6.3. Axborot-kutubxona faoliyati va kutubxonachilik
mutaxassisligi turlari
Kutubxonachilik kasbini yagonalik tamoyili, uni tabaqalanishi
tamoyili
bilan
to‘ldiriladi.
Kutubxonachilik
kasbi
ko‘plab
kutubxonachilik mutaxassisliklar bilan o‘zini namoyish etadi. Kasbni
ichida vazifa va majburiyatlarni belgilanishi bir qancha parametrlarni
ajratib
ko‘rsatish
imkonini
beradi.
Bu
esa
kutubxonachilik
mutaxassisliklarini, kutubxonachilik faoliyatining turlarini, shuningdek
kutubxonachilik ishidagi lavozimlarni klassifikatsiyalash imkonini
beradi.
Ushbu parametrlardan biri kutubxonachining jamoadagi rasmiy
o‘rni hisoblanadi (direktor, bo‘lim sho‘ba mudiri, bosh kutubxonachi,
kutubxonachi va hokazo. Kutubxonachilik mutaxassisliklari doirasida
tabaqalash turli faoliyat turlarining zaruriyati natijasida xulosa
100
chiqariladi.
Kutubxonachilik
kasbi
doirasida
kutubxonachilik
mutaxassisliklari tuzilmasi quyidagicha aniqlanadi:
Kutubxonalarni turlari va tiplari, ularni vazifalari bo‘yicha;
Kutubxonachining vazifasi (faoliyat turi bo‘yicha);
Hujjatning xarakteri va mazmuni bo‘yicha;
Kitobxonlar kontingentini o‘ziga xosligi bo‘yicha.
Dastlab, kutubxonachilarni tabaqalashtirish kutubxonalarni turi va
xili bo‘yicha o‘ziga xosliklari hisobga olinadi. Kutubxonachilarni
mutaxassisliklar bo‘yicha tabaqalash asosida talablarni qondirilishi
yotadi:
-yoki kasbiy axborotga bo‘lgan talablar (ilmiy,ishlab chiqarish,
boshqaruv, o‘quv, ijodiy),
-yoki inson faoliyatining nokasbiy sohasi bo‘yicha axborotga
bo‘lgan talablar (umumta’lim, umummadaniyat, estetik, bo‘sh vaqtdagi
qiziqishlar)
Kutubxonachilik kasbi doirasida mutaxassisliklar vujudga keldi.
Ular asosan yirik kutubxonalarda, mehnatni vazifalarga ko‘ra bo‘linishi
natijasida paydo bo‘ldi (fondni komplektlash, kataloglashtirish,
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, ma’lumot-bibliografiya xizmati va
boshqalar).
Turli xil mutaxassisliklar xodimlardan tegishli kasbiy-shaxsiy
sifatlarni rivojlantirishni talab etadi:
-jonkuyarlik;
-vaqt tig‘izligida tez harakat qilish qobiliyati;
-yaxshi xotira;
-har qanday zarur ishga o‘zini majbur eta olish;
-belgilangan vaqtda ishni bajarish;
-vazminlik;
-chidamlilik;
-his-tuyg‘u bo‘yicha bardoshli;
-chiqishimli va hokazo.
Hozirgi kunda kutubxonalar kompleks ravishda, axborot markazlari
sifatida, maslahatlar yoki servis markazlari sifatida, turli xil an’anaviy
va kompyuter vositalaridan foydalangan holda rivojlanmoqda.
Zamonaviy kutubxonachi - bu axborot va qayd etilgan bilimlar bo‘yicha
yuqori
malakali
mutaxassis-maslahatchidir.
Avtomatlashgan
kutubxonachilik jarayonlari, kompyuterlardan foydalanish yangi,
qo‘shimcha bilimlar, qobiliyat va ko‘nikmalarni talab qiladi:
101
-Kutubxonachini
kompyuter
bilan
muloqot
qila
olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
-Zarur rejimda axborot-bibliografik qidiruvni amalga oshirish
qobiliyatiga ega bo‘lishi;
-Kitobxonlarda
axborot
madaniyatini
shakllantirish,
ularni
adabiyotlarni avtomatlashtirilgan qidiruv ko‘nikmalariga o‘rgata olishi;
-Avtomatlashtirilgan tizimlarni imkoniyatlarini targ‘ib qilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Kutubxonalarda yangi texnika vositalarini joriy etilishi, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu esa quyidagi
mutaxassisliklarni
kutubxonachi
-
texnolog
va
bir
qancha
mutaxassisliklarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Tarmoq kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanishdagi
koordinatsiyalash
quyidagi
mutaxassisliklarni talab qiladi:
-ma’lumotlar bazasi administratori;
-axborot tizimlari menejeri;
-WEB-sahifalarni yaratish va yangilovchi mutaxassis.
Shuningdek, kutubxonachilar elektron nashriyot faoliyati sohasidagi
mutaxassisliklarga
moslashmoqdalar,
kutubxona
xodimlari
va
foydalanuvchilar uchun Internetni o‘rgatish bo‘yicha (trening),
telekonferentsiyalar tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar kerak.
Boshqa tarafdan esa kutubxonachilik kasbidagi o‘zgarishlarga
ko‘plab ommaviy kutubxonalarni ijtimoiy moslashuvi natijasida
quyidagi mutaxassisliklar paydo bo‘lmoqda:
-kutubxonachi-psixolog;
-kutubxonachi-pedagog (bolalar kutubxonalari uchun);
-ijtimoiy
himoyalanmagan
aholiga
xizmat
ko‘rsatuvchi
kutubxonachi.
Kutubxona dizayni bo‘yicha mutuxassislar tayyorlash ham
maqsadga muvofiq bo‘lar edi, chunki hozirda kutubxonalarda bu
masalaga katta e’tibor qaratilmoqda.
Keyingi yillarda kutubxonachilar tomonidan ijtimoiy, marketing
tadqiqotlarini o‘tkazilishi, amaliyotda quyidagi mutaxassisliklarni
keltirib chiqarmoqda:
-kutubxonachi-marketolog;
-kutubxonachi-sotsiolog;
-kutubxonachi-tadqiqotchi.
Kutubxonachi bugungi kunda grant olish uchun asoslab berishi, u
yoki bu ijtimoiy dasturni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini
102
yozma ravishda isbotlashi uchun ilmiy tadqiqot, kasbi bo‘yicha va
umumiy dunyoqarishi bo‘yicha keng fikrlay olishi zarur. Bularni
barchasi
kutubxonachilik
faoliyatini
va
kutubxona
xodimini
intellektuallashuvini talab qiladi.
Hozirgi kunda kutubxonalar va kutubxonachilar jamiyat uchun
ochiq bo‘lib borayotganliklarini sezmaslik mumkin emas. Ularni
oshkoraligi keng ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilish,
kutubxonachilardan yuqori madaniyatni, jumladan nutq madaniyatini,
axloq-odob qoidalarini bilishni va unga amal qilishni, o‘zlarini
imidjlariga qarab yurishlarini taqozo etadi.
Kutubxonalarni
tashkiliy
tuzilmalarini
murakkablashuvchi
natijasida, boshqaruv bilimlariga va menejerlik qobiliyatlariga bo‘lgan
talablar ortib bormoqda. Hozirgi kunda kutubxonachilik ishini yirik
masshtablarda
amalga
oshirilayotganligi,
texnologiyalarni
murakkablashuvi, kutubxona ichidagi va tashqarisidagi aloqalar,
kutubxonachilik resurslariga bo‘lgan xarajatlarni oshishi, bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish va boshqa muassasalar bilan
raqobatlar boshqaruv faoliyatini sohasini o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.
Shuning uchun kutubxonachi bilishi kerak:
-marketingni;
reklamani;
-"PR texnologiya"(jamoatchilik bilan aloqalarni);
-fandreyzinni ( mablag‘ topish yo‘llari) boshqacha etganda keng
diapozondagi boshqaruv yo‘llarini bilishi kerak.
Kutubxonachilik
faoliyatini
maxsus
turi-kutubxonachilik
amaliyotiga yangiliklarni joriy etishni o‘rganish, ishlab chiqish va joriy
etishdir. Bu soha mutaxassislarini metodistlar deb nomlanadi.
Metodistlar kutubxonachi-amaliyotchilar va innovatsiyalar o‘rtasidagi
vositachilar bo‘lib ular mamlakatimiz va chet el kutubxonalarida
mavjuddir. Ular eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan xizmatchilar bo‘lib,
uning axborot maydonida kutubxonachilik ishi nazariyasi va amaliyoti,
qonunlar va yuridik aktlar, marketing va menejment, tashqi muhitning
holati
va
kutubxona
xodimining
kasbiy
sifati,
hududdagi
kutubxonachilik holati haqidagi ma’lumotlar joy olgan.
Kutubxonachilik mutaxassisliklarini ta’riflash va natijalarni tahlil
qilish ularni kvalifikatsion xarakteristikasi yoki professiogrammasi
sifatida rasmiylashtiriladi. Kutubxonachi-professionalning faoliyatini
baholashda uni ma’lumot (bilim) darajasi, kasbiy tayyorgarligi
(malakasi, qobiliyati, ishlab chiqarishdagi tajribasi, shaxs sifatida
103
psixofizologik xarakteristikasi, kasbiy axborotlarga ega ekanligi,
harakatchangligi)
asosiy
element
hisoblanadi.
Zamonaviy
kutubxonachining muhim sifati uni kasbi bo‘yicha uzluksiz o‘z bilimini
takomillashtirib borishga qaratganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |