84
Kutubxonachi
Kutubxonaning eng faol elementi kutubxonachi hisoblanadi.
Kutubxonachining faoliyati (kutubxona jamoasining)
kutubxonaning
barcha elementlarini o‘zaro hamkorlik qilishda, ularni ijtimoiy
mazmunini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kutubxonachi o‘zaro hamkorlikni tashkilotchisi sifatida, harakatsiz,
passiv bo‘lib qolgan kitoblar uyumini, jonli
organizmga aylantirishi
mumkin. Bunga u kitobxonlarni o‘rganish, kitobxonlar so‘rovlarini tahlil
qilish, kitobxonlar talablarini samarali amalga oshirish orqali erishadi.
Kitobxonlarni o‘rganish natijalari kutubxonachilik xizmatlarining
istiqbolini belgilash, kutubxona xizmatlaridan foydalanish sabablarini
aniqlash, aniq bir maqsadda fondning tarkibini
va tuzilmasini hamda
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning ta’sirchan vositalarini aniqlash
uchun zarurdir.
“Kutubxonachi” (kutubxona jamoasi) elementining asosiy
xarakteristikalari xodimlar soni, ularning yosh tarkibi, malaka darajalari,
jismoniy va aqliy qobiliyatlari,
ixtisosliklari, amaliy tajribalari va
mahoratlari, ijodiy imkoniyatlari va boshqalardir.
Moddiy-texnika baza
Kutubxona fondning, kitobxonlarning, kutubxonachining o‘zaro
hamkorliklari, (birligi), ya’ni kutubxonaning faoliyat ko‘rsatishi, har
doim qandaydir moddiy-texnika muhitida ro‘y beradi.
MTB -
“kutubxona” tizimining boshqa elementlari bilan bir qatordagi element
bo‘lib, uni tadqiqot qilish, o‘rganish, va zarur ishlanmalar yaratish
kutubxonashunoslik fanini boshqa fanlar bilan (arxitektura,
texnik
fanlar) o‘zaro aloqalariga bog‘liqdir.
Moddiy - texnik baza (MTB) tarkibiga kutubxona binolari, xonalari
va ularning muhandislik jihozlari, kutubxona jihozlari va mebellari,
kutubxona ichidagi transport, kutubxona jarayonlarini
avtomatlashtirish
va mexanizatsiyalash vositalari, elektron ilmiy - ta’limiy resurslar, nusxa
oluvchi va ko‘paytiruvchi texnikalar, aloqa va boshqalar kiradi.
Kutubxona MTBsi kutubxona fondini unumli joylashtirish, saqlash va
foydalanish, kitobxonlarga to‘liq, tezkor va qulay xizmat ko‘rsatish
sharoitlarini yaratsagina o‘zining ijtimoiy
vazifalarini unumli bajara
oladi. MTBning asosiy tizmlashtiruvchi mezoni: fondni saqlash va
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishdir.
Kutubxonalarni
murakkab
injener-texnologik
kompleksga
aylantirish moddiy-texnika bazalariga kutubxonashunoslik talablarini
qo‘yishni va kutubxona binolari va jihozlarini loyihalash va
85
foydalanishda hisobga olishni talab etadi.
Kutubxona binolarining va
jihozlarining sifati pastligiga ko‘proq kutubxona mutaxassislarini o‘zini
chetga olishlari sabab bo‘lmoqda, chunki ular kutubxona binolarining
loyihalashtirishda, ularni kompyuter va texnik vositalar bilan jihozlash
ishlarida qatnashmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: