Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Axborot-kutubxona muassasalarida yangi kutubxonachilik 
mutaxassisliklari va ularning faoliyati. Kutubxonachi-katologizator 
faoliyati 
Kutubxonachi-katalogizator o‘z ish faoliyatida axborot-kutubxona 
muassasalar fondiga kelib tushgan adabiyotlarga ishlov berish, ularni 
klassifikatsiyalashni, rasmiylatirish yo‘llarini bilishi zarur. Shu bilan 
birga u kutubxonaning elektron katalogi va resurslari bilan ishlash 
usullarini, nashrlarga ishlov berish, katalogini taqdim etish yo‘llarini 
ham bilishi shart. 
Kutubxonachi-katalogizator kutubxona fondini tashkil etish hamda 
shakllantirish, fonddagi kitoblarga ilmiy-texnik ishlov berish hamda 
kutubxona fondi bilan ishlashni ta’minlovchi hujjatlar turlari bilan 
ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Yuqoridagi ishlarni amalga 
oshirishda kutubxonachi-katalogizator universal o‘nlik klassifikatsiya, 
kutubxonachilik-bibliografik klassifikatsiya va boshqa jadvallar haqida 
umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. Ular axborot- kutubxona 
fondini yuqoridagi jadvallar asosida joylashtirish usullari bo‘yicha bilim 
va ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim. Shuningdek, KBK jadvalidagi 
na’munaviy bo‘linishlarini hamda adabiyotlarni joylashtirish tartibini 
puxta egallagan bo‘lishi kerak. Fonddagi adabiyotlarni alfavit, sistemali 
va sohalar bo‘yicha joylashtirishni bilishlari lozim. 
Zamonaviy 
kutubxonachi-katalogizator 
axborot-kutubxona 
muassasalarini avtomatlashtirish bosqichlarini, avtomatlashtirilgan ish 
o‘rinlarini tashkil etishni hamda ish jarayonlarida qo‘llashni, 
adminstratorning avtomatlashtirilgan ish o‘rninida ma’lumotlar bazasini 
yaratishni bilishi kerak. Kataloglashtiruvchining avtomatlashtirilgan ish 
o‘rnida adabiyotlarni kataloglashtirish jarayonlarini bilish hamda 
amaliyotda qo‘llay olishi zarur. 
Kutubxonachi-katalogizator elektron kutubxona faoliyatiga oid 
barcha normativ qonun hujjatlari va nizomlarni bilishlari va ularning 
tuzilishi hamda ularda berilgan ko‘rsatmalarni bajarilishiga oid 
ko‘nikmalarga, elektron kutubxonalarni yaratish bosqichlarini bilish va 
yarata olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi hamda elektron resurslarni 
yaratish metodikasini bilishi va ularni foydalanuvchilarga taqdim etish 
yo‘llarini bilishi kerak. 


104 
Kutubxonachi-katalogizatorning asosiy vazifalaridan biri kutubxona 
elektron kataloglarini shakllantirish va foydalanuvchilarning ulardan 
foydalanishlarini ta’minlay olishdir. Shuningdek u fondni targ‘ib 
qilishda reklama, internet tarmog‘ining ahamiyatini, dastur va 
materiallar asosida didaktik ko‘rgazmalar bilan ta’minlash va forum va 
videokonferentsiyalar ishini targ‘ibotini bilishi zarur. 
Kutubxonachi-katalogizator elektron kutubxona faoliyatida targ‘ibot 
ishlarini tashkil etishni, elektron kutubxona dasturlari orqali yaratilgan 
adabiyotlarning elektron shakllarini targ‘ib qilishni hamda targ‘ibotning 
ahamiyati va qo‘llanish usullarini har tomonlama egallagan bo‘lishi 
kerak. 
Sohalarga oid baza ma’lumotlarini yaratuvchi kutubxonachi faoliyati 
Ma’lumotlar bazasi-bu ma’lum bir predmet sohasiga oid 
tizimlashtirilgan ma’lumotlarining nomlangan to‘plamidir. Ma’lumotlar 
bazasi-axborot tizimlarining eng asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini 
yengillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi 
yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan 
ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish - bu dasturiy va apparat 
vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi 
shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. 
Ma’lumotlar bazasi yaratish bilan shug‘ullanuvchi kutubxonachi o‘z 
ish faoliyatida elektron katalog ma’lumotlar bazasini yaratish 
texnologiyasi, elektron resurslar yaratish va foydalanishning huquqiy 
jihatlari va Dubling yadrosining metama’lumotlar tizimini bilishi kerak. 
Shuningdek u EBSCO ma’lumotlar bazasi, yig‘ma elektron katalog va 
undan foydalanish, IRBIS, ARMAT va boshqa tizimini o‘rnatish va 
ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 
Ma’lumotlar bazasi yaratish bilan shug‘ullanuvchi kutubxonachi 
ARMAT yoki boshqa tizimda yangi ma’lumotlar bazasini yaratish, 
to‘liq 
matnli 
ma’lumotlar 
bazasini 
eksport/import 
qilish, 
Administratorning 
avtomatlashtirilgan 
ish 
o‘rnida 
(AIO‘) 
ma’lumotnomalar yaratish, bibliografik tavsif elementlarini kiritishda 
lug‘atlardan (dinamik bazadan) foydalanishni bilishi kerak. Shuningdek, 
bir va ikki muallifli adabiyotni bibliografik tavsif elementlarini 
tizimning elektron katalogiga kiritish, uch muallifli elektron resurs 
bibliografik tavsif elementlarini tizimning elektron katalogiga kiritish va 
tavsifga to‘liq matnni bog‘lash, mualliflar soni to‘rt va undan ko‘p 


105 
bo‘lganda adabiyotning bibliografik tavsif elementlarini tizimning 
elektron 
katalogiga 
kiritish 
hamda 
ko‘ptomli 
nashrlarni 
kataloglashtirishni bilishi zarur. 
Buning uchun u avvalo elektron resursning bibliografik tavsif 
elementlarini kiritish, elektron katalog ma’lumotlar bazasidagi 
bibliografik yozuvlarni tahrirlash,
-kitobxonning avtomatlashtirilgan ish o‘rni bilan ishlash, axborot-
kutubxona va axborot-resurslar markazlari uchun zamonaviy texnika, 
texnologiya va dasturiy ta’minot,
-korporativ 
kutubxona 
tizimlari 
va 
tarmog‘larini 
yaratish 
printsiplari, hamda korporativ kataloglashtirish usulidan foydalanish 
bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. 
Zamonaviy ma’lumotlar bazasi yaratish bilan shug‘ullanuvchi 
kutubxonachi elektron resurslarni yaratishda to‘liq matnli ma’lumotlar 
bazasini yaratishni, elektron kutubxona dasturlari orqali adabiyotlarni 
targ‘ib qilish va o‘zaro aloqalarni o‘rnatishni to‘liq egallagan bo‘lishi 
kerak. Shuningdek. u elektron katalogdan adabiyot va hujjatlarni qidirish 
usullarini, elektron katalogda bo‘lmagan adabiyotlarga buyurtma berish, 
buyurtmalar bilan ishlash (adabiyotlarni berish va qaytarib olish) ni 
bilishi lozim.
Axborot-kutubxona muassasasida qo‘llanilayotgan elektron tizimga 
adabiyotlarni bibliografik tavsif elementlarini kiritish, davriy nashrlar 
elektron katalogini yaratish, tizimining ma’lumotlar bazasidan kerakli 
yozuvlarni boshqa tizimlar ma’lumotlar bazasiga ko‘chirib o‘tkazish 
usulini egallagan bo‘lishi kerak.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish