doimiy dastlabki nuqtani aniq belgilab qo„yish
zarur.Unga ko„ra xoxlagan vaqtda bo„lak chegarasini bilish mumkin.
Tajriba dalasi chegaralarini belgilab qo„yishning ko„pgina usullari mavjud.
Ularning hammasida asosan dala chekkasidagi doimiy nuqtalar (ariq bo„yi, yo„l
yoqasi elektr ustunlari, daraxtlar va h.k.) ko„zda tutiladi.
Mana shu nuqtalarda
doimiy qoziqlar o„rnatiladi (dala chekklarini belgilovchi qoziqlar). Doimiy
nuqtalar bilan tajriba dalasi burchagida o„rnatilgan qoziqqacha bo„lgan masofani
bir necha marta diqqat-e‟tibor bilan o„lchab, natijasi dala daftariga yozib qo„yiladi.
Mabodo burchakdagi qoziq yo„qolsa, daftardagi yozuvga qarab, uni tiklash
(o„lchash yo„li bilan) mumkin.
Doimiy o„rnatiladigan qoziqlar turli ashyolardan tayyorlangan bo„lishi
mumkin. Ko„pincha tag tomoniga ko„ndalang to„sin qoqilgan yo„g„on yog„och
qoziq 50-70 sm chuqurlikka qoqiladi. Bunda shuningdek, temir quvur bo„lagi,
temir rels, hatto, tosh ustunicha ham o„rnatilishi mumkin.
G„o„za va g„allada o„tkaziladigan tajribalarda
zarur miqdorida hisobli va
himoya egatlari ajratiladi. Himoya egatlari o„rganilayotgan omilning yonma-yon
joylashgan bo„lakka ta‟sirini bartaraf etadi. Ajratiladigan himoya egatlarining soni
turli tipdagi tajribalar uchun turlicha bo„lishi mumkin. Himoya va hisobli qismlarni
19
belgilashning bir necha usullari ma‟lum, bo„laklar himoya va hisobli egatlarining
bir-biriga nisbatan esa turlichadir. Barcha tajribalar uchun umumiy talab shuki,
chekkadagi bo„lak (maydon oxiri) da ximoya egatlari 4 tadan kam bo„lmasligi
kerak. Buni quyidagi misollarda ko„rib chiqamiz:
Tajribadagi har bir bo„lakdagi 4 tadan va 8 tadan egat qoldirilgan.
A) 4 ta egat qoldirilgan variantda ekishda traktorning oldingi g„ildiragi
bo„lak markazidan yurishi kerak. SHunda bo„lakda 2 ta hisob egati ajratiladi,
ularning ikki yonida bittadan himoya egat qoldiriladi.
B) 8 ta egat qoldirilgan bo„lakda seyalkaning birinchi kirishida traktorning
oldingi g„ildiragi bo„lak himoya egatlari chegarasidan 120 sm.
uzoqlikda yurish
kerak.
Seyalka ikkinchi yurishda 8 egatli variantdagi ikkinchi bo„lak ekiladi. Navbatdagi
bo„laklarni ekish ham shu kabi amalga oshiriladi. Agar bo„lak 12 va undan
ko„proq qatorli bo„lsa, ekish va traktorning yurishi uning o„lchamiga
moslashtiriladi.
Bo„lakning har bir tomonidan 2 tadan emas, 1 tadan himoya egati qoldirish
ehtiyoji paydo bo„lsa, unda variantlar orasida 2 tadan himoya, 6 ta xisobli egat
bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: