SINGLIMGA ХАТ
Bizning Aleksandr
Delvig haqida
She’r yozgan, madh etib kalla suyagin.
Qanday shirin,
Qanday olis aqida,
Xuddi gulbog‘ yanglig‘ ko'ngilga yaqin.
Salom senga, singlim,
Salom, assalom.
Qadrdon dalalar salomat bormi?
Ayt, qalay parvarish qilmoqda bobom
Ryazandagi bizning oluchazorni?
0 ‘sha oluchazor
Bormi yodingda?
Otam sho‘rlik tinmay qilardi melmat.
Bir parcha yeridan
Hosil olguncha
Omoch surib, qancha chekardi zahmat.
Unga maqsad edi
Kartoshka olish,
Biz bog‘ bo'lsa derdik,
Bog‘ni kesishdi.
Dilim o'rtanganin
Aytsin ho‘l bolish,
Bog‘ni kesishdi-yu,
Bag‘rim ezishdi.
Yodimdadir bayram,
O'sha so‘lim may,
Sabzalar bezangan,
Gullab nastarin.
Oppoq qayinlarni
Quchoqlab tinmay,
Sho'x
xandon maydan ham
Mastroq edim man.
Oh, u oq qayinlar,
Oppoq qayinlar...
Qizlardek sarvinoz, suluv, xushqomat.
Sevmasligi mumkin ularni faqat —
Quvnoq navniholda ko'rmagan samar.
Singlim!
Naqadar kam hayotda chin do'st,
Ko'plardek mening ham
Yuragimda dog‘.
Agar nozik qalbing
Toliqqan bo'lsa,
Buning soz davosi —
Tinmoq, unutmoq.
Sashani1 bilasan,
Sasha zo‘r edi.
Lermontov ham, asli,
Unga jo ‘r edi.
Men bo‘lsam...
Kasalga chalinib turibman.
Endi esa nastarin qorlarda
Ruhimni davolab yuribman2.
Senga achinaman,
Yolg‘iz qolarsan.
Men esam tayyorman
Duelga, hatto.
«Baxtlidir jomini ichib bo'lmagan»3
Va tinglab bo‘lmagan naydan ham navo.
Va lekin bog'imiz...
O'sha bog‘ aro
Erka bolalaring o‘ynar ko‘klamda.
Ular o‘ylab qo'ysa qani bir bor, o,
Dalli devonalar
0 ‘tgan olamda.
Adabiyot da maktub vositasidan foydalanish keng qo‘llanadigan
usullardan biri liisoblanadi. Bu rus she’riyatida ham mavjud.
Sergey
Yeseninning o‘zi bir necha she’rini xat tarzida yozadi: «Onamga
xat», «Ayolgaxat», «Onamdan xat», «Bobomga xat»...
0 ‘qib chiqqaningiz «Singlimga xat» ham shunday asarlar
sirasiga kiradi.
1 Sasha —
Aleksandr Sergeyevich Pushkin.
2
Bu band S. Olim taijimasida berildi.
3 Bu Aleksandr Sergeyevich Pushkinning satri.
Shoirning bir necha, m asalan, «Pushkinga», «Gurjiston
shoirlariga» she’riari bag‘ishlov tarzida bitilgan. 0 ‘zaro har qancha
yaqin tursa-da, bularni xat deb hisoblab bo‘lmaydi.
Mohiyatan har qanday xat uzoqdagi yaqin kishiga yoziladi.
«Singlimga xat» lirik qahramonning qishloqda qolgan singlisiga
mehri jo ‘sh urib bitilgan. Odatda
maktub salomdan boshlanishi
kerak. Bu she’r dabdurustdan, lekin aka-singil o‘rtasida oson
tushuniladigan Aleksandr Delvig haqidagi she’ming xuddi gulbog‘
yanglig‘ ko‘ngilga yaqinligini qayd etishdan boshlanadi, salom
keyingi bandda keladi.
Aka oluchazorni, bir parcha yeridan hosil olish uchun otalari-
ning zahmat chekib ter to ‘kishini eslaydi. Otaning dardi — kar-
toshka yetishtirish. Bolalarga esa bog‘ m a’qul edi. Bog‘ni kesishdi.
Lirik qahramon o‘shanda yostiqni ho‘llab yig‘laganlarini yodga
oladi. Bunday o‘kinchlarini kislii singlisigagina shunday samimiylik
bilan aytishi mumkin. Albatta, so‘lim
may kunlari nastarinning
gullashi, bayramning nishonlanishi zavqidan oppoq qayinlarni
quchoqlab quvnaganlari, may ichgandan ham kuchliroq mast
b o ‘lganlari esdan chiqmaydi. Axir, qizlardek sarvinoz bu oq
qayinlarni yaxshi ko‘rmay bo‘ladimi?!
Shunday bolalarcha tuyg‘ular og‘ushida lirik qahramon birdan
kattalarga xos mulohazalarga o‘tadi.
Shu tariqa zimdan haqiqiy
hayot bilan bolalik tasavvurlari muqoyasa qilinadi. Hayotda chin
do‘st topish mushkulligi, bu uning ko‘nglida dog‘lar qoldirgani,
agar singlisining nozik qalbi ham toliqqan bo‘Isa, davosi — tinmoq,
unutmoq ekani aytiladi.
Shunda kutilmaganda shoir Pushkinni, Lermontovni tilga oladi.
M antiqan o ‘zini ularga qiyoslaydi. Push kin dan bir satr ham
keltiradi:
Baxtlidir jomini ichib bo'lmagan.
Bog‘ asaming birinclii, ikkinclii, ucliinclii, to ‘rtinchi bandlarida
tilga olingan edi.
Yana gap aylanib, shu boqqa bog‘lanadi. Shoir
bir kun kelib singlisining erka bolalari ko‘klamlar shu bog‘da
xuddi ular kabi o‘ynab yurganida bu dunyodan dalli devonalar
o‘tganini xotirga olishar, deb umid qiladi.
Bu yakuniy bandda shoirning xuddi Pushkin, Lermontov kabi
abadiy qolish ilinji yashirin.
Shunday b o ‘Idi ham. Sergey Yesenin xalqining xuddi o ‘sha
Pushkin, Lermontov darajasida sevimli bir shoiriga aylandi. U
bilan singlisining o‘sha bog‘larida ko‘klamlar o ‘ynab yuradigan
erka
bolalarigina emas, tam om i
Ryazan, b u tu n Rossiya
faxrlanadi. Uning asarlari Yer yuzining ko‘pdan-ko‘p mamlakat -
larida sevib o ‘qiladi, qanchadan-qancha tillarga qayta-qayta
tarjima qilinadi.
«Singlimga xat» she’ri ta ’sirida turli tillarda qalam suradigan
shoirlar asar yozgan.
Jumladan, 0 ‘zbekiston xalq shoiri Usmon
Azimning ham «Opamga xat»i bor.
Do'stlaringiz bilan baham: