Kutubxonashunoslik


Kutubxonalarning ijtimoiy vazifalari haqida xilma-xillik va



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Kutubxonalarning ijtimoiy vazifalari haqida xilma-xillik va 
umumiylik tushunchalari 
Ijtimoiy ma’noda vazifa - bu muayyan ijtimoiy institutning o‘zidan 
yuqori turuvchi tashkillashtirilgan tizimning talablarini nisbatan 
bajaradigan ishlaridir. Kutubxonashunoslikka oid ilmiy maqola va 
adabiyotlarda ko‘rib chiqilayotgan muammoning mohiyati quyidagilarni 
aniqlashni talab etadi:
-
kutubxona jamiyat uchun nima qilmoqda?
-
jamiyat unga qanday vazifalar qo‘ymoqda?
-
kutubxona jamiyat uchun qanday masalalarni echishda yordam 
bermoqda? 
Boshqacha aytganda, kutubxonaning ijtimoiy vazifalari - bu jamiyat 
oldidagi kutubxonaning vazifalarini kengaytirilgan ro‘yxatidir, ya’ni 


80 
jamiyat uchun zarur bo‘lgan talablarning qo‘yilishi, kutubxonaga 
bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi, kutubxonalarni ijtimoiy institut 
sifatidagi mohiyatiga to‘g‘ri keladi.
Jahon kutubxonashunosligida kutubxonaning ijtimoiy vazifalari 
haqida turli xil qarashlar mavjud. Ular muammoni aniq qo‘yilish va hal 
etishdan boshlab, uni ijtimoiy va texnologik vazifalarni bo‘rtirib 
ko‘rsatishgacha mavjud.
Dastlab, kitob va boshqa hujjatlarni saqlash kutubxonaning asosiy 
vazifasi degan qarashlar o‘rin egallardi. Bu qarashlar kutubxonaning 
qadimgi grekcha nomidan bibliotheke (grekcha biblion - kitob, there - 
saqlash joyi), ya’ni kitob saqlash joyi tushunchasidan kelib chiqqan. 
Yillar davomida kutubxonalarning bu vazifasi juda ham chuqur 
o‘zgarishlarga uchraganligi sababli, hozirda dunyoning hech qayerida 
“kutubxona” tushunchasi kitob saqlash joyi sifatida tushunilmaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat hayotida axborot 
omillarining rolini o‘sib borishi natijasida kutubxonaning ijtimoiy 
vazifalari haqidagi qarashlar ham ko‘paydi. Taniqli kutubxonashunos 
olimlar bu masalada o‘z fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, O.S. 
Chubaryan ta’lim-tarbiya, axborot va ilm olish vazifalariga urg‘u bergan 
bo‘lsa, I.M.Frumin kutubxonaning ijtimoiy vazifasi sifatida, tashviqot - 
targ‘ibot ishlari, tarbiyaviy ishlar, ishlab chiqarishga yordam ishlarini 
ajratib ko‘rsatgan. 
XX asrning 60-70 yillarida kutubxonashunos olimlarni sohaga oid 
ilmiy jurnallardagi munozaralari natijasida kutubxonalarning asosiy 
ijtimoiy vazifalari g‘oyaviy (ideologik), ilm olish va professional 
o‘qishga yordam berish deb belgilandi. 80 - yillarda kutubxonalar 
g‘oyaviy, ma’daniy-ma’rifiy va ilmiy-axborot muassasalari sifatida 
rasmiylashtirildi. 90 - yillarning boshida kutubxonashunos olim E. 
Seliverstova o‘z tadqiqotlarida kutubxonalarning bosh, asosiy va ishlab 
chiqarish vazifalarini ajratishga urinib ko‘rdi.
Uzoq yillar mobaynida mamlakatimiz kutubxonashunosligida 
kutubxonalarni jamiyatdagi ijtimoiy vazifalari sifatida to‘rtta vazifa: 
g‘oyaviy-tarbiyaviy, madaniy-ma’rifiy, axborot, gedonik ((hedone-
naslajdenie), hedone-zavq), konsepsiya hukm surgan.
Xorijiy mamlakatlar kutubxonashunosligida, kutubxonalarning 
ijtimoiy vazifalari sifatida axborot, madaniy, rekreatsion (lot. Recreatio–
tiklash), (ya’ni insonning mehnat faoliyatida sarf qilgan intellektual 
kuchini tiklashga yordam berish) degan fikrlar keng darajada tarqalgan. 
Ko‘plab dunyo mamlakatlarida kutubxonaning ijtimoiy vazifalari ta’rifi 


81 
normative (me’yoriy) xarakterda bo‘lib, qonun chiqaruvchi formada 
(AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Belorussiya va hokazo) 
ifodalanadi. Hozirda g‘oyaviy vazifa o‘zining ma’nosini yo‘qotgan. 
Kutubxonalarni ijtimoiy vazifasida axborot berish vazifasi hozirda 
ko‘proq e’tibor berilmoqda, lekin boshqa vazifalar madaniy - ma’rifiy va 
ta’lim-tarbiya vazifalari ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish