Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

7.2.
 
 Axborot-kutubxona faoliyati tizimlarini obyektiv 
qonuniyatlarga asoslangan holda shakllanishi 
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimli rivojlanishining obyektiv 
xarakteristikasi 
Axborot-kutubxona 
faoliyatini 
tashkil 
etish 
va 
faoliyat 
ko‘rsatishining asosida tizimli, tizimli yondoshish tamoyili yotadi. 
Jahonning rivojlangan mamlakatlarini barchasida kutubxonalar lokal, 


118 
hududiy yoki milliy darajadagi turli xil birlashmalarni tashkil etadi va 
ular umumlashtirilgan terminda “kutubxonachilik tizimlari” deb nom 
olgan. 
Kutubxonachilik tizimlarini shakllantirishning asosiy metodik 
muammolaridan biri- ularni obyektiv xarakteridir. Obyektiv xarakter 
fan, ishlab chiqarishni, ta’limni, ilmiy-texnik axborotni, axborotga 
bo‘lgan talablarni umumiy qonuniyatlariga ko‘ra paydo bo‘ladi. 
Umumdavlat, milliy yoki hududiy ahamiyatdagi ilmiy muammolar, 
umuman fanda, tabiiy, texnika va ijtimoiy fanlarda yangi qonuniyatlarni 
shakllanishiga olib keladi. Buni ilmiy-texnika axborotini jadal 
rivojlanayotganligida ko‘rish mumkin. 
Fanlarni integratsiyalashuvi jarayonini chuqurlashishi, o‘zaro 
bog‘langan, umumilmiy va tarmoqlararo mavzularga bo‘lgan axborot 
talablarini mazmunini o‘zgarishiga olib keladi. Fan va ishlab 
chiqarishning tarkibini o‘zgarishi, yangi tadqiqot va texnologik 
metodlarni paydo bo‘lishiga, mutaxassislarni kasblarida jiddiy 
o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi va kasbiy qayta tayyorlov ishlarini 
amalga oshirishga olib keladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, 
axborotga bo‘lgan talablarni ikkinchi alohida muhim jihati, ularni 
dinamikligi, doimiy rivojlanish jarayonida ekanligi, mavjudlarini 
kengayib borishi, yangilarini qo‘shilib boruvchiligidir. 
Shunday qilib, fan, ishlab chiqarish, axborot oqimlarini va unga 
bo‘lgan talablarni umumiy qonuniyatlarin tahlil qilgan holda shunday 
umumiy xulosaga kelish mumkin. Zamonaviy sharoitda murakkab 
axborot oqimini komplektlash, tashkil etish, saqlash va ularning 
qidiruvini hamda kitobxonlarga zarur axborotni taqdim etishga alohida, 
boshqa kutubxonalar bilan aloqada bo‘lmagan kutubxonalar va idoraviy 
kutubxonalar tarmog‘i qodir emas. 
Kutubxonachilik tizimlarini shakllantirishga undovchi va ularni 
tartibga soluvchi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitidagi iqtisodiy 
munosabatlardir. O‘zlarini xarajatlarini ko‘paytirishlari natijasida, 
kutubxonalar tobora kamroq adabiyotlar xarid qilmoqda. Bunday 
holatdan chiqishning eng samarali usuli kutubxona resurslaridan o‘zaro 
foydalanish uchun koordinatsiya va kooperatsiyadan foydalanishdir. 
Axborot-kutubxona faoliyatini tizimli rivojlantirish kutubxonachilik 
munosabatlarida yangicha etiketni shakllantiradi. Muhim etik tamoyil-
o‘zarolik tamoyili buni ko‘rsatadiki, agar kutubxona faqat o‘zini 
qiziqishlariga ko‘ra harakat qilsa, oxir oqibat yaxshi oqibatlarga olib 


119 
kelmaydi. Shuning uchun umumiy maqsadga erishish uchun qandaydir 
harakatlarga bo‘ysunishi kerak. 
O‘zbekistonda bugungi kunda 17 mingga yaqin, turli idora va 
vazirliklarga qarashli kutubxonalar mavjud. Mamlakatni yagona 
kutubxonachilik tizimiga turli vazifalarni bajaruvchi, fondini tarkibi, 
kitobxonlar kontingenti, idoraga qarashligi har xil bo‘lgan kutubxonalar 
va axborot-kutubxona markazlari hamda axborot-resurs markazlari 
kiradi. 
Bularni ichida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli kutubxonalar 
tarmog‘i eng ko‘p hisoblanadi. Bu tizimga 12 ta ARMi, 199 tuman 
ARMi, 842 ta maktab ARMi, 8760 ta maktab kutubxonalari, 88 ta 
maxsus maktablar kutubxonalari, 27 ta mehribonlik uylari-internatlar 
kutubxonalari va boshqalar kiradi. Ularning umumiy fondi 41 mln.dan 
ortiqroq. 
Bunga 
Respublika 
ilmiy-pedagogika kutubxonasi 
va 
Respublika bolalar kutubxonasi fondlari ham kiradi. (Ma’lumotlarda 
o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin) 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalar tizimi 
yirik ilmiy kutubxonalar tarmog‘ini tashkil etadi. Unda 30 ta ilmiy-
tadqiqot 
institutlarining 
kutubxonalari 
va 
O‘zbekiston Fanlar 
Akademiyasini Fundamental kutubxonasi birlashgan bo‘lib, ularning 
umumiy fondi 5 mln. nusxadan ziyoddir. 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarmog‘iga qarashli 
kutubxonalar o‘quv jarayoniga xizmat ko‘rsatishi bilan bir qatorda ilmiy 
tadqiqotlar va ilmiy kadrlar tayyorlash ishlariga ham yordam ko‘rsatadi. 
Bu tarmoqga 64 ta oliy ta’lim muassasalarining kutubxonalari 
birlashgan. Ularni umumiy fondi taxminan 12 mln. nusxani tashkil etadi. 
Shuningdek, 58 ta akademik litsey kutubxonalari va 1150 ta kasb-hunar 
kollej kutubxonalari mavjud. (Ma’lumotlarda o‘zgarishlar bo‘lishi 
mumkin) 
Axborot-kutubxona faoliyati butunicha va har bir alohida kutubxona 
o‘zaro hamkorliksiz yashay olmaydi. Kutubxonachilik tizimini tashkil 
etish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi asosida, tizim yaratuvchi bosh 
belgi-o‘zaro hamkorlik, ya’ni kutubxonalarni ma’lum bir aloqalar, 
munosabatlar, hamkorlikdagi ishlaridir. 
O‘zaro hamkorlik kutubxonalarni yaxlit tizimga bog‘lab turuvchi va 
shu orqaligina bu kutubxonalar yaxlit tizim sifatida shakllanadi. 
Kutubxonalar bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi, ularni bir - biriga 
ta’sir o‘tkazishi va ularni bu o‘zaro harakatlari, axborot-kutubxona 
faoliyatini rivojlanishidir. 


120 
“O‘zaro hamkorlik”, “o‘zaro ta’sir ko‘rsatish”, “o‘zaro bog‘liqlik”, 
tushunchalari ko‘pincha sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. Lekin bu 
terminlarni ajrata olish kerak. Birinchisi umumiy bo‘lib, qolganlari 
xususiy bo‘lib, umumiy jihatni alohida tomonlarini aks ettiradi. 
Kutubxonalarni o‘zaro hamkorligini harakatga keltiruvchi kuch, bu 
ularni umumiy maqsadidir. Ya’ni ularni axborotga bo‘lgan talablarni 
imkon qadar to‘liq qondirishdagi faoliyatlaridir. 
Kutubxonalarni 
yo‘nalishlar 
yoki 
ish 
mazmuni 
bo‘yicha 
kutubxonachilik aloqalari quyidagi bo‘linmalarga bo‘linadi: fondni 
shakllantirish va undan foydalanish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, 
ma’lumot, bibliografik, ilmiy-tadqiqot ishlari va hokazo. Ular qisman, 
to‘liq emas, va to‘liq, oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. 
Kutubxonalarni 
o‘zaro 
hamkorlikdagi 
yo‘nalishlari 
o‘zaro 
bog‘lanmasdan 
rivojlanishi 
mumkin 
emas. 
Masalan, 
fondni 
shakllantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun, 
chiqayotgan, buyurtma berilgan va fondga kelgan adabiyotlar haqida 
yagona axborot tizimini yaratish zarur. Kutubxona fondlarini 
ixtisoslashtirish yig‘ma kataloglarni tashkil etishni talab qiladi, u esa o‘z 
navbatida bibliografik faoliyat bilan bog‘langan va hokazo.
Hozirgi sharoitda birinchi o‘rinda fondlarni shakllantirish bo‘yicha 
o‘zaro hamkorlik ishlari: komplektlashni koordinatsiya qilish, 
kutubxonalarning fondlari va ma’lumot apparatlari bo‘yicha yo‘l 
ko‘rsatkichlarni, kutubxonalarda saqlanayotgan va obuna bo‘linayotgan 
vaqtli matbuot asarlarini ko‘rsatkichlarini nashr etish, yig‘ma elektron 
kataloglar yaratish va boshqalar. 
Kutubxonachilik aloqalari idora ichidagi va idoralararo (sohalar va 
sohalararo) bo‘ladi. Kutubxona tizimlarini samarali faoliyat ko‘rsatishi, 
kutubxonalarni idoralararo o‘zaro hamkorligi, turli idoralarga qarashli 
kutubxonalarni o‘zaro majburiyatlari va o‘zaro bog‘liqliklari darajasi 
bilan belgilanadi. Kutubxonalarni idoralararo hamkorligi, o‘z navbatida 
har bir idora-soha tarmoqlarini qay darajada o‘z resurslarini 
rivojlantirganligiga va ichki o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yilganligiga 
bog‘liqdir. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish