Bog'liq Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish tamoyillari va uslublari.
Mavzu: Kurash mashg‘ulotlarini tashkil etish tamoyillari va uslublari. Reja: Faollilik tamoyili asosida mashg‘ulotlarga faol ishtirok etish.
Bajara bilish tamoyili.
Erkin harakatlar.
Kurash mashg‘ulotlari ham pedagogik jarayon hisoblanib, ta’lim va tarbiya tamoyillari mashg‘ulotlami samarali tashkil etishda muhi o‘rin tutadi. Pedagogikaning umumiy tamoyillari hisoblangan onglilik, va faollik, ko‘rgazmalibk, bajara bilish, muntazamlilik va taraqqiyot tamoyillari kurash mashg‘ulotining uslubiy tamoyillari vazifalarini bajaradi. Kurashchilarning sport tayyorgarliklarida uslubiy tamoyillar yanada mukammalikka ega bo‘ladi.
Onglilik va faollilik tamoyili - jismoniy tarbiya va sport mashqlar bilan shug‘ullanishga ongli va barqaror munosabatni shakllantirishga qaratilgan. Bu holat qiziqishlar va intilishlar zamirida shakllanadi. Kurash mashg‘ulotlariga shug‘ullanuvchilar qiziqishlari hamda o‘zining shaxsiy intilishlari sabablari bilan keladilar. SHu bilan birga kurashchilar salomatlikni mustahkamlash, kelishgan tana tuzilishini shakllantirish, sportda yuksak natijalarga erishish, shuningdek
bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, yaxshi dam olish yoki jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lish maqsadida ham
mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Mashg‘ulotlar davomida murabbiylar
shug‘ullanuvchilar bilan kurash bilan shug‘ullanishning maqsad va vazifalari hamda afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Faollilik tamoyili asosida mashg‘ulotlarga faol ishtirok etish, murabbiy bergan vazifalarni to‘liq va muvaffaqiyatli bajarish, o‘z ustida ishlash, kamchilik va xatolarni bartaraf etib borish bilan shug‘uHanuvchilar sportda yutuqlarga erisha boradilar. Tamoyillar talablariga muvofiq shug‘ullanuvchilar mashg‘ulotlar davomidagi yutuqlari va kamchiliklarini muntazam nazorat qilish va tahlil etib borishlari kerak bo‘ladi.
Ko‘rgazmalilik tamoyili - kurash harakatlarni bajarish xaqida nazariy va amaliy tushunchalarga ega bo‘lish.
Bevosita ko‘rgazmalilik - murabbiylar tomonidan kurash harakatlari bajarib ko‘rsatib berish jarayoni.
Bilvosita ko‘rgazmalilik - bu jarayonda kurash mashqlar va harakatlarni bajarish bo‘yicha tushunchalar ko‘rgazmali qurollar, videofil’mlar namoyishi, ko‘p hollarda manekenlar yordamida amalga oshiriladi.
Kurash mashg‘uloti vazifalari xaqida faqat ko‘rish orqali emas balki boshqa sezgi organlari orqali ham tushuncha hosil qilinadi. Harakatlarni bajarishdagi ritmlar va tovushlar ham ahamiyatli bo‘lib, ularni bajarishni o‘rganishda eshitish sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rgazmalilik tamoyili mashg‘ulotlarning boshlang‘ich bosqichi bilan bir qatorda rivojlantirish va takomillashtirish mashg‘ulotlarda ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Bajara bilish tamoyili - shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik, ruhiy va jismoniy qobiliyatlari hamda shaxs xususiyatlarini mashg‘ulotlar jarayonlarida qat’iy hisobga olishni talab etadi. Bajara bilish tamoyilida shu ko‘rsatkichlarga asoslanib mashg‘ulotlarni tashkil etish,
kurashchilami jismoniy mashqlar va harakat malaka, ko‘nikmalarni egallash darajasiga muvofiq shug‘ullanishlarini amalga oshirishni tavsiya etadi.
Bajara bilish tamoyilida kurashchilar dastlabki tayyorgarlik guruhi talablariga muvofiq bo‘lgan kurash harakatlari texnikasi va taktikasini egallagandan so‘ng ixtisoslik guruh shug‘ullanuvchilari harakatlari texnikasi va taktikasi elementlarini egallab boradilar. Texnik va taktik tayyorgarlik mashqlari majmuyi oddiydan murakkabga qarab tuziladi va o‘rgatiladi. Boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlari harakat malaka va ko‘nikmalariga o‘rgatish mashg‘ulotlari, so‘ng malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirish mashg‘ulotlari shakllarida tashkil etiladi.
Xususiylashtirish tamoyili kurashchilarning jismoniy tayyorgarliklari, jismoniy qobiliyatlari, yosh va jins ko‘rsatkichlari hamda shaxs xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. xususiy yondoshish kurashchilarning shaxs qobiliyatlarini yaqqol namoyon eta olishga hamda kurash usullarining ba’zi bir shakllarini o‘z qobiliyatlariga muvofiq qo‘llay olish san’atini shakllanishiga katta yordam beradi.
Kurashchilarning jismoniy tayyorgarliklari, jismoniy qobiliyatlari, yosh va jins ko‘rsatkichlariga muvofiq mashg‘ulotlar davomida jismoniy yuklamalarni bajarishni tashkil etish, kurashchilarning sport mahoratini ortishiga katta yordam beradi. Aksincha me’yordan ortiq berilgan jismoniy yuklamalar kurashchilarni jarohatlanishlariga yoki mashg‘ulotlardan bezib qolishlariga olib kelishlari mumkin. SHuningdek mashg‘ulotlar jaryonlarida etarli darajada jismoniy yuklamalar bajarmaslik kurashchilarning sport tayyorgarliklarini takomillashtirishni ta’minlay olmaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonlarida xususiy yondoshishda kurashchilarning shaxs xususiyatlariga muvofiq ular bilan muomala qilish, mashg‘ulotlar jarayonlarida rag‘batlantirish, qo‘llab quvvatlash ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Muntazamlilik tamoyili - kurash mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish, dam olish va jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri tashkil etishni talab etadi. Mashg‘ulotlar davomida beriladigan ruhiy va jismoniy yuklamalarni dam
olish bilan to‘g‘ri navbatlashtirish kerak. Jismoniy yuklamalar to‘rt fazadan iborat bo‘ladi - quvvat sarf etilishi, dam olish, tiklanish, dastlabki holatga qaytish.
Muntazamlilik tamoyili kurash mashg‘ulotlari vazifalarini izchillik va ketma ketlikda o‘zlashtirishga yordam beradi. Mashqlar va harakatlarni takrorlash, ularni erkin bajarish jarayonlarida ham muntazamlilik tamoyilarining ahamiyati katta bo‘lib, mashg‘ulot vazifalarini to‘liq o‘zlashtmshga asos bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda harakatlarni takrorlash omillari kurashchilar sport tayyorgarliklarida aossiy o‘rin tutadi. Kurash harakatlari malaka va ko‘nikmalarm takomillashtirish jarayonlarining o‘ziga xos qonuniyatlari harakatlarni muntazam takrorlashni talab etadi.
Erkin harakatlar - jismoniy mashqlar va harakatlarning qabul qilingan texnikasi va shakllarini maqsadi o‘zgartirmagan holda shug‘ullanuvchi, jismoniy tayyorgarliklari ko‘rsatkichlariga muvofiq o‘zgartirish deb tushunish mumkin. Ushbu jarayonlar o‘quv trenirovka jarayonlarini qiziqarli tashkil etish, ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etishga yordam beradi. O‘quv trenirovka mashg‘ulotlarining kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarini ketma ketlikda o‘zlashtirish ham muntazamlilik tamoyilining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. SHuni esda tutish kerakki mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etish kurashchilarni sport formasiga erishishga katta yordam beradi va aksincha mashg‘ulotlarni sababsiz yoki kasallanish va jarohatlar tufayli qoldirish natijasida sport tayyorgarlik darajasi barham topadi. 16 kunga sababsiz qoldirilgan sport mashg‘uloti ta’sirida kurashchining sport tayyorgarligini tiklash uchun bir yil mashaqqatli sport mashg‘uloti talab etiladi.
Taraqqiyot tamoyili - mashg‘ulot vazifalarini oddiydan murakkabga qadar rivojlantirib borishni talab etadi. Bu tamoyil jismoniy yuklamalar hajmi, miqdori va shiddatini ortirib borish bilan mashg‘ulot vazifalarini sekin asta murakkablashtirib borishni amalga oshiradi. SHunga ko‘ra kurpashchilarning texnik va taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari vazifalari yangilanib, murakkablashtirib borish tavsiya etiladi. Bizga ma’lumki, mashqlar va harakatlar
majmu’ini yangilab borilmasa murakkab harakatlar texnika va taktikasini egallash, harakat malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish ta’minlanmaydi.
Bir hil ta’sirga ega bo‘lgan jismoniy yuklamalarga organizm morfo funksional imkoniyatlari moslashib borishi kuzatiladi. Jismoniy fazilatlar va ruhiy sifatlarni rivojlanishi ta’minlanmaydi. SHuning uchun mashg‘ulotlar davomida jismoniy yuklamalar hajmi, shiddati va ta’sirini organizm moslashib borishini hisobga olgan holda ortirib borish tavsiya etiladi.
Jismoniy yuklamalarning ta’sirini ortirishda har hil shakldagi mashg‘ulotlardan sekin asta foydalanish kerak. Jismoniy yuklamalarni to‘g‘ri chiziqli ortirish mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalar hajmi, miqdori va shiddati bir maromda ortirib boriladi. Jismoniy yuklamalar ta’sirini bosqichma bosqich ortirishda yuklamalar ta’siri bosqichma boqich keskin ortiriladi. YUklamalarni keskin ortirish organizm jismoniy yuklamalar ta’siriga moslashgandan so‘ng amalga oshiriladi. Jismoniy yuklamalar ta’sirini to‘lqinsimon ortirishda mashg‘ulotlarning haftalik, oylik va yillik vazifalarini bajarishda jismoniy yuklamalar ta’siri sekin asta muddat yarmigacha ko‘tarilib boradi va muddat yakunigacha susayib boradi.
Kurash mashg‘ulotlari uslublari
Kurash mashg‘ulotlarida pedagogikaning umumiy uslublari bilan bir qatorda sport mashg‘ulotlariga xos bo‘lgan uslublar ham keng qo‘llaniladi.