Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Nazorat savollari: 
1.
“Kutubxonalar tipologiyasi” tushunchasiga ta’rif bering.
2.
Kutubxonalar tipologiyasi nazariyasini rivojlanishi davrlarini 
qayd eting. 
3.
Axborot-kutubxona muassasalari qanday belgilari ularni 
tiplarga va xillarga bo‘lishga asos bo‘ladi? 
4.
O‘zbekistonda axborot-kutubxona muassasasalarini qanday 
klassifikatsiya qilish mumkin?
5.
“Milliy kutubxona” ga xarakteristika bering. 
6.
“Axborot-kutubxona markazi” ga xarakteristika bering. 
7.
“Axborot-resurs markaziga “ ga xarakteristika bering. 
8.
Maxsus kutubxonalarni tabaqalashtirishning muxim belgilarini 
bilasizmi? 
9.
O‘quv kutubxonasi deganda qanday kutubxonalarni tushunasiz 
va ular qanday guruxlarga bo‘lish mumkin?
10.
Axborot-kutubxona muassasalarining axborot vazifasi nima? 
11.
Axborot-kutubxona 
muassasalarining 
madaniy-ma’rifiy 
vazifasi nima? 
12.
Axborot-kutubxona muassasalarining ta’lim vazifasi nima? 
 
 


77 
5- BOB. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARINING 
TARKIBIY TUZILMASI VA FAOLIYATLARI TAHLILI 
5.1. Axborot-kutubxona muassasalar haqidagi nazariy 
bilimlarga kirish. Kutubxonalarning ijtimoiy vazifalari 
Umumiy kutubxonashunoslik faning asosiy bo‘limlaridan biri - bu 
axborot-kutubxona muassasalari, qisqacha aytganda, kutubxonalar 
haqidagi ta’limotidir. Bunda kutubxona nima, qachon va nima uchun 
paydo bo‘lgan, qanday rivojlanish yo‘llaridan o‘tgan, uning zamonaviy 
ijtimoiy vazifalari nimalardan tarkib topganligi, asosiy turlari haqida va 
boshqa bir qancha masalalar yoritilishi kerak.
Ushbu bobda asosan, O‘zbekistonda kutubxonalarning paydo 
bo‘lishi va rivojlanishi tarixi va zamonaviy holatini hamda ijtimoiy 
vazifalarini qisqacha yoritish maqsad qilib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston hududida yozuvning eng birinchi yodgorliklari 
eramizdan avvalgi II asrga mansub bo‘lgan sopol idish parchalarida 
topilgan. Keyinroq esa Markaziy Osiyo xalqlarida qoya toshlarga yozib 
qoldirilgan o‘rxun yozuvi, so‘g‘d, xorazm, uyg‘ur yozuvlari mavjud 
bo‘lgan. Yozuvning keng tarzda tarqalganligi “Avesto”, “Shohnoma” 
qo‘lyozmalarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Kitoblarning to‘planishi kutubxonalarning paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ldi. O‘zbekiston hududida dastlabki kutubxonalar iqtisodiy va 
madaniyati rivojlangan qadimgi So‘g‘d, Baqtriya, Xorazm davlatlarida 
paydo bo‘lgan. Dastlabki kutubxonalar IV-VI asrlarda diniy 
ibodatxonalarda va alohida hukmdorlar saroylarida paydo bo‘lgan. 
VIII asrning boshlarida arab bosqinchilari tomonidan Markaziy 
Osiyo davlatlariga katta talofat yetkazildi. Kutubxonalar talon - taroj 
qilindi, kitoblar yo‘q qilindi, lekin madaniyat butunlay o‘lmadi. 
IX-X asr oxirida arab xalifaligi parchalanib ketdi, XI asr oxirgi 
choragida Markaziy Osiyo yerlari ajralib, mustaqil Somoniylar davlati 
yuzaga keldi. Bu yerga butun arab dunyosidan olimlar, shoir va 
san’atkorlar keldilar. Bu vaqtda madaniyat, ilm va badiiy adabiyot 
yuqori darajada rivojlandi. Dunyoga mashhur olimlar Muhammad - al 
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad al - Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, 
Abu Rayxon Beruniy va ularning zamondoshlari nafaqat o‘z asrlarini, 
balki ulardan oldin o‘tgan yunon, hind, arab va boshqa tillarda yaratilgan 
asarlarni to‘plovchi, saqlovchi va uni targ‘ib qiluvchilar bo‘lganlar. 


78 
XI-XII asrlarda saroy va masjid va madrasalar qoshidagi 
kutubxonalar rivojlana boshladi. Yirik kutubxonalar Buxoro amirligi 
saroyida, Xorazmshohlar imperiyasida, Marv va Samarqandda bo‘lgan. 
Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi esa bu 
kutubxonalarni yo‘q bo‘lishiga olib keldi, ilm-fan va madaniyatni 
rivojlanishini bir necha asrlarga orqaga surdi. 
XIV-XV ikkinchi yarmida Movarounnahrda Amir Temur va 
temuriylar hukmronligi davrda kutubxonalar yana gullab yashnadi. Turli 
xil tillardagi bebaho asarlar Amir Temur, Ulug‘bek, Shoxruh, Xusayn 
Boyqaro saroy kutubxonalarida mavjud bo‘lgan. Shu bilan birga 
mashhur olimlar va yozuvchi shoirlarning asarlarining noyob 
qo‘lyozmalari qayta ko‘chirildi, tarjima qilindi va chop etildi.
Amir Temurning bebaho kutubxonasi haqida turli ma’lumotlar 
mavjud. Lekin bu kutubxona temuriy shaxzodalarning o‘zaro taxt uchun 
kurashlari davrida talon-taroj qilingan yoki yo‘qolgan. Uni qidirish 
ishlari bilan rus sharqshunoslari N.V. Dmitrovskiy, A.L.Kun, 
D.N.Lagofetlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bizning kungacha 
ushbu kutubxonadan yagona namuna pergamentga (maxsus ishlov 
berilgan teriga) kufiy yozuvida yozilgan Usmon Qur’oni yetib kelgan va 

Toshkentda 
O‘zbekiston 
musulmonlari 
idorasi 
muzeyida 
saqlanmoqda. 
Mashhur olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek Samarqanda o‘z 
zamonasidagi boy ilmiy kutubxona tashkil etgan. Kutubxona u 
qurdirgan observatoriya binosida bo‘lgan va undan uning shogirdlari va 
zamondosh olimlar foydalanganlar. Mirzo Ulug‘bekning fojiali 
o‘limidan so‘ng ushbu mashhur kutubxonaning taqdiri ham hozirga 
qadar noma’lum bo‘lib kelmoqda.
XVIII asrdan o‘zbek xonliklarida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-
ma’rifiy pasayish davri bo‘lib, qo‘lyozma kitoblar chop etish kamaydi. 
Lekin shu sharoitda ham kutubxonalar saqlanib qoldi, shaxsiy 
kutubxonalar, masjid va madrasa kutubxonalari alohida rivojlandi. 
Markaziy Osiyoni Rossiya imperiyasi bosib olganda so‘ng, Turkiston 
o‘lkasida Turkiston ommaviy kutubxonasi, ilmiy jamiyatlar qoshida 
kutubxonalar, ommaviy kutubxonalar, o‘quv yurtlarida kutubxonalar 
tashkil qilindi. 
Sovet 
davrida 
O‘zbekistonda kutubxonachilik ishi davlat 
miqyosidagi kutubxona siyosati asosida rivojlandi, viloyat, respublika 
ilmiy kutubxonalari, shahar va qishloqda istiqomat qiluvchi aholi uchun 
kutubxonalar tashkil etildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 1990 yilda 


79 
O‘zbekiston hududida 16000 ga yaqin turli xildagi kutubxonalar faoliyat 
olib borgan. Mustaqillikka erishgach O‘zbekistonda yangi tipdagi 
kutubxonalar: axborot - resurs markazlari va axborot - kutubxona 
markazlari tashkil etildi. Ushbu kutubxonalar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot - 
kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga 
muvofiq tashkil etildi va ular o‘sib kelayotgan yosh avlodni intellektual 
talablariga javob berishi, madaniy, g‘oyaviy - axloqiy qadriyatlarni 
saqlash, shuningdek aholiga tizimli ravishda axborot - kutubxona 
xizmati ko‘rsatishni ta’minlashdan iborat edi. 
Har bir tarixiy davrda kutubxonalar ular oldiga qo‘yilgan ijtimoiy 
vazifalarni 
bajarganlar. 
Kutubxonaning 
ijtimoiy 
vazifasi-
kutubxonachilik nazariyasi va amaliyotidagi asosiy muammolardan biri 
hisoblanadi. Soha bo‘yicha maxsus adabiyotlarda bu muammo 
“kutubxonaning jamiyatdagi o‘rni”, “kutubxonaning ijtimoiy roli”, 
“kutubxonaning ijtimoiy missiyasi” kabi tushunchalar bilan izohlanadi. 
Bular kutubxonalarni ijtimoiy muassasa degan tushunchani hosil 
bo‘lishiga yordam beradi. 
Umuman olib qaraganda, muammo juda oddiy va sodda ko‘rinadi. 
Bu kutubxonaning jamiyatga ta’siri va jamiyatning kutubxonaga ta’siri 
bilan solishtirilishi mumkin. Lekin bu soddalik va oddiylikda chuqur 
ma’no yotadi. Shuning uchun ham turli xil tarixiy davrlarda 
kutubxonaning ijtimoiy roli muammosiga turli xil yondashilgan. 
Bugungi kunda ham kutubxonachilik fanida ushbu muammoga turlicha 
qarashlar yuzaga kelmoqda va ularni yakunlangan deb hisoblash 
mumkin emas. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish