Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Nazorat savollari: 
1.
“Kutubxonalarni ijtimoiy funksiyasi” tushunchasining 
mazmuni nima? 
2.
Kutubxonalarni ijtimoiy funktsiyalari bo‘yicha chet el 
kutubxonashunosligida qanday qarashlar mavjud 
3.
Axborot - kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan 
biriga xarakteristika bering: hujjat (resurs). 
4.
Axborot - kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan 
biriga xarakteristika bering: kitobxon (foydalanuvchi)
5.
Axborot-kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan 
biriga xarakteristika bering: kutubxonachi (axborot-kutubxonachilik 
faoliyati mutaxassisi).
6.
Axborot-kutubxona muassasasining asosiy elemenlaridan 
biriga xarakteristika bering: moddiy-texnika bazasi (ta’minlanish). 
7.
Kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishining asosiy elementlari: 
tashqi muhit va qayta aloqa. Ta’rif bering. 
8.
Kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishining asosiy elementlari: 
kutubxona jarayonlarini faoliyati. Ta’rif bering. 


91 
9.
Kutubxonalarni faoliyat ko‘rsatishining asosiy elementlari: 
kutubxona faoliyatining natijalari. Ta’rif bering. 
10.
Axborot-kutubxona muassasasining tashkiliy strukturasini 
qanday aniqlash mumkin? 
11.
Ishlab chiqarish tuzilmasi deganda nimani tushunasiz? 
12.
Vazifaviy-texnologik tuzilmaning asosi nima?
 
 


92 
6- BOB. KUTUBXONACHILIK KASBINING IJTIMOIY, 
KASBIY VA SHAXSIY JIHATLARI 
6.1.
Kutubxonachi shaxsiga bo‘lgan umumkasbiy talablar 
Kutubxonachilik kasbiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri - 
uning namoyondalarining ijtimoiy va kasbiy pozitsiyalarining aniq 
bo‘lishidir. Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasi - bu uni faol 
bo‘lishini manbasi bo‘lgan, dunyoga intellektual va his-tuyg‘uli 
baholashli 
qarashlar, 
kutubxonachilikni 
hozirgi 
ahvoli 
va 
kutubxonachilik faoliyati tizimidir. 
Kutubxonachi 
shaxsining 
ijtimoiy 
faolligining 
integral 
ko‘rsatkichlari, kasbiy qadriyatlariga quyidagilar kiradi: 
-kutubxonachining ijtimoiy roli va vazifasini qanday tushunishi; 
-kasbiy burchi va izzat-nafsi; 
-o‘z kasbini hurmat qilishi; 
-kitobxonlar bilan pedagogik muloqoti; 
-kasbi bo‘yicha mustaqil bilim olish va o‘z - o‘zini tarbiyalashga 
bo‘lgan talab. 
Kutubxonachining ijtimoiy pozitsiyasini ko‘p hollarda uning kasbiy 
pozitsiyasi, kasbiy yo‘naltirilganligi orqali aniqlanadi. 
Kutubxonachilik faoliyatida har bir kutubxonachining oxirgi 
natijaga qo‘shgan hissasini ajratib olish juda qiyin jarayondir. Shuning 
uchun kutubxonachilik jamoalarini shakllantirish katta ahamiyatga 
egadir. Haqiqiy jamoaning asosiy qirralari quyidagilardir: 
-yaxshi psixologik muhit; 
-umumiy g‘oya, qarashlar, birdamlik; 
-ijodiy sharoit. 
Ushbu qirralar, jamoada umumiy ish, qiziqishlar, kutubxona 
faoliyatini maqsadi va mazmunini aniq bilgan holda ish jarayonida o‘z 
o‘rnini bilgan kutubxonachilar jamoalariga xosdir. 
Kutubxonachilar 
jamoasini 
shakllantirish, 
ijtimoiy-psixologik 
muammo bo‘lib, u shaxsning psixologik o‘ziga xosliklarini o‘rganishni, 
menejment asoslarini, bir qator ijtimoiy-psixologik muammolarni hal 
etishni talab qiladi. Kutubxonachilik faoliyati, boshqa faoliyatlar singari 
nafaqat miqdoriy, balki sifat o‘zgarishlari xarakteristikasiga ham egadir. 
Kutubxonachining mehnatini mazmuni va tashkil etilganligini, uni 
o‘z faoliyatiga ijodiy yondoshganligini e’tiborga olgan holdagina 
baholash mumkin. 


93 
Kutubxonachi shaxsining ijodiy potentsiali, u tomonidan to‘plangan 
ijtimoiy tajriba, maxsus kutubxonachilik, psixologik-pedagogik va 
boshqa bilimlar va yangi g‘oyalar, malaka va ko‘nikmalarga bog‘liq. 
Ular o‘ziga xos bo‘lgan yechimlarni topish va ularn qo‘llash, yangi 
shakl va metodlar topish va shu orqali o‘zlarini kasbiy faoliyatlarini 
takomillashtirishga erishadilar. 
Kutubxonachilik kasbini tashkil etish, o‘zida mustaqil ijodiy 
mehnatni, doimiy ravishdagi vazifalar bilan birga boshqa vazifalarni 
ham bajaruvchi mehnati, shuningdek qat’iy belgilangan muddatlarda va 
belgilangan tartibda amalga oshirishni taqozo etadi. 
Kutubxonachilik mehnatini mazmunini funksional tahlil qilish uni 
uchta asosiy kutubxonachilik xodimlari guruhiga ajratish imkonini 
beradi: 
1.Maxsus kutubxonachilik va boshqa sohalar bo‘yicha oliy 
ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar. Ular yuqori intellektual va 
kasbiy potentsialga ega bo‘lganligi sababli, kutubxonachilik faoliyatini 
nazariy va ilmiy aspektdagi kasbiy bilimlar va mahorat talab qiluvchi 
vazifalarni bajaradilar. 
2. O‘rta kvalifikasiyali kutubxonachilar, o‘rta maxsus ma’lumotga 
ega (kutubxonachilik yoki boshqa mutaxassisliklar) bo‘lganlar. Ular 
tashkiliy-texnologik 
kutubxonachilik 
jarayonlaridagi 
kompleks 
vazifalarni bajaradilar. 
3.Kutubxonachining 
yordamchilari 
(kichik 
kutubxonachi, 
yordamchi personallar) umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlar. Ular 
maxsus kvalifikatsiya talab etmaydigan ish turlari, opperatsiyalarni 
bajarish malakasiga ega bo‘ladilar. 
Kutubxonachi shaxs sifatida ko‘pgina hollarda texnik, ijtimoiy, 
tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatadi. Ularda ijodiy 
faollikni, ishga qiziqqan holda ijodiy yondoshishni tarbiyalash uchun 
quyidagilar zarur: 
1.Kutubxonachilarga sohasi bo‘yicha yangi, yetakchi g‘oyalarni 
o‘rganishga, eskirgan ish uslublari bilan yangilarini solishtirishga 
imkoniyat yaratish; 
2.Kutubxonachiga ishni tahlil qilish va oqilona bajarish bo‘yicha, 
tahlil qilish qobiliyatini tarbiyalovchi mustaqil bajaradigan vazifalar 
berish orqali yordam berish. 
3.Zarur 
metodik 
yordam, 
maslahatlar 
berish, 
tadqiqot, 
eksperementlar o‘tkazilayotgan ishlarga jalb qilish. 


94 
Kutubxonachi 
mutaxassislarni 
tayyorlash 
asosida 
ikkita 
fundamental tamoyillar yotadi: 
1.Birinchi tamoyil kutubxonachilik kasbini to‘liqligi, ya’ni yagona 
kasbiy bilimlar va qobiliyatlarni poydevorini shakllantirish; 
2.Ikkinchi tamoyil, kutubxonachilik kasbini tabaqalashtirish, ya’ni 
mutaxassisliklarga ajratish. 
Zamonaviy kutubxonachilarni tayyorlash nazariyasi va amaliyoti 
to‘rtta ilmiy bilimlar tizimiga asoslanadi:
-ijtimoiy-gumanitar;
-umumilmiy;
-umumkutubxonachilik;
-maxsus.
Barcha ilmiy bilimlar tizimlari rivojlanayotgan kutubxonachi shaxsi 
talablarini qondirishga, uni kutubxonachilik amaliyotiga, kasbiy 
tayyorgarligini asosini yaratishga xizmat qiladi. Kutubxonachilik kasbi
kutubxonachilik ishini falsafiy - ijtimoiy, madaniyatshunoslik va 
fanshunoslik nuqtai nazardan jamiyatning kichik tizimi, madaniyatning 
bir bo‘lagi sifatida o‘rganishga asoslanadi.
Umumlashtirilgan holda kutubxonachilik kasbini “inson-hujjat-
inson” tipiga yoki kutubxonachilik atamalariga ko‘ra “kutubxonachi-
hujjat-kitobxon” tipiga ajratish mumkin. 
Zamonaviy kutubxonachi - bu uni qo‘l ostida bo‘lgan axborot 
resurslari yoki hujjatlashtirilgan bilimlar tizimi va ularga ehtiyoji 
bo‘lgan insonlar o‘rtasidagi vositachi-mutaxassisdir. Kutubxonachi 
kitobxonlar 
bilan 
ishlash 
jarayonida, 
hujjatlashtirilgan 
yoki 
hujjatlashtirilmagan shakldagi ijtimoiy axborotni almashish natijasida 
ijtimoiy-kommunikatsion faoliyatni amalga oshiradi. 
Kutubxonachilik kasbinining asosiy mazmunini kutubxonachining 
kitoblar va foydalanuvchilar bilan o‘zaro munosabat tashkil etadi. 
Kutubxonachining 
vazifasi-foydalanuvchilarni 
axborotga 
bo‘lgan 
talablarini to‘g‘ri tushunishi va uni qondirishidir. Buning uchun u 
hujjatlarni va kitobxonlarni juda yaxshi bilishi kerak. Ya’ni, 
kutubxonachi nafaqat ilmiy-gumanitar va umumkutubxonachilik 
bilimlarni, shu bilan birga kitobshunoslik (hujjatshunoslik) va 
kitobxonshunoslik bilimlarini ham egallagan bo‘lishi kerak. 
Kutubxonachining kitoblarni bilishi bo‘yicha kasbiy xislati tuzilishi 
bo‘yicha murakkab tuzilmaga va mazmuni bo‘yicha ko‘p aspektli bo‘lib 
– u o‘ziga adabiyotlar va hujjatlar oqimida, aniq bir tashkilot va 
kitobxonlar guruhini axborotga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda 


95 
harakat qilishni, shuningdek hujjatlarni o‘ziga xosligini, ularni g‘oyaviy 
yo‘nalishini, ilmiy, amaliy va badiiy qiymatini baholay olishni, vatan va 
chet el ma’lumotnomalari, bibliografik va elektron nashrlardan 
foydalangan holda zudlik bilan axborot qidiruvini amalga oshirishni 
hamda kitob bilan kitobxonni, kitobxon bilan kitobni birlashtira olishni 
nazarda tutadi.
Kutubxonachida 
muloqot 
qila 
olish, 
kirishimlilik 
(kommunikabelnost) zarur kasbiy xislat hisoblanadi. Kutubxonachilik 
kommunikativ kompetentlik mezonlari quyidagilardir: 
-kitobxonga qiziqish, unga ijobiy munosabatda bo‘lish; 
-kitobxonning holatini tushunishi va uni kutubxonachi bilan o‘zaro 
harakatdagi qarashlarini bila olishi; 
-kirishimlilik va aloqada bo‘la olishi; 
-kitobxon bilan muloqotda sabrli bo‘la olishi; 
-kitobxonga ta’sir o‘tkazish strategiyasini egallagan bo‘lishi; 
-kommunikativ bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi (auditoriya 
oldida so‘zlay olishi, kutubxonada kitobxonlarni muloqotini tashkil qila 
olishi, ishbilarmonlik suhbatlarini olib bora olishi, ziddiyatli holatlarni 
ijobiy hal eta olishi va boshqalar).

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish