6.2. O‘zbekistonda kutubxonachi kadrlar tayyorlash va
malakasini oshirish
Insonning jamiyatda tutgan o‘rni ko‘pincha uning mutaxassisligi va
professional faoliyati bilan aniqlanadi. Mutaxassislik deganda, maxsus
tayyorgarlik, bilim, qobiliyat va yashash manbai hisoblangan mehnat
faoliyati tushuniladi.
Kutubxonachilik kasbi alohida kasb, mutaxassislik sifatida XVII-
XVIII asrlarda shakllana boshlandi. Kutubxonachilik kasbining
mutaxassislik sifatida tan olinishini 1876 yil bilan, ya’ni dunyoda
birinchi bo‘lib kutubxonachilarning professional birlashmasi - Amerika
kutubxonachilar assotsiatsiyasi barpo bo‘lishi bilan chambarchas
bog‘lash mumkin.
Professional kutubxonachilik bilimlarini o‘qitish 1887 yildan
boshlab, ya’ni Germaniyada universitet miqyosida kutubxonachilik
bo‘yicha
kafedraning,
AQShda
esa
birinchi
kutubxonachilik
maktablarining ochilishi bilan boshlangan.
96
1908 yili Rossiyada kutubxonashunoslik Jamiyati ochildi va uning
tashabbusi bilan 1910 yili “Kutubxonachi” jurnali nashr qilina
boshlandi.
20-yillarda oliy va o‘rta pedagogik va maktabdan tashqari oliy
o‘quv yurtlari va texnikumlarida kutubxonachilik fakultetlari
(bo‘limlari) ochildi. Ammo, kutubxonachilik kasbining muammolarni
kompleks ravishda ilmiy asosda ishlab chiqish XX asrning 60-yillaridan
boshlandi.
O‘zbekistonda kutubxonachilik ta’limi XX asrning 20-yillari
oxirlaridan kiritila boshlandi, chunki shu davrga kelib ko‘plab tashkil
etilgan ommaviy kutubxonalar uchun kadrlarni tayyorlash maqsadida
kutubxonachilik kurslari ochila boshlandi. Ushbu tizim 70-yillarga qadar
faoliyat ko‘rsatdi.
1937 yili kutubxonachilik mutaxassisligini tayyorlash bo‘yicha
birinchi o‘quv yurti - Toshkent kutubxonachilik texnikumi ochildi. 50-
60-yillarning
oxirlarida
Namangan,
Qarshi,
Buxoro,
Nukusda
kutubxonachilik bo‘limi bo‘lgan madaniy-oqartuv texnikumlari ochildi.
Oliy kutubxonachilik bilimini berish 1958 yilga to‘g‘ri keladi,
chunki shu yili Qo‘qon pedagogika instituti qoshida kutubxonachilik
fakulteti ochildi, 1960 yili u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika institutiga, 1974 yili esa yangi tashkil etilgan Abdulla
Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutiga o‘tkazildi.
Fakultet “Kutubxona-axborot faoliyati boshqaruvi” fakulteti nomi bilan
qayta nomlandi va respublika kutubxonalari uchun bakalavr yo‘nalishi
va mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorladi.
XX asrning 70-yillarining o‘rtalaridan boshlab kutubxonachilik
mutaxassisligi kutubxonashunoslik fanining maxsus tadqiqot predmeti
bo‘la boshladi. Rossiya Federatsiyasining Moskva va Leningrad
madaniyat institutlari, Rossiya davlat kutubxonasi, Rossiya xalq
kutubxonasi, Ukraina Fanlar Akademiyasining kutubxonasi va boshqa
sobiq ittifoqning bir qancha yirik kutubxonalarida, kutubxonachilik
mutaxassisligining
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlarini,
mehnatdan
qoniqish, kadrlar davomiyligi, yosh mutaxassislarning professional va
ijtimoiy
moslashuvi,
kadrlarni
tayyorlashni
takomillashtirish
masalalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali izlanishlar amalga oshirildi.
1986 yili “Kutubxonachilik mutaxassisligi: hozirgi holati va
kelajagi” nomli ilmiy-tadqiqot ishi boshlandi va unda Toshkent davlat
madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona
xodimlari ham ishtirok etdi. Besh yil davomida oliy o‘quv yurtlari va
97
kutubxonalar, ularning o‘qituvchilari, xizmatchilari va talabalari
kutubxona
ishidagi
kadrlarning
holati,
qo‘nimi
va
harakati,
mutaxassislik statusi va nufuzi, va boshqa masalalar keng o‘rganildi.
Ushbu izlanishlar natijalari kutubxonachilik professiologiyasi
shakllanishini tezlashtirdi, bu ishga rus kutubxonashunos - olim A.S.
Chachko ulkan hissa qo‘shdi. U kutubxonaning nazariy-amaliy predmeti
sifatidagi - professiologiya atamasiga ta’rif berdi. Uning muammolari
keng doiradagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
-jamiyatda kutubxonachi mutaxassisligini roli va o‘rni;
-kutubxona mutaxassisligining tarixiy rivojlanish qonuniyatlari;
-kutubxona ishi turlarining ilmiy tasniflanishi;
-kutubxonachi
sotsial-psixologik
qiyofasining
o‘zgarishini
proznozlashtirish;
-kadrlarni uzluksiz ta’lim olish va malakasini oshirish tizimi;
-kutubxonachilik birlashmalari va asssotsiatsiyalar;
-kutubxonachilarning professional o‘z-o‘zini anglashi va hokazo.
Kutubxonachilik mutaxassisligiga qo‘yiladigan asosiy talablardan
biri - soha vakillarining ijtimoiy va professional pozitsiyada qat’iyatligi.
Kutubxonachi pozitsiyasi - bu dunyoga, kutubxonachilik haqiqatga va
kutubxona
faoliyatiga
intellektual
va
emotsional-baholovchi
munosobatda bo‘lish tizimi bo‘lib u uning faollik manbasi hisoblanadi.
Kutubxonachi pozitsiyasi orqali uning shaxsi, ijtimoiy orientatsiyasi,
fuqarolik xulqi va faoliyati turi shakllanadi. Kutubxonachining ijtimoiy
faolligi, shaxs sifatidagi ko‘rsatkichi kutubxonachi funksiyalarining
ijtimoiy rolini, professional majburiyat va g‘ururini, o‘zining
mutaxassisligini hurmat qiluvchi, kitobxonlar bilan pedagogik
munosabat madaniyati, professional o‘z ustida ishlash va o‘zini-o‘zi
tarbiyalash kabi uning professional mahorati hisoblanadi.
Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasi uning ko‘proq professional
pozitsiyasi va professional yo‘naltirilganligini anglatadi. Axborotlar
manbalari ichida bo‘lgan holda kutubxonachi hayotiy tajribani aniq,
haqiqiy aks ettiruvchi ma’lumotlarni tasvirlash va xotirada saqlashga
harakat qiladi.
Alohida ijtimoiy-professional guruh sifatida, kutubxonachilarni har
tomonlama o‘rganish uchun, ularni faqatgina mehnat faoliyati
sharoitlarida, ya’ni kutubxona ishi doirasida ko‘rish yetarli emasdir.
Kutubxonachi mutaxassisligining o‘rni va ahamiyati, uning xarakteri va
sifatiy xususiyatlarini jamiyati tomonidan kutubxonachilarga va
98
kutubxonachilik mutaxassislariga qo‘yilgan talablardan ham ko‘rish
mumkin.
Jamiyat uning rivojlanish bosqichiga qarab kutubxonachilarga u
yoki bu vazifalarni qo‘yadi va ularni aniq bir mazmun bilan to‘ldiradi,
rag‘batlantiradi
va
uning
ijrosini
nazorat
qiladi.
Kutubxona
mutaxassisligi bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tdi - kitoblarni
“saqlovchi”dan to “davlat va xalq g‘oyalarini targ‘ibotchisi” gacha.
Davlatimizning mustaqilligi sharoitlarida kutubxonachi ongining
professional tiklanish jarayoni sodir bo‘lmoqda. Uning ko‘p qirraligi,
ko‘p o‘lchovligi hozirgi vaziyatda nisbatan eskirgan va keraksiz
tasavvurlardan voz kechish imkonini yaratadi. Ko‘plab kutubxonachilar
kutubxonachilikning qayta tiklanishida faol qatnashmoqdalar, ish
sifatiga,
professional
ishga
yaroqlilik
talabi
kuchaymoqda.
Kutubxonachilar ko‘proq bevosita madaniyatni rivojlanishiga ta’sir
o‘tkazuvchi, ta’lim, axborot tizimlari va milliy ideologiyani
tarbiyalovchi ijtimoiy-professional guruhga aylanmoqda.
Yuqoridagi
fikrlar,
kutubxonashunoslik
nuqtai
nazaridan
yondoshgan holda bir qator mezon va parametrlarini ajratib ko‘rsatish
imkon beradi:
- kutubxonachilik xossalari va faktlarini yaxlitlikda, o‘zaro aloqada
va o‘zaro bog‘lanishda tahlil qilish;
- kutubxonachilikni o‘zaro harakat va ta’sirlari genezisini kuzatib
borish;
- kutubxonachilik harakatlarni kitobxon xulqidagi maqsad va
natijalari bilan mutanosiblashtirish;
- shakllangan shablon va stereotiplardan voz kechish, yangi
baholashlar, umumlashtirishlar, yondashuvlar, harakatlarni izlash va
topish;
- amaliy va ijodiy izlanishlarda nazariya va yangi fikrlarni qo‘llash;
- kitobxonlar bilan muloqotda mantiqiy faktlar va ishonarli
argumentlarni samarali qo‘llash.
Bugungi kunda O‘zbekistonda kutubxonachilik ishiga o‘zining
ulkan hissasini qo‘shgan mashhur kutubxonachilar, kutubxonashunos
olimlar va pedagoglar yetishib chiqdi, bular: E.K. Betger, N.A. Burov,
M.S. Viridarskiy, A.A. Garritskiylar bo‘lib, ular O‘zbekistonda
kutubxonachilik ishini boshlanishida fidokorona mehnat qildilar. Ularni
ishining davomchilari va o‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan
hurmatga ega bo‘lganlar va O‘zbekistonning kutubxona ishi tarixiga
umrbod kirganlar: M.P. Avsharova, A.I. Aliyev, F.N. Baybakova, L.K.
99
Bartashevskiy, P.A. Baranov, T.N. Krilova, M.N. Latipova, O.V.
Maslova, F.D. Manasipov, E.D. Svidina, J.M. Tadjiyeva, G.N. Umarov,
I.X. Xusanxo‘jayev va boshqalar. Ularning nomlari hozirda esdan
chiqarilgan, lekin chuqur o‘rganishga va fikrlashga loyiqdirlar.
Yosh mutaxassislarga o‘zlarining professional bilim va tajribalarini
berishga harakat qilganlar ichidan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish lozim:
Yu.B. Abramov, A.I. Ageyev, N.Yu. Avanesova, N.X. Asfandiyorov,
F.A. Blyaxarskaya, E.D. Belenkaya, E.K. Vasileva-Chebotaryeva, A.G.
Qosimova, A.I. Kormilitsin, S.N. Matorina, X. Mamatraimova, M.Ya.
Nosirova, Z.A. Nikolayeva, M.A. Raximova, M. Rashidova, M.Yu.
Sarkazova, N.V. Safonova, M.M. Turopov, L.P. Fomina, Sh.M.
Shamsiyev, K.K. Shabanova, E. Yo‘ldoshyev,T.Sh.Shokirov va
boshqalar.
Respublikamizning mustaqilligi yillarida 5 ta kutubxonachilarimiz
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”
yuksak unvoniga sazovor bo‘ldilar, bular: Sobirova V.T. (“Turon” nomli
Toshkent viloyat universal ilmiy kutubxonasi direktori), Maminova I.Z.
(A.Navoiy
nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktor
o‘rinbosari), Fayzullayev R. (A.Navoiy nomidagi O‘zbekiton Milliy
kutubxonasi bo‘lim mudiri), Yuldashyeva M.A. (A.Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘lim mudiri), Pulatova S.P.
(A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarkibiga kiruvchi
O‘zbekiston Kitob Palatasi bosh bibliografi).
Do'stlaringiz bilan baham: |