82
Hujjat
Kutubxona - bu ma’lum tarzda tizimlashtirilgan bosma asarlar va
boshqa qog‘oz bo‘lmagan hujjatlar yig‘indisi. Yangi axborot vositalari
paydo bo‘lishi bilan “kitob” tushunchasini almashtirish uchun
umumlashgan termin topish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Hozirgi paytda
kitob - o‘nlab turli xildagi hujjatlardan biri hisoblanadi.
Hujjat - inson ongi bilan yaratilgan, fazo va vaqtda qayd etilgan har
qanday axborot hujjat hisoblanadi. “Hujjat” atamasi, unga biriktirilgan
axborot va uning yetkazilishi, ishlatilishi uchun mo‘ljallangan moddiy
obyekt sifatida izohlanadi. “Hujjat” elementi “kitob”, “bosma asarlar”
tushunchasi
bilan bir qatorda, yangi axborotlarni tashuvchilarni o‘zida
mujassam etadi: mikrofishlar, magnit disklar (disketalar), nurlioptik disklar,
videomagnit lentalar (kassetalar), elektron kitoblar, gologrammalar, CD,
DVD, HD disklar va boshq. Kitob jamiyatga tegishli bo‘lgan hodisa sifatida
mavjud ekan, u kutubxonaning ajralmas qismi bo‘lib qolaveradi.
Tartiblashtirilgan barcha hujjatlar va ularning yig‘indisi bo‘lgan
“kutubxona fondi” - kutubxonaning tarkibiy, bo‘linmas tizimosti qismini
tashkil etadi. Usiz kutubxona hujjatlar fondini tashkil qiluvchi, uni
shakllantiruvchi va undan foydalanishni tashkil qiluvchi maxsus muassasa
sifatidagi xususiyatini yo‘qotadi va kutubxona sifatida mavjud bo‘lmaydi.
Kutubxona fondi - bir xil turdagi narsalardan tashkil etilgan emas. U
mavzuli va turli tuzilma bo‘yicha, miqdoriy va sifatli axborot uzatuvchi
tarkibiga ega bo‘lgan, shuningdek turg‘un va harakati bo‘yicha
xarakterlanadi. Asosiy vazifasiga ko‘ra
fondlar asosiy, yordamchi,
bibliografik-ma’lumot, almashtiruvchi, zahiraviy va boshqalarga
bo‘linadi. Kitobxonlar murojati tez-tez takrorlanishi bo‘yicha kutubxona
fondi ikkita asosiy qismdan iborat bo‘lishi mumkin - ishlatilayotgan
(dinamik) va ishlatilmayotgan (static) fond.
Hujjatlarni majburiy nusxalari asosida komplektlanuvchi kutubxona
fondlari, shuningdek umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan
mazmundagi
kolleksiyalar O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining milliy boyligi
hisoblanadi va ularni qo‘riqlash, saqlash va foydalanish alohida nazorat
rejimi ostida bo‘ladi.
“Hujjat” elementi kutubxonaning boshqa elementlari bilan
chambarchas bog‘liq. Kutubxona fondining tarkibi, tuzilmasi, hajmi,
fondni nima maqsadda
tashkil etilganligiga qarab, kutubxona
kitobxonlari tarkibining asosiy xarakteristikalari aniqlab olinadi. Boshqa
tomondan kitobxonlar tarkibi, ularning axborot so‘rovlari, fondning
mavzuli - tipologik va miqdoriy xarakteristikasini aniqlab beradi.
83
Kutubxonachi bilan hujjatning aloqasi ham muhimdir: kutubxonachi
fondni shakllantiradi, hujjatlardan foydalanishni tashkil etadi,
hujjatlar
esa o‘z navbatida uning ixtisosligiga, xizmatchilar soniga va
hokazolarga ta’sir qiladi. Kutubxona fondining hajmi va tarkibi u
saqlanadigan binoga, uning joylashuviga, avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish qurilmalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: